IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
58
Aholi joylashuvi, aholiga xizmat ko‗rsatish sohalarining hududiy tashkil etish
muammolari bilan nemis olimi
Valter Kristaller
shug‗ullangan. U 1930-yillarda
aholining hududiy tarqalishi va joylanishi masalalarini o‗rganib, o‗zining
―
Janubiy Germaniya markaziy o„rinlari
‖ nomli kitobini yozdi. Markaziy
o‗rinlar turli kattalikdagi shahar va boshqa aholi manzilgohlari bo‗lib, ular o‗ziga
xos ta‘sir doirasi, xizmat ko‗rsatish radiusiga ega. Ideal holatda har xil miqyosdagi
markaziy o‗rinlar geografik muhitda oltiburchak shaklga ega va ular asalarining
uyasini eslatadi.
Kristaller uchun ham hudud barcha sharoitlar bo‗yicha bir xil, ya‘ni tep-tekis,
aholi, aholi manzilgohlari, yo‗l va boshqalar bir xil joylashgan. Ana shunday ideal
manzaradan kelib chiqqan holda u o‗zining ilmiy g‗oyasini yaratdi. V.Kristaller
nomi bilan ―Markaziy o‗rinlar‖, iyerarxiya, shaharlar klassifikatsiyasi kabi
tushunchalar, aholiga xizmat ko‗rsatish sohalarini joylashtirishga oid ilmiy fikrlar
bog‗liq. Boshqa, yosh va iste‘dodli nemis olimi
Avgust Lyosh
o‗zidan oldingi
vatandoshlarining ilmiy ishlanmalarini umumlashtirib (u A.Veberning o‗quvchisi
edi), barcha xo‗jalik tarmoqlarini joylashtirish to‗g‗risida ish olib bordi. A.Lyosh
g‗oyalarining mohiyati uning maxsus kitobida (ruscha nomi ―Географическое
размещение хозяйства‖ – M., 1959) bayon etilgan. Kitobning asl nusxasi
qo‗lyozmasi 1940-yilda nashr qilingan.
A.Lyosh qishloq xo‗jaligining areal, maydon sifatida, sanoatning esa
nuqtasimon hududiy tashkil etish xususiyatlarini asoslab berdi. U birinchi bo‗lib
―bozor muhiti yoki makoni‖, ―
iqtisodiy landshaft
‖ (hozirgi kunda – iqtisodiy
rayon) tushunchalarini yaratdi va fanga kiritdi. Agar avvalgilar, xususan, I.Tyunen
va A.Veber alohida korxonani, tarmoqni o‗rgangan bo‗lishsa, A.Lyosh ishlari
barcha xo‗jalik sohalarini qamrab oldi va o‗z mohiyatiga ko‗ra mikroiqtisodiy
bozor munosabatlari, uning ta‘sir doirasi haqiqiy rayon tashkil qiluvchi omil
ekanligini ta‘kidladi, matematik usullarni keng qo‗lladi. Aynan ana shu
Do'stlaringiz bilan baham: |