Nordic international university X alqaro nordik universiteti


Yoshlarimizni xiyonat illatidan qanday himoya qilish mumkin?


Download 55.5 Kb.
bet3/3
Sana08.06.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1462648
1   2   3
Bog'liq
mta

Yoshlarimizni xiyonat illatidan qanday himoya qilish mumkin?
Odam bolalikdan kichik-kichik “sadoqat-xiyonat”larni koʻrib ulgʻayadi. Masalan, ota yo ona bolasiga biror narsani vaʼda berib, bajarmaydi. Bir gapni oʻz vaqtida aytish kerak — aytilmaydi. Ertaroq kelish kerak — kechroq kelinadi. Kechroq ketish kerak — erta ketiladi. Oʻzini qiynashi kerak, oʻzini qiynamaydi. Oʻzi qilishi kerak boʻlgan ishni — birovga “qarab qoʻy”, deydi. “Nega bunday qildingiz?”, desangiz, «Birinchi martaku. Nima qipti? Oʻzingiz shunday degandek boʻluvdingizku! Ozginaku. Oʻtib ketadiku. Hamma shunday qiladiku. Hech kim sezmadiku», deb oqlanadi. Bular — xiyonatning yumshoqroq, boshqa soʻzlar bilan “oqlanadigan” koʻrinishlari. Simptom, signallari. Bunday muhitda katta xiyonat xatari yashaydi. Bu illat urchisa, milliy inqiroz, stagnatsiya, bir joyda depsinib turaverish yuzaga keladi.
Hozir biz tarbiya bilan shugʻullanyapmiz, deyapmiz. Lekin aslida taʼlim bilan shugʻullanamiz. Shuning uchun taʼlim-tarbiya boʻyicha masʼullar eng qoʻrqadigan savol: “Oʻtgan oʻquv yilida tarbiya boʻyicha qanday natijaga erishdingiz?”. Birorta aqlli odam chiqib, shu savolni berib qolmasinda, deb jon hovuchlab yuradi. Chunki tarbiyaga soat ham, jadval ham, shtat ham ajratilmagan. Shuning uchun oʻtkazilgan tadbirlar soni bor, lekin eng asosiy narsa — natija yoʻq. Chunki uning natijasi nimalarda koʻrinishini va qanday boʻlishi kerakligini bilmaymiz.
Milliy yuksalish davri keldi. Endi bundan toʻxtab, natijasiz, nasiya tarbiyadan natijali — naqd tarbiyaga oʻtishimiz zarur. Tarbiya natijasi fazilatlarda namoyon boʻladi. Shunday ekan, fazilat-kompetensiyalarni oʻrgatishga kirishishimiz kerak. Jumladan, har bir taʼlim muassasasi tarbiyaviy ish rejasiga “Sadoqat tarbiyasi” degan mavzu kirishi kerak. Kiritmadikmi, ertaga hayotda bizni kutib oladigan katta-kichik xiyonatlardan xafa boʻlmaylik. Chunki har bir katta-kichik xiyonat bu — sadoqat tarbiyasi berilmagani uchun olinadigan oʻch. Oʻz vaqtida sadoqat neligini, muqaddasligi tushuntirilmaganining, odatlantirilmaganining oqibati. Yana, yana va yana maʼnaviyat, yana tarbiya. Yana erta profilaktika. Aslida tarbiya bu — erta profilaktika degani.
Albatta. Asosiy tarbiya uyda boʻladi. Uyda ota bilan onaning dili, tili bir boʻlishi kerak. Baʼzida ota “yoʻq”, desa, ona “xoʻp”, deydi. Bola bir muammoning ikki xil yechimi boʻlishi mumkinligini koʻrib, hayron boʻladi. Otalar koʻpincha mehnatli rohatni, onalar — mehnatsiz rohatni taklif qiladilar. Bolaga qaysi yoqadi? U 10-marta maqsadga sabr bilan, mehnat qilib erishsa, toʻgʻrilikka — sadoqatga oʻrganadi. 10-marta rohatga “hozir va shu yerning oʻzida”, buning ustiga mehnatsiz erishsachi? Oʻgʻrilikka, oʻzi oʻziga xiyonatga, oʻzi oʻzini aldashga oʻrganadi. Xullas, har bir ota-ona — pir, trener, ustoz. Har bir farzand — shogird.
Umr, oʻlchovsiz berilgan vaqt, bugun bor, ertaga esa yoʻq. Sharaf bilan yashash, boriga shukr, yoʻgʻiga sabr qilish, birini koʻrib fikr va birini koʻrib zikr qilish, kechirish va kechirimli boʻlish, afv soʻrab, yaxshilikni koʻziga tik qarab, halol yashash umrning mazmunidir.
Xulosa:Odamning umrini oqar suvga qiyos qiladilar. Umr ham suv kabi loyqalanib, goh tinib, goh toʻlqinlanib, goh sokin oqadi. Biroq qalb sadoqatga, poklikka toʻliq boʻlsa, umr hamma vaqt har ishda yaratish bilan band boʻladi. Uning oqimi qay tarzda boʻlmasin, hamma uchun hamisha hayotiy tashvish va shu tashvishni yenguvchi kuch baxshida qiladi, natijasi huzur va rohatga olib boradi. Demak, sadoqat, vatanparvarlik, ilm umrning mevharidir. Haqiqat va adolatning bosh tarozisidir. Sadoqatli boʻling, ilmga intiling, ona diyoringizni seving — umringizni nurga oʻraysiz!
Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling