4-tajriba. Karbonat kislota tuzlarining qizdirilgan da parchalanishi. Quruq
probirkalarga 0,5-1g dan ammoniy karbonat,
natriy gidrokarbonat va mis
gidroksikarbonat tuzlari kristallaridan solib qizdiring. Nima kuzatiladi?
Sodir bo’ladigan reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
5-tajriba. Amfoter kremniyning olinishi. Probirkaga 3,2g magniy kukuni va 2g
maydalangan kvars qumi aralashmasidan soling. Probirkani shtativga tik holatda o’rnatib,
oldin probirkaning hamma joyini, so’ngra faqat aralashma turgan qismini qizdiring.
Reaksiya boshlanishi bilan qizdirishni to’xtating.
Probirka sovigandan so’ng
xovonchada sindirib, parchalarini moddasi bilan
stakandagi xlorid kislota eritmasiga (1
1) soling. Bunda hosil bo’lgan magniy silisid xlrid
kislota
bilan reaksiyaga kirishib, silan ajralib chiqadi va uhavo bilan to’qnashib, o’z-
o’zidan alangalanib ketadi. Reaksiyaga kirishmay ortib qolgan kremniy esa qo’ng`ir
kukun holida stakan tubida qoladi.
A)Kremniyning olinishi, B)Magniy silisidning hosil bo’lishi, V)Silanning
hosil
bo’lishi va yonishi reaksiyalarining tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: