«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet6/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 


jamiyat taraqqiyotidagi turli davrlar xususiyati aniqlanmasa, ushbu fan o'z 

mohiyatini yo'qotadi). Zero, hamma joyda bor narsa geografiyada mutlaqo


bo'lmasligi kerak. Agar hamma joy bir rangda tekis, bir xil darajada bo'lganda edi, 
geografiyaning ham, qolaversa, jamiyat rivojlanishining ham o'zi bo'lmas edi.
Bizning ta'rifimiz kengayib ketmasligi, mumkin qadar qisqaroq bo'lishi 
uchun unga majmualar yoki komplekslar (tizimlar) g'oyasi kiritilmadi. Aslida esa
iqtisodiy va ijtimoiy geografiya o'zi o'rganayotgan voqelikni muayyan hududda va 
faqat alohida-alohida emas, balki o'zaro aloqadorlikda, ya'ni ma'lum bir hududiy
tizimlar doirasida ko'radi. 
Shu bois, yuqorida berilgan ta'rifni yanada mukammallashtirilsa bo'ladi,
ya'ni: «iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ishlab chiqarish kuchlarini turli mamlakat 
yoki rayonlarda rivojlanish va joylanish xususiyatlarini hamda inson hayot
faoliyati va yashash tarzini hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar yoki majmualar 
doirasida o'rganadi», deb ifodalash mumkin.
Albatta, har qanday fanning predmeti, ta'rifi uning asosiy tamoyillarini 
o'zida aks ettirishi shart. Chunki o'zining metodologiyasi va metodi, tadqiqot
predmeti va prinsiplariga ega bo'lmagan fan mustaqil fan hisoblana olmaydi. 
Demak, geografiya va, shu jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
fanining bosh tamoyillari nimalardan iborat? Fikrimizcha, bu yerda turli darajadagi 
asoslar mavjud, ularning ayrimlari faqat shu fanga tegishli bo'lsa, qolganlari
umumilmiy, falsafiy ahamiyatga ega. 
Shubhasiz, geografiya fanining eng birinchi tamoyili uning

hududiyligi
dir.

Zero, geografiyani hududiy munosabatlarsiz, makon tushunchasisiz tasavvur qilib


bo'lmaydi. Ammo, shu bilan birga, hududga o'ziga xos borliq sifatida turlicha 
yondoshiladi. Masalan, muhandislik (yersozlik) hamda rayon planirovkasida
ko'proq hududni tashkil etishga e'tibor beriladi. Bunda yer maydonining o‘zi 
ma‘lum maqsadlar uchun tayyorlanadi. Jumladan, uni barcha infrastruktura






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling