Norin tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi Karimova Xulkarxonning 1 soatlik dars ishlanmasiga taqriz


Download 298.76 Kb.
bet2/2
Sana26.05.2020
Hajmi298.76 Kb.
#110369
1   2
Bog'liq
Maktab ilm o'chog'i 5-sinf tarix



KARIMOVA XULKARXON

Norin tuman XTB ga qarashli 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining birinchi toifali tarix fani o’qituvchisi.

X.Karimova 1970 yilda Norin tumani To’lqin qishlog’ida ziyoli oilada tug’ilgan.1976-1986 yillarda 14 ( 19)- sonli maktabda o’qigan.

1987-1992 yillarda ADPI ning tarix fakultetida tahsil olgan.Mehnat faoliyatini sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 31-maktabda boshlagan.1999 yil 1 sentabrdan boshlab tumandagi 19-sonli maktabda ishlab kelmoqda.


2017-2018 o’quv yili davomida Namangan televideniyasi tashabbusi bilan tepaliklar tarixini o’rganishda “ Bo’ritepa - muqaddas ziyoratgoh” ma’ruzasi televideniya orqali namoyish etildi.

Maktabda va tumanda o’tkazilgan “ Bilimlar bellashuvi” va fan olimpiadalarida o’quvchilari faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda.



Karimova Xulkarxon dars o’tishda interfaol usullardan foydalaniib, yangi pedagogic texnologiyalar asosida har xil o’yinlarni qo’lab o’quvchilarni faoligini oshirib, ijodiy izlanishga chorlaydi. Bu albatta o’quvchilarni tezkorlikka va mustaqil fikrlashga undaydi.

Mavzu:Maktab- ilm o’chog’i

Darsning maqsadi :

Ta’limiy:O’quvchilar bu darsda maktabda inson uchun kerakli bo’lgan ilmlarni o’rganish mumkinligini tushunib oladilar hamda yurtimizdagi dastlabki ilm o’chog’lari bilan tanishadilar.

Tarbiyaviy:O’quvchilar maktabda o’qish , kelajakda yurtimiz uchun kerakli mutaxassis va yaxshi insonbo’lib yetishishlari mumkinligini tushunib oladilar.

Rivojlantiruvchi:Yurtimizda dastlabki maktablar , ilm –fan o’choqlari, ularda faoliyat yuritgan buyuk allomalar bilan tanishib o’quvchilarda ilm – fanni o’zgarishga va yangiliklar topishga bo’lgan qiziqishlari ortadi .

Kutilayotgannatija: O’quvchilar qadim zamonlardan ham odamlar ilm o’rganishga qiziqqanligini anglaydilar ,ilm –fanni chuqur o’rganish orqali olamshumul kashfiyotlar qilganligidan faxrlanadilar .Hozirgi kunda o’quvchilarni yaxshi ilm olish uchun yaratilayot gan sharoitlardan unumli foydalanishga bo’lgan ishtiyoqlari kuchayadi.

O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Metod:Aktiv, amaliy .

O’qitish shakllari ,ommoviy guruhi .



Vosita :Darslik , daftar ,doska, rasmlar.

Darsningborishi

I .Tashkiliy qism 2 daqiqa

II .yangi dars mavzusi ustida ishlash .7 daqiqa

O’qituvchi quyidagi savollar bilan o’quvchilarni yangi mavzuga yo’naltiradi .

1 .Siz maktabga qadam qo’yganingizdan buyon nimalarni o’rgandingiz?

2. Boshlang’ich sinflarda nimalarni o’rgandingiz?

3. Dunyoda maktabda o’qimagan bolalar ham bor. Ularni qanday tasavvur qilasiz ?

III .O’qituvchiningqisqachama’ruzasi. 10 daqiqa

“ Maktab “ arabcha so’z bo’lib , O’zbek tilida “ o’qish joyi “ degan ma’noni anglatadi.

Maktab ta’lim bilan birga tarbiy aberadigan joy hamdir .Barcha zamonlarda shunday bo’lgan . Ta’lim – tarbiya beradigan kishilarni muallim ,ustoz yoki murabbiy kabi so’zlar bilan atalishini bilamiz. Ular bir so’z bilan pedagog deb ataladilar“ Pedagog`’“ grekcha so’z bo’lib “ bola yetaklovchi kishi” degan ma’noni anglatadi .

Qadimgi Gretsiyada badavlat oilalarning bolalarni maktabga yetaktab boradigan kishilarni pedagog deb ataganlar. Ilk maktablar Misr ,Bobil , Xitoyva Hindistonda , Yevropada esa Gretsiyava Rim davlatlarida paydo bo’lgan . Maktablar dastlab ibodatxonalarda faoliyat ko’rsatgan.

XVII asrda dastlab Yevropada amalga oshirilgan.Bunda yyangilikni asoschisi chehiyalik mashhu rolim Yan Komenskiy bo’lgan edi.

O’rta Osiyoda, shu jumladan ,bizning yurtimizda barcha zamonlarda bolalarning ta’lim – tarbiyishiga katta e’tibor berilibkelingan . Maktabda bolalarga xat – savod o’rgatish bilan bir qatorda ularning axloqiy va jiswmoniy tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan.VIII asrda arablar alifbosi joriy etilgan. Maktablarda o’qish arab yozuvi asosida olib borilgan .O’g’il va qiz bolalar uchun alohida – alohida boshlang’ich ta’lim maktablari ochilgan . Ular maktabxona deb atalgan .Bolalar maktabxonaga 5-6 ,ba’zan 6-8 yoshidan qabul qilingan . O’qish muddati 5-8 yil davom etgan . Maktab xonalarda bolalar o’qish – yozishga o’rgatilgan va madrasalarga o’qishga kirishgan tayyorlangan .Yurtimizda dastlabki madrasa X asrda Buxoro shahrida ochilga . Madrasa o’qituvchilari mudarrislar deb atalgan . Madrasalarda talablarga diniy bilimlardan tashqari astranomiya , matematika, tibbiyot , kimyo , geografiya , tarixadabiyot , xattolik , musiqa , axloqvanotiqliksan’ati , tijorat kabi fanlardan saboq berilgan .

Sulolaning so’ngi hukmdori Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’mun (997=1017 - yillar), ayniqsa ,bu borada tarixida o’chmas iz qoldirdi.

U O’z davrining ilmlarini puxta egallagan hukmdor bo’lib , ilm – fan va madaniyat taraqqiyotiga homiylik qilgan . Uning hukmdor va rahbarligida 1004-yilda mamlakat poytaxtida “ Dorul hikmi va maorif” ilm - fan markazi tashkil etilgan .Keyinchalik olimlar uni “ Ma’mun akademiyasi “ deb ataganlar. Bu ilm – fan markazida Abu Nasr ibnIroq , Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali ibn Sino , Abulxayr ibn Hammor kabi o’sha davrning o’nlab buyuk allomlarari faoliyati yuritganlar.

1017 – yilda Xorazmshohlar davlati o’z mustaqilligini yo’qotgach akademiya faoliyati to’xtab qolgan 1997-yilda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risidagi farmoni e’lon qilindi . Ha, oradan salkam ming yil o’tib shunday qilindi . Akademiyani qayta tiklashdan qator maqsadlar ko’zlangan, albatta .

Biroq ular orasida siz kabi yoshlar qalbida iftixor va g’urur , o’tmish tariximizga chuqur hurmat tuyg’usini o’stirish alohida o’rin tutadi.

Qayta tiklangan akademiya O’zbekiston Fanlar akademiyasining bo’limi sifatida faoliyat yuritmoqda . 2006 – yilyurtimizda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi .

IV .O’quvchilar tushunchasini aniqlash . 15 daqiqa


  1. Klaster usulidan foydalanish.

Yaxshi mutahassis

bo’lishga zamin tayyorlash



Koinot haqidagi

bilimlarga ega bo’ladi

Olam haqidagi yangi


MAKTAB

Bilimlarga ega bo’lish

Dunyo

mamlakatlari Olam haqidagi yangi

bilan tanishish. Bilimlarga ega bo’lish Muomala

madaniyatiga Ma’naviy

ega bo’lish barkamol Nutq Axloqiy pok

inson bo’lib o’sadi bo’ladi

yetishish





  1. Savol - javob

  1. “Maktab“ so’zi qanday ma’noni bildiradi?

  2. “ Pedagog” so’zi qanday ma’noni bildiradi?

  3. Ilk maktablar qayerda tashkil topgan?

  4. Bolalar yoshiga qarab ,sinflarga bo’lib o’qitish, mashg’ulotlarini jadval asosoida tashkil qilish g’oyasini kim o’ylab topgan?

  5. Yurtimizda dastlabki madrasa qachon tashkil topgan?

  6. “ Dorulhikma va maorif” da nima?

  7. “ Dorulhikma va maorif”da qaysi buyuka allomalar faoliyat yuritganlar.

PISA test



1.“ Dorul hukma va maorif” da Faoliyat yuritgan alloma kim va u yashab ijod qilgan yillarni toping?

  1. Beruniy 973-1048

  2. Abu Ali ibn Sino 980-1037

  3. Muhammad Muso al-Xorazmiy 780-850



2.Ushbu alloma yashagan yillar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?

  1. 980-1037 B) 975 -1037 D) 873-940

V .Darsni yakunlash .8 daqiqa.

O’qituvchi darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholaydi, rag’batlantiradi.



VI .Uygavazifa . 2 daqiqa .

Har bir o’quvchi o’z oilasi (qarindosh urug’lari )misolida limning ahamiyati haqida hikoya yozib kelish.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. U.Jo’rayev, Q.Usmonov, A.Nurqulov. Taxixdan hikoyalar. 5-sinf darsligi.

  2. A.Nurqulov, M.Muydinova .Taxixdan hikoyalar. 5-sinf O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma.

  3. Mirkarim Osim “ Ibn Sino qissasi”.

  4. Mirkarim Osim “ Jayxun ustida bulutlar”.







Download 298.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling