Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
-§. Laboratoriyada ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
Download 128 Kb.
|
2672 13.05.2015
7-§. Laboratoriyada ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
1. O‘yuvchi, zaharli, yong‘in va portlash jihatidan xavfli moddalarni qo‘llashda xavfsizlik talablari 151 Laboratoriya xonalari amaldagi qurilish va sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak. Umumiy oqma-tortma shamollatish tizimidan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (javonlar) yoki havoni so‘rib olish uchun shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 152. Laboratoriya xodimlari qo‘llanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yong‘in jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari shart. Moddalar va materiallar laboratoriyada navlari bo‘yicha saqlanishi kerak. O‘zaro kimyoviy ta’siri yong‘in yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalarni birgalikda saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 153. Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga to‘sqinlik qilmaydigan tarzda o‘rnatilishi kerak. Uskunalar oralig‘idagi eng kam yo‘l qo‘yiladigan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 154. Zaharli moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilatsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan havo tortuvchi moslamalarga ega bo‘lishi kerak. 155. Zararli, yonuvchi bug‘ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va quyi so‘rmalar, shuningdek suyuqlikning polga oqib tushishining oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak. Shkafning 15-20 sm gacha ochib qo‘yilgan tabaqalari ko‘ndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/sek atrofida bo‘lishi kerak. O‘ta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda havoning tezligi 1-1,2 m/sek oralig‘ida bo‘lishi kerak. 156. Tortuvchi shkaflar germetik gaz o‘tkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning vklyuchatellari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni bo‘ylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak. 157. Olov hamda yonish va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan to‘liq qoplangan bo‘lishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga mo‘ljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yon devori yonmaydigan materialdan bo‘lishi kerak. 158. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni bo‘lmaydigan tarzda o‘rnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud bo‘lib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak. 159. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yo‘qotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa, sodali va toza suv bilan yuvish uchun moslangan bo‘lishi lozim. 160. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yog‘inlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak. 161. Kislota va ishqorlarni podvallarda saqlash taqiqlanadi. 162. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar qo‘yiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, to‘kilgan kislotani maxsus idishga yo‘naltiradigan tarnovlar qiya bo‘lishi lozim. 163. Kimyoviy moddalar omborlari to‘kilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 164. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam to‘qilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi kerak, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi. 165. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlarni qo‘lda ikki kishi uzog‘i bilan 25 metr masofaga tekis yuza bo‘ylab tashishga yo‘l qo‘yiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest to‘shalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi. 166. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich ko‘zoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qo‘lqoplardan, ayrim hollarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari kerak. Kislota va ishqorlar bilan saqlagich ko‘zoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi. 167. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qo‘l nasoslari vositasida quyish zarur. 168. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi. 169. Qattiq holatdagi o‘yuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yo‘riqnoma olgan tajribali ishchilar tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ochilishi kerak. 170. Bo‘shagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilishi va eritish yo‘li bilan tozalanishi kerak. Bo‘shagan barabanlarni faqat suv bilan yuvilgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi. 171. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik bo‘laklarini asta-sekin qo‘shib borish zarur, bunda ishqor bo‘laklarini faqat qisqich bilan ushlash kerak. O‘yuvchi ishqorlarning katta bo‘laklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) bo‘lagi bilan yopib, mayda bo‘laklarga maydalash zarur. 172. To‘kilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum to‘kilishi, neytrallanishi va shundan so‘nggina yig‘ishtirilishi kerak. Shisha siniqlarini cho‘tka va hokandoz yordamida yig‘ib olish kerak. 173. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida to‘planishi va neytrallanganidan so‘ng kanalizatsiyaga, loyli o‘raga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, boshqa joyga to‘kilishi kerak. 174. Kislota va ishqorlardan bo‘shagan idishlar zararsizlantirilib, yaxshilab yuvilishi kerak.
Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling