Nosirova mardona
Download 470.19 Kb.
|
biznesni baxolash
Bajardi :Bank ishi fakulteti Bia -82 guruh talabasi NOSIROVA MARDONA Biznesning tovar sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat. Biznes – bu investitsiya tovari, ya’ni unga kelajakda foyda olish maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daromadlar vaqt bo‘yicha ajratilgan. Bunda kutilayotgan foydaning miqdori ma’lum emas, ya’ni ehtimoliy xususiyatga ega, Shuning uchun sarmoyador ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik xatarini hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. Agar bo‘lajak daromadlar ularni olish vaqtini hisobga olgan holda investitsiya tovarini xarid qilish xarajatlaridan kam bo‘lsa, u investitsiyaviy jozibadorligini yo‘qotadi. Biznes tovar sifatida biznesga bo‘lgan ehtiyoj tovarning ichida ham, tashqi muhitida ham kechadigan jarayonlarga bog‘liq. Bunda, bir tomondan, jamiyatdagi beqarorlik kichik biznesni ham beqarorlikka olib keladi, Ikkinchi tomondan, biznesning beqarorligi jamiyatning o‘zidagi beqarorlikning yanada o‘sishiga olib keladi. Bunday biznesning tovar sifatidagi yana bir hususiyati – uning fuqarolik-huquqiy muomalasini tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqadi. Biznes - tovar sifatida tegishli bozorlar va ularning infratuzilmasini rivojlantirish zaruratini shart qilib qo‘yadi. Bunda ushbu tovar butunligicha ham, uning alohida qismlari bilan ham sotilishi mumkin, bu kichik biznesni ko‘char va ko‘chmas mulk bozorlariga ham, kapital bozorlariga ham jalb etish imkoniyatini nazarda tutadi. Biznes qiymatini baholashning mazmun – mohiyatini va baholash faoliyatining asosiy tushunchalarini ochib bering. Korxonaning bozor qiymatini aniqlash oldi-sotdi operatsiyalari bilan tugamaydi. Aksiyalashtirish, yangi aksiyadorlarni jalb etish va qo’shimcha aksiyalarni chiqarish, mol-mulkni sug’urtalash, mulkni garovga qo’yib kredit olish, soliqlarni hisoblash, meros qilish huquqidan foydalanish va boshq hollarda korxona biznesini baholashga nisbatan ehtiyoj ortadi. Download 470.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling