Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
-bob. Ta’mirlash ishlarini bajarishdagi xavfsizlik talablari
Download 128 Kb.
|
2672 13.05.2015
5-bob. Ta’mirlash ishlarini bajarishdagi xavfsizlik talablari
1 §. Umumiy talablar 333. Tashkilotning ta’mirlash xizmati xodimlari uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlariga, ularning texnik pasportlariga va texnik yo‘riqnomalariga binoan ta’mirlash ishlarini olib borishlari lozim. 334. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi hamda ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim. 335. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim. 336. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim. 337. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim. 338. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik yozuvlari va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 339. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazilishi lozim. 340. Echib olingan detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim. 341. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi. 342. Havoza va to‘shamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanilishi shart. 343. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim. 344. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi. 345. Barcha ta’mirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim. 346. Ta’mirlash tugagach keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi zarur. Barcha turdagi ta’mirlash ishlari tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot ta’mirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim. 347. Barcha zararli va portlovchi gazlar bo‘lgan hamda gazlar yig‘ilish ehtimoli bor xonalarda ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek ta’mirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur. 348. Ta’mirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bug‘lar ajralib chiquvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bug‘, gaz bor-yo‘qligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi. 349. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur o‘tkazgich va mufta qobig‘ida turish taqiqlanadi. 350. Barcha portlab yonish xavfi bo‘lgan binolarda tortish shamollatish tizimi o‘chirilganda, rejali va ogohlantirish ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi. 351. Asbob-uskunada (rezervuarda) ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin unga ulangan barcha quvur o‘tkazgichlardan to‘sqich bilan to‘silgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda o‘tkir bug‘ bilan bug‘lantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan bo‘lishi kerak. 352. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa ta’mirlash ishlari ularni bajarish jarayonida ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, xavfli vaziyat yuzaga keltirishi sharoitlari aniqlanganda to‘xtatilishi shart. Ishga tushirish moslamalarida (magnit o‘chirgich tugmalari, rubilniklar va hokazolar) “Yoqilmasin, odamlar ishlayapti!” degan yozuvlar osilishi kerak, bunda elektr ulanishi zanjiridan saqlagichlarning eruvchan qismlari olinishi kerak. 353. Non ishlab chiqarish tashkilotlarida uskunalar va texnik qurilmalarni ta’mirlashda bajariladigan alangali ishlar, elektr-gaz payvandlash, uchqunli metallarga ishlov berish ishlari: umumalmashuv havo kelish-tortishli shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonalarda amalga oshirilishi, bunda keluvchi havo payvand qilinmagan joylarga berilishi kerak; sig‘imlar, sisternalar, baklar, sig‘imlarda ishlaganda alangali ishlar yuritish joylarida mahalliy havo tortish shamollatish tizimi bilan jihozlanishi va ishlovchining bevosita nafas olish joyiga havo yetkazilishi kerak
Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling