Normativ-huquqiy hujjatlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi


Huquq manbasi deganda nima tushuniladi va uning turlari nimalardan iborat?


Download 26.9 Kb.
bet2/5
Sana08.06.2023
Hajmi26.9 Kb.
#1463081
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat huquq asoslari va konstitutsiyaviy huquq kazus

Huquq manbasi deganda nima tushuniladi va uning turlari nimalardan iborat?
Huquqning manbasi deganda, umumiy ma’noda huquqni ifoda etilish shakli tushuniladi. Huquqiy hodisa sifatida huquqning manbasini uch xil ma’noda tushunish mumkin: moddiy ma’noda – bu jamiyatdagi mulkchilik shakllari, moddiy shart-sharoitlar, jamiyat a’zolarining qiziqishlari va manfaatlarimafkuraviy ma’noda – bu turli huquqiy mafkura va ta’limotlar, huquqiy ong; maxsus yuridik ma’noda – bu huquqning shakllari.
Huquqiy odat – huquqning eng qadimgi manbalaridan biri hisblanadi.
Huquqiy pretsedent – sud yoki ma’muriy organning yozma yoki og’zaki qarori bo‘lib, bu qaror kelgusida barcha shunga o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun asos bo‘ladigan namuna normadir.
Normativ-huquqiy hujjat – vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati hisoblanadi.
Normativ shartnomalar ham huquqning muhim manbasi hisoblanadi. Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq ijodkorlari o‘rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlardir. Normativ shartnomaning muhim turi bu – halqaro shartnoma hisoblanadi.
Huquqiy odat uzoq davr mobaynida amalda bo‘lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan hulq atvor qoidasidir. Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki uzoq davr mobaynida amalda bo‘lish natijasida odat tusiga kirib, kishilar ongida ko‘nikma bo‘lib qolgan hamda jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va davlat tomonidan ma’qullangan odatgina huquqiy odat bo‘lishi mumkin.
Huquq manbalarining oziga xos xususiyatlari nimalarda korinadi?

Download 26.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling