II bob bo’yicha xulosalar
Ushbu bobda Eclipse hamda ADTni o’rnatish hamda sozlash jarayoni ko’rib chiqildi.
Dasturning ko’pgina qismlarida tushunarli bo’lishi uchun kommentariylar qo’yib ketildi.
Natija xatolik beradigan holatning oldi olindi va ekranda foydalanuvchi tushunadigan tilda xabar chiqaruvchi kod yozildi.
Android operatsion tizimida ishlovchi dars jadvali yaratildi.
XOTIMA
Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida Android operatsion tizimining ishlash jarayonlari o’rganildi:
– Android operatsion tizimi haqida nazariy ma’lumotlar o’rganildi;
– ushbu OTga bog’liq bo’lgan barcha ma’lumotlar turli tillardan o’zbek tiliga tarjima qilindi;
– Android OT haqidagi adabiyotlar ko’zdan kechirildi;
– *.apk kengaytmali fayllar, ularning ishlash tartibi aniqlandi;
– Google Market internet magazinidagi dasturlar o’rganildi;
– Eclipse SDK va Android SDK dasturlash muhitlari haqida ma’lumotlar to’plandi;
– ularning o’rnatilish, sozlash jarayonlari haqidagi ma’lumotlar tizimlashtirildi;
– Android OT uchun dasturiy ta’minot yaratish bosqichlari o’rganildi;
– Java tilida Android OT da ishlaydigan dars jadvali dasturi tuzildi;
– Tuzilgan dastur va jamlangan bilimlar asosida foydalanuvchilarga kerakli tavsiyalar va xulosalar berildi.
Yaratilgan dasturni har bir o’qituvchi, talaba yoki boshqa soha vakillari o’z ish sohalariga moslab dastur imkoniyatlarini kengaytirishlari va Google Play loyihasiga yuklab barchaga tavsiya etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |