Nonarkotik analgetiklar


Download 41.26 Kb.
bet5/5
Sana25.04.2023
Hajmi41.26 Kb.
#1398365
1   2   3   4   5
Bog'liq
НОНАРКОТИК АНАЛЬГЕТИКЛАР

Amidopirin, analgin og‘riq qoldiruvchi kombinirlangan moddalar-analfen, pentalgin, kofalgin, andipal, anapirin, baralgin tarkibiga kiradi. Butadion yallig‘lanishga qarshi ta’siri bо‘yicha amidopirin, analgindan ustunroq, chunki prostaglandinlar biosinteziga bо‘lgan ingibitorlik ta’siri kuchliroq. Asosan о‘tkir va surunkali revmatizmni, poliartritlarni, podagrani, xoreyani davolashda og‘iz orqali, parenteral va malham shaklida qо‘llaniladi. Oshqozon va о‘n ikki barmoq ichak yarasida, qon, jigar va buyrak kasalliklarida, yurak va qon tomirlar yetishmovchiligida qо‘llash man etiladi. Amidopirin bilan butadionni kombinirlangan moddasi reopirin ham keng qо‘llaniladi.
Anilin unumlari fenatsetin va paratsetamol asosan og‘riq qoldiruvchi va haroratni tushiruvchidir, yallig‘lanishga qarshi deyarli ta’sir kо‘rsatmaydi. Fenatsetin jigarda metabolizmga uchrab, P-atsetaminofenol, ya’ni paratsetamol hosil bо‘ladi. Paratsetamol alohida modda sifatida ishlab chiqariladi va qо‘llanadi. Fenatsetin buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi, gemolitik anemiya, metgemoglobinemiya, og‘ir hollarda tomir kollapsini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda fenatsetin juda kam qо‘llanadi, boshqa moddalar bilan birga kombinirlangan, masalan, asfen, sedalgin, sitramon tabletkalari tarkibida bо‘ladi. Paratsetamolning nojо‘ya ta’sirlari fenatsetinga nisbatan kamroq. Pediatrlar hozirgi kunda paratsetamolni keng qо‘llashadi, ular bu moddani bolalar uchun zararsiz deb hisoblashadi, lekin davomli qо‘llanganda jigarga salbiy ta’sir kо‘rsatishi, allergik jarayonlarni paydo qilishi mumkin. Paratsetamol panadol, panadol solyubil nomlar bilan chiqariladi hamda koldreks tabletkalari tarkibiga kiradi.
Download 41.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling