Noqardosh tillarda o’zga nutq hodisasining ifodalanishi
Download 140.69 Kb.
|
NOQARDOSH TILLARDA O’ZGA NUTQ HODISASINING IFODALANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Bob. O’zlashtirma gap uning turlari 2.1 O’zbek tilida o’zlashtirma gap. 2.2 fransuz tilida o’zlashtirma gap.
NOQARDOSH TILLARDA O’ZGA NUTQ HODISASINING IFODALANISHI(FRANSUZ VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA) 1-Bob. O’zga nutq hodisasi va uning ifoda usullari. O’bek tilida ko’chirma nutq. Fransuz tilida ko’chirma nutq. 2-Bob. O’zlashtirma gap uning turlari 2.1 O’zbek tilida o’zlashtirma gap. 2.2 fransuz tilida o’zlashtirma gap. 1-Bob O’zga nutq hodisasi va uning turlari So’zlovchi hamma vaqt ham o’z fikrinigina bayon etib qolmaydi, u ba’zan o’zganing gapini ham o’z nutqi ichida ishlatadi. Shu asosda qo’shma gapning yana bir maxsus turi hosil bo’ladi. O’zganing gapini ifoda etuvchi shaxs avtor, uning gapi esa avtor gapi deyiladi. Avtorning ma’lum shaxs fikrini o’z gapi ichida keltirishi o’zganing gapi deyiladi. Gapi ifodalanayotgan shaxs so’zlovchi sanaladi. Ba’zan avtor gapi ham o’zganing gapi shaklida beriladi. Bunda uning fikri o’zganing gapi va avtor gapini biriktiruvchi Grammatik vositalar bilan bog’lanadi. Misollar: Men nima qilishimni bilmay:- Bu yoqda nima qilib yuribsiz?-dedim. Mening yo’qlab kelganimni ko’rsa, dalda bo’ladigan biron so’z aytsam, zoraiki darmon bo’lsa,- deb kutdim.(A.Q.) U yoki bu shaxsning gapi faqat o’zganing gapi shaklidagina emas, balki, qushlar hayvonlar yoki ba’zi predmetlarning shovqini, tovushi hamda ularga nisbatan ishlatiladigan undov so’zlar shaklida ham keladi: Jo’ra darrov askarning yukini olib, xachirday kata, tuki yiltiragan, beldor eshakka ildam ortib, chizimcha bilan bog’ladi-da, “xix” deb bir tortdi va Elat bilan suhbatlashib, piyoda ketdi. Haligina pashsha “g’ing” desa eshtiladigan jimjit hovli qiy- chuvga to’ldi. Ashirmat “shish-shish’’ deb eshagini to’xtatdi. (O.) Faqat bug’galteriya joylashgan xonadan cho’t tovushi eshtilar edi:”shaq-shaq’’ . (O.) O’zganing gapi turli xilda keladi. Bularning asosiy tillari uch xil: 1) Ko’chirma gap, 2) o’ziniki bo’lmagan ko’chirma gap, 3) o’zlashtirma gap. Boshqalar fikrining semantik, leksik, Grammatik xususiyatlar saqlangan holda, mustaqil gap shaklida avtor gapi bilan birga ishlatilishiga ko’chirma gap deyiladi. “Paxta davlatli turmush demakdir, shuning uchun ham kuchlarimizga zo’r beruvimiz kerak “-dedi Jo’raboyev (Sh. R.) - Yashang, oshpaz!- kinoya bilan qichqirdi O’ktam,- bilib quyingki, dehqonchilikning qozoni boshqacha bo’ladi: mehnatni ayamasangiz, osha beradi tosha beradi.(O) Avtor gapi qo’shma gapning kimga qarashli ekanligini ko’rsatadi. Ba’zan o’zganing gapi ko’chirma gap bilan o’zlashtirma gap oralig’idagi holatda bo’ladi. Bunda o’zganing fikri avtor gapisiz- o’zganing ishtirokisiz bayon etiladi, ya’ni avtor ko’chirma gapdagi so’zlovchi vazifasini bajaradi. Shuning uchun bunday gaplar o’ziniki bo’lmagan ko’hirma gap hisoblanadi: Sultonov senga ta’na qiladi-yu, biroq o’zini o’laydi. Ish kam bo’lssa-yu, shuhrat ko;p bo’lsa… mana asl maqsadi qayerda.( Sh.R.) Bu gapda ko’chirma gapning so’zlovchisi (Sultonov) nomidan avtorning o’zi gapirgan . Uning gapi- ish kam bo’lsa-yu shuhrat ko’p bo’lsa- hech o’zgarishsiz, semantic, Grammatik, leksik xususiyatlari deyarli saqlangani holda keltirilgan. Bu jihatdan u ko’chirma gapga o’xshaydi. Lekin bu gap uning kimga qarashli ekanligini ko’rsatuvchi avtor gapining yo’qligi bilan ko’chirma gapdan farq qiladi. Avtorning o’zganing gapini mazmunini saqlab, Grammatik leksik xususiyatlarini o’zlashtirib bayon qilib berishi o’zlashtirma gap deyiladi. Masalan:Astaxov chol bilan suhbat qilishni orzu qilganini, lekin qo’li tegmaganini aytdi. О‘zga gapli qurilmalar sintaktik tuzilishi, nutqdagi vazifasi, ohangi, tarkibi jihatidan mustaqil tuzilmalar hisoblanadi. О‘zga gapli qurilmalar boshqalarning fikr-mulohazasini bayon qilish jarayonida o‘zga shaxs va so‘zlovchi nutqining qorishuvi natijasida yuzaga keladigan sintaktik birliklardir. О‘zganing gapi muayyan shaxsning fikrini muallif gapi orqali ifodalanishidir. “О‘zga gap” grammatik atama sifatida odatdagi o‘z lug‘aviy ma’nosidan (boshqa, o‘ziniki bo‘lmagan) farq qiladi. Bu atama muallif bayonigacha iste’molda, aloqa-aralashuvda bo‘lgan va ikkinchi marta qayta qo‘llanilayotgan barcha turdagi gaplarni anglatadi. Shu sababli o‘zga gap vazifasida nafaqat boshqalarning gapi, hatto muallifning o‘zi tomonidan ilgari aytilgan gapi ham qo‘llana oladi. Hatto qushlar, hayvonlar, ba’zi predmetlarning tovushi yoki ularga qilingan muomala ham o‘zganing gapi holida bayon etilishi mumkin. Masalan, “-Bu yoqda nima qilib yuribsiz?-dedim” (A.Q.) gapida o‘zganing gapi muallifning ilgari aytilgan gapini ifoda etsa, “Faqat buxgalteriya joylashgan xonadan cho‘t tovushi eshitilar edi: “shaq-shuq” (O.) gapida o‘zga gap predmetning tovushini aks ettiradi. Tilshunoslikda o‘zga gapli qurilmalarning, asosan, ko‘chirma gap, o‘ziniki bo‘lmagan o‘zga gap va o‘zlashtirma gapdan iborat ko‘rinishlari farqlanadi. Tilshunos olim A.Abdullayev bu turga qo‘shimcha tarzda tematik, bilaterial, chog‘ishtirma va aralash turdagi o‘zga gaplarni ham ko‘rsatadi. О‘zga gapning qayd etilgan har bir ko‘rinishi o‘zganing gapini bayon etish xarakteri hamda sintaktik vazifasiga ko‘ra farqlanadi. O'zga gap haqida tushuncha . Ba'zan so'zlovchi o'zining gapini o'z nutqida ishlatadi . So'zlovchi nutqida ishlatilgan boshqa shaxsning gapi o'zga gap deyiladi . O'zga gaplar uch xil bo'ladi ya'ni : Ko'chirma gap , o'ziniki bo'lmagan ko'chirma gap . A2 . Ko'chirma gap haqida ma'lumot . O'zgalaming hech o'zgarishsiz aynan berilgan kochirma gap deb ataladi . Ko'chirma gap yolg'iz o'zi yoki avtor gapi bilan birgalikda kelishi mumkin . Masalan : " Alisher Navoiy go'zal xatotdir , dedi faxrlanib Zayniddin " Ko'chirma gapdan asosiy maqsad boshqa shaxs gapinig barcha leksik , sintaktik , intinatsion xususiyatlarini saqlashdir . UZ Masalan : " Biz xalqni qutlaymiz , xalq bizni qutlaydi " , -dedi Sobolev . Ko'chirma gap va avtor gapi o'zaro quyidagicha aloqaga kirishadi . Bog'lovchi vazifasidagi so'zlar yordamida aloqaga kirishadi . Bunda ko'chirma gap bilan avtor gapini o'zaro bog'lashda demoq fe'lini deb ( deya ) , degan shakllarda xizmat qiladi . " Hatto qurt - qumursqa ham yashash uchun kurashadi " , -degan gapi keldi . Bog'lovchi vazifasidagi bunday so'z avtor gapl ko'chirma gapdan keyin kelganda ishlatiladi . 2. Bog'lovchisiz aloqaga kirishadi . Bunda avtor gapining kesimi demoq , aytmoq , so'ramoq , gapirmoq , javob bermoq kabi fe'llar bilan ifodalanadi . Masalan : " xiyonatkor o'z chuqurlariga o'zlari yiqilurlar " , - dedi Navoiy ishonch bilan . Ko'chirma gap bilan avtor gapining bog'lanishi va unda tinish belgilarining ishlatilishi a ) Ko'chirma gap yozuvda qo'shtirniqqa olinib bosh harf bilan boshlanadi . b ) Ko'chirma gap avtor gapidan keyin keladi . Bu naqtda avtor gapining kesimi so'radi , javob berdi , tugadi , gapirdi , dedi kabi fe'llar bilan ifodalanadi . Ko'chirma gap avtor gapidan keyin kelganda , avtor gapidan so'ng ikki nuqta qo'yiladi . Bu vaqtda : 1 ) k'chima gap oxirida nuqta qo'yish lozim bo'lsa , qo'shtimoq bulardan keyin qo'yiladi . Masalan : 1. Michirun aytadi : " O'simlik qancha yosh bo'lsa , yangi sharoitda shunchalik tez moslashadi " . 2. O'qituvchi so'radi : Oybekning " Qutlug'qon " pomanidagi Yo'lchi obrziga kim harakteristika bergan ?. 1. Ko'chirma gap avtor gapidan oldin keladi . Bu vaqtda avtor gapidagi bo'laklarinversiyaga ychraydi : kesm sostavi oldin , ega sostavi keyin keladi . Avtor gapining kesimi ko'pincha deb aytdi , so'radi , gapirdi , dedi , der edi kabi fellar bilan keladi . Ko'chirma gap avtor gapidan oldin kelganda , ko'chirma gapdan keyin qo'shtimoq yopiladi . Agar ko'chirma gap darak gap bo'lsa , qo'shtirnoq yopilgach , vergul hamda tire qo'yiladi . Agar ko'chirma gap so'roq yoki undov gap bo'lsa , qo'shtimoq yopilish oldidan shu belgilaming o'zi qo'yiladi : qoshtirnoq yopilgach , tire qo'yiladi . Masalan : 1. " Mehmonni laziz ovqatlar bilangina emas , shirin latifalar bilan ham kutmoq kerak " , -dedi kulib Sultonmurod . 2. " Ko'rishgan odam shunaqa siqar ekanmi ? " - dedi Oyto'ti Karimaga . 3. " Dunyo mojarolaridan qo'l yuvmoqchi bo'lgan bir otaga keksaygan kunlarida farzand dog'ini ko'rmaslikning o'zi ham mukofotdir ! " - dedi va ko'ziga yosh oldi . 4. Ko'chirma gap avtor gapning har ikki tomonida keladi . Bu vaqtda avtor gapi inversiyaga uchraydi : kesim sostavi oldin , ega sostavi keyin keladi . Download 140.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling