IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
510
Demografik vaziyat
– ma‘lum bir hududdagi tug‗ilish, o‗lim va
migratsiyaning yig‗indisi bo‗lib, aholining yosh-jins tarkibi va aholi dinamikasini
shakllantiradi.
Depopulyatsiya
– aholi sonining kamayib ketishi.
Davlat hududi
– muayyan davlatning suvereniteti ostidagi siyosiy makon
qismi.
Depressiya
[lot. ―depressio‖ – tushkunlik] – geografiyada keng ma‘noda yer
sirtining har qanday pasayishi, dengiz sathidan past yotuvchi botiqliklar,
tovoqsoylar.
Erkin iqtisodiy hudud
– investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantirish, resurslarni kam chiqindili va chiqindisiz qayta
ishlovchi yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro aloqa va
hamkorlikka ta‘sir o‗tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida soliqqa
tortish, valyuta, bojxona va shu kabi boshqarmalarni tartibga solishdagi alohida
tartib va shart-sharoitlar o‗rnatadigan huquqiy normalar yig‗indisi.
Etnos
– bir qator umumiy belgilari (tili va yashaydigan hududining
umumiyligi,
madaniyati
va
maishiy
hayotidagi
yaqinliklar,
tarixidagi
o‗xshashliklar, ba‘zan bitta davlatga mansubligi) mavjud bo‗lgan kishilar guruhi.
Investitsion muhit
– xo‗jalik obyektlarini shakllantirishda investi-tsion
sharoit yaratish.
Ichki migratsiya
– biror-bir mamlakat, viloyat yoki ma‘muriy hududiy birlik
ichida aholining bir joydan ikkinchi bir joyga ko‗chishi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning ekologik sarf-xarajatlari
– korxona-lar
atrofidagi muhit atmosferasiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqovalarni
oqizishni kamaytirish (texnologiyani mukammallashtirish, pirovard mahsulot
tarkibini o‗zgartirish, tozalash inshootlar qurish va h.k.)ga qaratilgan tadbirlarga
ajratiladigan xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |