Norac, Carl (Text)


Download 1.07 Mb.
bet16/23
Sana16.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1493064
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
AllesFamilie Beschilderungen zum Drucken

Lotte will Prinzessin sein Lotta malika boʻlishni xohlaydi
14. Aufl. – Ravensburg: Ravensburger Buchverlag, 2008. – [32] S.
ISBN 978-3-473-33936-5
(1. Aufl. 1998)
Hali deraza ortida kun yorishib ulgurmagan va sovuq, biroq Lottaning uygʻotgichi tinimsiz jiringlaydi. Onasi Lottani yolgʻiz katta qilayotgandi. U ishga borishi kerak, undan oldin esa, bolani bogʻchaga olib borishga ulgurish lozim. Biroq, sevimli qizalogʻi oʻrnidan turish va kiyinishni hatto hayoliga ham keltirmaydi. Oyisi tayyorlab qoʻygan yubka va puloverni kiyish haqida esa gapirmasa ham boʻladi. Agar nimadir kiyish kerak boʻlsa, bu – faqat malikalar koʻylagi! Lottaning onasi har xil pedagogik hiylalarni va oʻzining bor koʻndirish mahoratini ishga solib koʻradi. Biroq, Lotta juda qatʼiyatli va to oyisi gʻazabidan portlab ketmaguncha taslim boʻlmaydi. Rassom onaning gʻazabini ogʻzidan otilib chiqib, sahifaning chetlariga sachrab, Lotta tomonga oqib borayotgan, qizib turgan lava rangida mohirona tarzda tasvirlagan. “Nima ham derdim, chakkimas” – dedi Lotta, – “biroq men malika libosini yechmayman”. Hayron qoldiradigan tomoni, oxir-oqibat ularning ikkisi ham – ona ham, qiz ham – boshdan oyoq malika libosida (jumladan, boshida toj bilan) tramvayga oʻtirishadi. Ammo odatiy kiyingan odamlar ularga mutlaqo onasi kutgandek hayrat bilan qarashmaydi.

Doris Diorri ona va qizdan iborat oilaning kundalik tonggi mashmashalari haqida nopedagogik uslubda hikoya qiladi. Yuliya Kergelning alohida sahnalarni aks ettirgan tasvirlarida iliq yoki yengil hazil uchqunlari aks etadi.


Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi


Familie in Auflösung • Oila buzilishi




Schär, Brigitte (Text) Gleich, Jacky (Ill.)
Mama ist groß wie ein Turm
Oyim minoradek baland
München: Hanser, 2001. – [16] Bl.
ISBN 978-3-446-20023-4
Maktabdagi bolalar u bilan bir partada oʻtirishni xohlashmaydi – uni yolgʻonchi deb hisoblashadi. Chunki u har doim onasi haqida qandaydir uydirmalarni gapiradi. Aytishicha, uning onasi minoradek baland va har doim sayohatda yurar va hamma yerda uni yaxshi koʻrishar va yana u juda katta va kuchli, otasi esa, onasining aksi – mittigina va u uni kuzatib turishi va uxlab qolishiga yoʻl qoʻymasligi uchun oʻzi bilan maktabga oyoq kiyim qutisida olib keladi. Ilgarilari otasi bunchalik kichik, onasi esa bunchalik katta boʻlmagan, biroq, keyinchalik ular bir-birlari bilan qattiq janjallasha boshlashgan va oxir-oqibat onasi bahaybat boʻlib oʻsib ketgan va uylariga sigʻmay qolgan. Biroq tez orada u yana qaytib keladi, bu aniq. Shundan soʻng ular barchalari birgalikda sayohatga yoʻl olishadi.

Brigitta Sher qizaloqqa onasi bilan ayriliqqa bardosh berishiga yordam beradigan tasavvur kuchini berib, uning ichki kechinmalari haqida behad xayrixohlik bilan hikoya qiladi. Jeki Glayx onani ortiq uyga sigʻmaydigan ulkan qiyofada tasvirlaydi va tashlab ketilgan bolaning sogʻinchi naqadar buyukligini matn uchun ishlangan ekspressiv rasmlar bilan alohida taʼkidlaydi.


Internationale Jugendbibliothek • Halqaro Yoshlar kutubxonasi


Familie in Auflösung • Oila buzilishi
Maar, Nele (Text) Ballhaus, Verena (Ill.)

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling