Termiz Davlat Universiteti
Tabiiy Fanlar fakulteti
1-bosqich 122-guruh talabasi
Norbekova Rushananing “O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan
“Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi” mavzusidagi
TAQDIMOTI
- Davlat hokimiyatining bo’linish prinsipi davlat hokimiyati organlarining kelishib, bir-birini nazorat qilib va o’zaro uyg’unlikda ishlashiga imkon yaratadi.Shuning uchun hokimiyatning bo’linish prinsipining qaror topishi demokratik davlatga xos jihatidir.
- Rivojlangan va demokratiya qaror topgan davlatlarda bo’lgani singari O’zbekiston Respublikasida ham davlat hokimiyati uchga bo’lingan. Bu haqda O’zbekiston Konstitutsiyasida quyidagi huquqiy norma belgilab qo’yilgan: “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslangan”(11-modda)
- O’zbekistonning 32 yillik mustaqil taraqqiyot davri mobaynida“mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o’ta muhim bir maqsadga, ya’ni hokimiyaylar bo’linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zarotiyilib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha g’oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi”
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis (avval Oliy Kengash) deb ataladigan bo‘ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament – O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko‘rildi.
1993 yil 28 dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida", 1994 yil 22 sentyabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida" konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. 1994 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik, ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o‘tkazildi
- O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |