Nordic international university X alqaro nordik universiteti
Asosiy qism: Sadoqatning ziddi — xiyonat ham sohaviy xususiyatga ega ekanda?!
Download 55.5 Kb.
|
mta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baʼzilar sadoqatni soʻzda namoyon qilsa ham boʻladi, deb oʻylaydi. Laganbardorlik, koʻzboʻyamachilik, yuzakilikni “boʻyab”, sadoqatga oʻxshatishga harakat qiladi.
Asosiy qism: Sadoqatning ziddi — xiyonat ham sohaviy xususiyatga ega ekanda?!Taʼlim sohasida xiyonatning nimalarga olib kelishiga bir misol. Dunyoning xalqaro akkreditatsiyasiga ega, qadimiy universitetlaridan biri Unisaga kiraverishda mana bu yozuvni oʻqiysiz: “Millatni yoʻq qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga uchuvchi raketalarni tashlash shart emas. Taʼlim sifatini pasaytirib, oʻquvchilarning yolgʻon gapirishiga ruxsat berilsa, bas. Ana shunda: bunday vrachlar qoʻlidan kasallar oʻlim topadi. Bunday injenerlar dastidan binolar qulaydi. Bunday iqtisodchi-buxgalterlar dastidan pullar yoʻq boʻlib ketadi. Bunday din olimlari dastidan insoniyat oʻlimga yuz tutadi. Bunday yurist va sudyalar dastidan adolat yoʻqoladi. Bunday qonunshunoslar dastidan boshqaruv yoʻqoladi. Taʼlim inqirozi — millat inqirozidir”.
Baʼzilar sadoqatni soʻzda namoyon qilsa ham boʻladi, deb oʻylaydi. Laganbardorlik, koʻzboʻyamachilik, yuzakilikni “boʻyab”, sadoqatga oʻxshatishga harakat qiladi.— Bu Vatanga, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishdek mardona tamoyilimizga zid. Odam bolasi qiladigan jinoyatlarning eng ogʻiri — Vatanga xiyonat boʻlsa, demak, eng sharafli ish — Vatanga sadoqat. Chunki Vatan ichida xalq bor. Sadoqatning formulasi boʻlsa, u “Avval Vatan, keyin men”, degan ifoda boʻlardi. Xiyonatniki esa koʻp boʻlardi: “Avval men — keyin Vatan”, yoki “Taka boʻlsin, sut bersin”, yoki “Tirikchilikning aybi yoʻq”, derdi. Xiyonat ana shunday xaraktersiz, nomard, beqaror, dunyoqarashi buzuq, “umurtqasiz”, subutsiz, tuturiqsiz, manfaatparast, boylik yoki amalga oʻch, xudbin, qoʻrqoq kishilar tomonidan sodir qilinadi. Odam qiyin vaziyatga tushganida uch yoʻldan birini tutadi. Kurashib, muammoni hal qilish, indamay tashlab qoʻyish va muammodan qochish. Ana shu lahzalarda shayton xiyonatga advokatlik qiladi. Noshukurlikka, oʻz zimmasiga olgan burchni qoʻrquv yoki masʼuliyatini boʻyniga olishdan qochishga undaydi. Darsni sifatsiz oʻtish, taʼmirni nomiga qilish, ishga kech kelib, erta ketish, oʻzi qoʻl qoʻygan shartnoma shartlarini buzish, soliqdan qochish (yashirish), tarozidan, litrdan urib qolish, jinoyatni yashirish, qarz olib, kech qaytarish yoki bermaslik, yolgʻon hisobot berish, mansab vakolatini oshirish, koʻzboʻyamachilik, sogʻni bemor, bemorni sogʻ deb maʼlumotlar berish, ustozlik, quruvchilik, xodimlik, hamkorlik, doʻstlik, xizmat burchi, kasbiy, funksional vazifa, xizmat koʻrsatish sohalarida oʻziga bildirilgan ishonchlar oqlanmay qoladi. Har birimiz har kuni oʻz qarorlarimizni qabul qilamiz. Bu qaror, gʻoyalar hozir yoki ertaga qiladigan ish-harakat, xulqimizning loyihalari. “Harakat(start)”, degan tugma bosilganida, ular ishga tushadi. Ishga, natijaga aylanadi. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling