Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Download 29.16 Kb.
|
1 2
Bog'liqyerkadastr
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Aholi punktlarining turlari Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo‘linadi. Aholining soniga qarab shaharlar quyidagilarga bo‘linadi: eng yirik — aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat; yirik — aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat; katta — aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat; o‘rtacha — aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat bo‘lgan shaharlar. Aholining soniga qarab shaharchalar quyidagilarga bo‘linadi: katta — aholisining soni yigirma mingdan ortiq kishidan iborat; o‘rtacha — aholisining soni o‘n mingdan yigirma minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni o‘n minggacha kishidan iborat bo‘lgan shaharchalar. Aholining soniga qarab qishloqlar va ovullar quyidagilarga bo‘linadi: yirik — aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat; katta — aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat; o‘rtacha — aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni bir minggacha kishidan iborat bo‘lgan qishloqlar va ovullar. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishining tarkibiy qismlari O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat. Viloyatlar tumanlardan, shuningdek viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlardan, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardan iborat. Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar doirasida ham tumanlar tashkil qilinishi mumkin. Viloyatlarning ma’muriy-hududiy chegaralari doirasida respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar bo‘lishi mumkin. Toshkent shahri tumanlardan iborat. Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni tuzish va tugatish Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi Viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, viloyatlar tumanlarini, Toshkent shahar tumanlarini va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarini tuzish hamda tugatish Viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, viloyatlar tumanlarini, Toshkent shahar tumanlarini va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarini tuzish hamda tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining, Toshkent shahri tumanlariga nisbatan esa — Toshkent shahar hokimining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlarni va shaharlarda tumanlarni tuzish hamda tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlarni va shaharlarda tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi. Shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish Shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi YER FONDI 8-modda. Yer fondi toifalari O‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi: 1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo‘linadi; 2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar; 5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar; 6) o‘rmon fondi yerlari — o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar 7) suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8) zaxira yerlar Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi — yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni ko‘zlab foydalanishning qonunchilikda belgilangan tartibi va shartlaridir. Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi. Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno. Sug‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Yer fondining toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan qabul qilinadigan yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlarda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirmalarda, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi shartnomalarda, boshqa hujjatlarda, davlat yer kadastri hujjatlarida ko‘rsatiladi. Yerlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazishning belgilangan tartibini buzish bunday o‘tkazish faktlarini g‘ayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etishga asos bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi: yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish; Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilish; tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash; qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish; yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish; yer munosabatlarini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi: tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish; yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish; yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish; yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish. Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlarga ega qismidir. Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning o‘zida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi. Yer uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin. O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasi bo‘linadigan yer uchastkasi hisoblanadi. Foydalanish maqsadiga ko‘ra mustaqil yer uchastkalariga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan yer uchastkasi bo‘linmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi. davlat yer nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui; davlat kadastr nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui; yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismi; o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilmagan (realizatsiya qilinmagan), shu jumladan, berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari vakolatli organlar tomonidan naturada (joyning o‘zida) belgilanmagan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilmagan holda foydalanilgan yer uchastkasi; o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot; “E-YERNAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-YERNAZORAT” AAT) — erga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to‘plamini shakllantirish va ularni o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqish maqsadida elektron hujjatlar almashinuvi, shuningdek huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etishgacha bo‘lgan holatlarni kuzatib borish imkoniga ega bo‘lgan integratsiyalashtirilgan axborot tizimi. Quyidagilar davlat yer nazorati bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi: Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi huzuridagi Kadastr agentligi — yer toifasidan qat’i nazar, barcha turdagi yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlash, yer uchastkasi chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, yer uchastkasidan maqsadli foydalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha; Qishloq xo‘jaligi vazirligi — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha; Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) — yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar, oqova suvlar bilan ifloslanishi, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadidagi yerlardan, suv fondi yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organlarning mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur: davlat yer va kadastr nazorati amalga oshirilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatish; yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakilini yoxud jismoniy shaxsni davlat yer va kadastr nazorati maqsadi va uni amalga oshirish asoslari bilan tanishtirish; yuridik va jismoniy shaxsning huquq va majburiyatlarini tushuntirish; o‘tkazilgan davlat yer va kadastr nazorati natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirish hamda bir nusxasini yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga taqdim etish. Maxsus vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan davlat yer nazorati natijalari bo‘yicha quyidagilar ko‘rsatilgan holda kamida uch nusxada dalolatnoma tuzilishi kerak: nazorat tadbiri o‘tkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana; nazorat tadbiri o‘tkazish uchun asos; nazorat tadbirini o‘tkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning manzili va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR); davlat yer nazorati sohasida huquqbuzarlik sodir etilgan joyning aniq manzili, WGS-84 koordinatalar katalogi, holati va hajmi, shuningdek, yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining tegishli normasiga havola etilgan holdagi batafsil tavsifi; erga oid huquqbuzarlik oqibatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma. Dalolatnomaga maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxsi tomonidan yer nazorati tadbirida olingan fotosuratlar, videoyozuvlar va boshqa materiallar ilova qilinadi. Dalolatnomaning barcha nusxalari maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi hamda uning bir nusxasi yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydirib topshiriladi. geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) — axborotni qayd etish turi va usulidan qat’i nazar, geodeziya va kartografiya faoliyati amalga oshirilayotganda olingan geodeziya, nivelir, gravimetriya o‘lchovlarining, aerokosmik va kartografik tasvirlarning barcha yakuniy va oraliq natijalari; geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) ekspertizasi — geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning (ma’lumotlarning) geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishning texnik loyihalari (dasturlari) talablariga muvofiqligini aniqlash; geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi), Mudofaa vazirligi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) saqlovchi yuridik va jismoniy shaxslar; davlat geodeziya nazorati — geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui. Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur: davlat geodeziya nazorati amalga oshirilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga tekshirish o‘tkazish maxsus guvohnomasini ko‘rsatish; yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakilini yoxud jismoniy shaxsni davlat geodeziya nazorati maqsadi va uni amalga oshirish asoslari bilan tanishtirish; yuridik va jismoniy shaxsning huquq va majburiyatlarini tushuntirish; o‘tkazilgan davlat geodeziya nazorati natijalarini dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma) bilan rasmiylashtirish va bir nusxasini yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga taqdim etish. Maxsus vakolatli davlat organi mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Davlat geodeziya nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat geodeziya nazorati Kadastr agentligining quyidagi mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi: Kadastr agentligi direktori — geodeziya nazorati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori; Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari — geodeziya nazorati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektorining o‘rinbosari; Kadastr agentligining geodeziya nazoratiga mas’ul boshqarmasi boshlig‘i — geodeziya nazorati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining katta davlat inspektori; Kadastr agentligining geodeziya nazoratiga mas’ul boshqarmasi xodimlari — geodeziya nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari. Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirishda Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limi mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi bo‘lgan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar (“yo‘l xaritalari”) va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin. Nizom davlat organlari va tashkilotlarning, ular tarkibiy bo‘linmalarining maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek u yoki bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tartibini belgilaydi. Qoidalar biror-bir faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni belgilaydi. Yo‘riqnoma normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashning aniqlashtiruvchi jihatlarini belgilaydi. Reglament davlat organlari va tashkilotlarning ish tartibini, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. Strategiya mamlakat yoki muhim tarmoqlarni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning eng asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Konsepsiya u yoki bu sohadagi davlat siyosatining eng muhim ustuvorliklarini, maqsadlarini, asosiy yo‘nalishlarini, vazifalarini va amalga oshirilish mexanizmlarini belgilaydi. Doktrina O‘zbekiston Respublikasining u yoki bu sohadagi milliy manfaatlarini ta’minlash maqsadlari, vazifalari, prinsiplari va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Dastur (“Yo‘l xaritasi”) u yoki bu sohadagi davlat siyosatining maqsadlariga erishilishini ta’minlaydigan tadbirlar (vazifalar, amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va mas’ul ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar) va mexanizmlar tizimini belgilaydi. Download 29.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling