«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
64 iqtisodiyot rivojlanishining hududdan hududga o‗tishi, bizning iboramizda ―geografik konveyr‖ yoki estafeta ko‗z oldimizga keladi. Xuddi shunga o‗xshash, hududiy-iqtisodiy rivojlanishning ketma-ketligini kuzatish mumkin. Shu o‗rinda I.Mechnikovning jahon sivilizatsiyasi bosqichlari va bunda buyuk tarixiy daryolarning roli haqidagi asarini ham e‘tibordan chetga qoldirmaslik kerak. Muallif jahon madaniyati va taraqqiyotida daryo (Misr, Xitoy, Hindiston), O„rta dengiz (Yunoniston, Rim) va okean (Angliya, Ispaniya, AQSh) sivilizatsiyalarini ajratadi. Ular bir vaqtning o‗zida emas, balki turli davrlarda, birining o‗rnini ikkinchisi olishi bilan yuzaga kelgan. Darhaqiqat, jahon taraqqiyoti Uzoq Sharq, Yaponiya va Xitoydan boshlanib, O‗rta va Yaqin Sharqqa, undan O‗rta dengiz va Pireney yarim oroliga, ulardan Angliya va, nihoyat, Amerikaga (AQSh)ga ko‗chdi. Hozirgi davrda tarixni, iqtisodiy-ijtimoiy hayotni rivojlantiruvchi mintaqalar AQSh – G‗arbiy Yevropa – Yaponiya hisoblanadi. Ayni vaqtda, yetakchi kuchning asta-sekin yana Sharqqa ko‗chishi alomatlari sezilmoqda. Ayni vaqtda, buni Yaponiya ta‘siri va boshchiligida yangi industrial mamlakatlar – Koreya Respublikasi, Singapur, Tayland, Malayziya, Indoneziya jadal sur‘atlar bilan rivojlanishida ko‗ramiz. Demak, bizning nazarimizda, iqtisodiy taraqqiyotning sikl xususiyatiga ega ekanligi faqat davr, vaqt doirasidagina emas, balki Yer shari, global geografik makonda ham sodir bo‗lmoqda. Bu esa, albatta, jahon xo‗jaligining rivojlanishi va uning hududiy tarkibiga ta‘sir qiladi. Shu bilan birga, mintaqa iqtisodchilari, iqtisodiy geograflar V.Leontyev va U.Izardlarning tarmoqlararo va hududlararo balansi hamda mintaqaviy iqtisodiyot fani to‗g‗risidagi ilmiy g‗oyalarini, Zipfa va Styuart, D.Fridman kabilarning shaharlar rivojlanishi, boshqa olimlarning ―dunyoviy shaharlar‖ haqidagi yangi ishlarini ham bilishlari lozim. Zero, ularning barchasi ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bevosita bog‗liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling