Noorganika kimyo fanidan “ii b elementlar: rux kichik guruhi kimyosi va ularning xususiyatlari” mavzusi buyicha
Download 358.38 Kb.
|
Rux gidroksidRux gidroksid, Zn(OH)2 — oq iviqsimon choʻkma holida rux tuzlari eritmasiga ishqor taʼsir ettirib olinadi. Vaqt oʻtishi bilan kristall holga oʻtadi. Amfoter birikmalar singari rux gidroksid ortiqcha ishqorda, kislotalarda va ammiakning suvli eritmasida oson eriydi. Rux gidroksidning kislotalarda eruvchanligi neytrallanish reaksiyasiga asoslangan. Zn(OH)2 +2HCl =ZnCl+2H2O Ortiqcha ishqorda esa - eruvchan sinkatlar hosil bo’ladi. Zn(OH)2 + NaOH= Na2[Zn(OH)4] Ruxning barcha tuzlari eritmalarda kuchli kislota — Zn2+ kationi hisobiga gidrolizga uchraydi. Zn2+ + HOH= ZnOH++H+ Rux sulfat Rux sulfat, ZnSO4 — rangsiz ortorombik panjarali kristall modda; zichligi 3,74 g/sm³. 800—900 ° da ZnO va SO2 ga ajraladi. Suvdagi eritmalaridan suvli kristallogidrat ZnSO4 * 7H2O — rux kuporosi koʻrinishida ajralib chiqadi. Rux sulfat viskoza ishlab chiqarishda, boʻyoqchilikda, chitlarga gul bosishda, elektrolitik usulda rux metalli olishda, mikrooʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi. Rux sulfid Rux sulfid, ZnS — ruxning oltingugurt bilan birikmasi. Ikkita modifikatsiyasi bor: biri kub shaklida kristallanadigan α = ZnS — sfalerit, ikkinchisi geksagonal shaklda kristallanadigan β = ZnS — vyurtsiddir. Suyuqlanish harorati 1850° (150 atm bosim ostida), zichligi 3,98—4,092 g/sm³, 1185° da sublimatsiyalanadi. Suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydi. Sfalerit rux olishda muhim xomashyo hisoblanadi. Lyuminoforlar komponenti, bariy sulfat bilan aralashmasi oq boʻyoq — litopon olishda, kadmiy sulfid bilan aralashmasi kineskoplar tayyorlashda ishlatiladi. Rux xlorid Rux xlorid, ZnCl2 — ruxning xlor bilan birikmasi, rangsiz kristall modda. Suyuqlanish harorati 318°, qaynash harorati 732°, zichligi 2,91 g/sm³. Suvda yaxshi eriydi. Rux konsentratiga osh tuzini qoʻshib qizdirish, haydash va uni chang holida tutib yigʻish, shuningdek, rux oksidi yoki metall boʻlaklariga xlorid kislota taʼsir ettirish, soʻngra bugʻlatish usullari bilan olinadi. Rux xlorid yogʻochni chirishdan saqlashda, metallarni payvandlashda (oksid pardalardan tozalashda), pergament ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Download 358.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling