Blоklаr rаqаmi chiziqlаr tаsvirini uzgаn hоldа blоkning chаp yuqоri qismigа
qo`yilаdi.
1
2
3
ha
Аgаr blоkning mаzmunini ifоdа etuvchi so`zlаr blоkkа sig`mаsа, u hоldа «izоhlаr»dаn fоydаlаnilаdi
izоhlаr
izоhlаr
Har qanday masalani kompyuterga tayyorlash va uni o’tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. - Masalani qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish.
- Masalani yechishning sonli usulini tanlash.
- Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish.
- Kompyuter uchun dastur tuzish.
- Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish, rostlash va tekshirish.
- Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
Masalaning qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish. Masalani yechishdan oldin uning qo’yilshi oydinlashtiriladi, ya’ni bunda uning maqsadi va yechilish shartlari aniqlanadi, boshlang’ich ma’lumotlar va natijalarning tarkibi asoslana-di. Bu ma’lumotlar asosida u matematik formulalar ko’rinishida ifoda qilinadi. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish. Masalani yechish uchun tanlangan sonli usulning algoritmi ishlab chiqiladi, ya’ni masalani yechish uchun bajariladigan arifmetik va mantiqiy amallar ketma- ketligi yoritiladi. Masalani yechish algoritmlari ko’rgazmaliroq bo’lishi uchun, ular ko’p hollarda blok- sxema ko’rinishida ifodalanadi. Kompyuter uchun dastur tuzish Kompyuter uchun dastur masalaning umumiy yechimidir. U algoritmning mashina buyruqlari ketma- ketligi shaklidagi yozuv-dir. Buning uchun dasturlash tillari (Beysik, Fortran, Paskal, SI va boshqalar) dan biri tanlanadi va unga mos dastur tuziladi. Tuzilgan dasturni sifatli bo’lishi va uni mashina xotirasidan kam joyni egallashi muhim ahamiyatga ega. Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish, rostlash va tekshirish Tuzilgan dastur kompyuter klaviaturasi orqali uning xotirasiga kiritiladi. Kiritilgan dasturni rostlash va tekshirish amalga oshiriladi, ya’ni yo’l qo’yilgan xatoliklar tuzatiladi. Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish. Bu bosqichdan tuzilgan dastur bo’yicha hisoblash bajariladi va hosil bo’lgan natija kompyuterning displey ekraniga chiqariladi yoki chop etish qurilmasi orqali qog’ozga chop etiladi. Natijalarni jadvallar, grafiklar yoki diagrammalar ko’rinishida hosil qilish mumkin. Hosil bo’lgan natija esa foydalanuvchi tomonidan tahlil qilinadi. Etiboringiz uchun rahmat Samarqand - 2023 Amaliy Informatika
Do'stlaringiz bilan baham: |