Нотам umurov adabiyotshunoslik
hayo tda pokdomon bo‘lish, adolat uchun jon fido qilish, el-yurt qayg‘usi bilan
Download 20.6 Kb. Pdf ko'rish
|
hayo tda pokdomon bo‘lish, adolat uchun jon fido qilish, el-yurt qayg‘usi bilan yashash, sadoqatli muhabbat nuridan bahramand bo‘lishdir. «Ibrohim Adham qissasi», «Amiri Axtam qissasi», «Bobo Ravshan qis sasi», «Qissasi Rabg‘uziy» ( Nosiruddin Burhonuddin Rabguziy), «Hazrati Ali haqida o‘n to‘rt qissa» kabi xalq kitoblari nomi bilan chop qilingan asarlar (ular ko‘pincha to‘y-hashamlarda, choyxonalarda, maxsus yig‘inlarda — qissaxonlik kechalarida qissaxonlar tomonidan o‘qilgan) qissa janrining namunalaridir. Jumladan, «Hazrati Ali haqidagi o‘n to‘rt qissa» da ham Hazrati Alining Allohga qo‘ygan ishqi va shu ishq yoMida ko‘rsatgan qahramonliklari (masa lan, Ajdarning halok etilishi, Maqsura otlig‘ kofiming yuz yigirma ming qo‘shinining o‘ldirilishi va hokazo) keng hikoya qilinadi. Qissada epik tas vir g'oyatda mubolag‘a tarzda, folklorga xos ohang va sodda til bilan bayon qilinadi, romantik tasvir yetakchilik qiladi. Povest (ruscha so‘z, ma’nosi hikoya, rivoyat qilish demakdir)ning asosiy belgisi, unda «Hayotiy qamrovning romanga nisbatan torligi, hikoyaga nis batan kengligi; shunga muvofiq syujet va kompozitsiyaning ham romanga nisbatan soddaligi, hikoyaga nisbatan murakkabligi hisoblanadi» ( N.Hotamov, B.Sarimsoqov, 235-bet). «Romanda olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi» boMishi shart boMsa, bu hodisaning bir qismi(parchasi)ning bir-ikki qahra mon taqdiri misolida yechilishi povest uchun yetarlidir. Faqatgina hayotiy voqealar tasviridan katta umumlashmalar chiqarish, muayyan davr hayot tarzidan insonparvarlik falsafasini yorqin e’zozlash pafos darajasiga ko‘tarilishi kerak. Shu sababli V.G.Belinskiy: «Povest ham ayni romanning o‘zginasidir, faqat kichik hajmdadir, asarning hajmi mazmunning hajmi va mohiyatiga qarab belgilanadi», — degan edi «Poeziyaning xil va turlarga boMinishi» maqolasida. Povestda syujet ham, konflikt ham, kompozitsiya va boshqa unsurlar ham qissaga nisbatan ixchamroq bo‘ladi, tezroq suratda rivojlanadi, realizm yetakchilik qiladi va chuqurroq ifodasini topadi. Asardagi asosiy persona- jlaming hayotlarida yuz bergan bir qator tipik voqealar siqiq tarzda, ko‘pincha bitta yetakchi syujet yo‘nalishiga asoslangan holda yoritiladi. Jumladan, G‘.G‘ulomning «Yodgor» povestida Jo‘ra xarakterining shakllanishi bilan bogiiq voqealar tasvirlanadi, barcha voqealar, Yodgor, Saodat, Mehrixon, Abdug‘ani, Obid, Umar aka kabi obrazlar qahramon Jo‘ra xarakterining tipik xususiyatlarini ochishga, asardagi insoniylik g‘oyasini bo'rttirib ko‘rsatishga bo'ysinadi. G‘afur G‘ulomning «Shum bola», S.Ayniyning «Sudxo‘rning o‘limi», A.Qahhorning «Sinchalak», 0 ‘.Hoshimovning «Dunyoning ishlari», Ne’mat Aminovning «Bir asr hikoyati» povest janrin- ing yetuk namunalari sanaladi. Poema (yun. poiema — ijod) da hayot va odamlar qalbi epik (voqea) va lirik (kechinma, tuyg‘ular,> tarzida kashf etiladi. To‘g‘rirog‘i, poemada epika va lirika birlashgan holda, yaxlit liro-epik oqimni vujudga keltirib, hayotiy voqea-hodisalaming va qahramon xarakteridagi kuchning ruhi (qalbi)ni ochadi, tahlil qiladi, hayajonli ifodalaydi. «Qisqasi, poema qalb qo‘shig‘i, undagi lirik element ham, epik element ham poeziya, qo‘shiq darajasiga ko‘tarilgan bo‘lmog‘i lozim... Poemada voqea, dramatizm asosan qahramon qalbi orqa li o‘tadi. Poemada kitobxonni voqealarning izchil tasviri emas, balki vo qealar tufayli qahramon qalbida tug‘ilgan psixik kechinmalar — dramalar, o'ylar, tuyg‘ular tasviri qiziqtiradi»1. Lekin, bu poemada epik tasvir ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi, degani emas. Balki qahramon qalbidagi cheksiz o‘ylar, behisob tuyg‘ular dramatizmining haqqoniyligini, samimiyligini, boshqacha bo‘lishi mumkin emasligini asoslovchi, keltirib chiqaruvchi, rivo- jlantiruvchi omildir. Ana shu xislati bilan u epik turning «qo‘shig‘i»dir. Poema — lirik, epik, liro-epik, dramatik bo‘lishidan qat’i nazar, ular ning barchasida hayot (davr)ning epik qiyofasi shoir shaxsiyati (to‘g‘rirog‘i, lirik qahramon) qalbi orqali ochiladi; voqea hukmronlik qiladi, uning huk- miga asosan qalb qo‘shig‘ini kuylaydi. Lekin bu qo‘shiq doston janriga nisbatan ixcham, anchayin kichik, ayni paytda, o‘ta real, o‘ta lirikdir. «Zaynab va Omon» (Hamid Olimjon), «Toshkentnoma» (Maqsud Shayx- zoda), «Surat» (Mirtemir), «Ruhlarisyoni» (Erkin Vohidov), «Jannatga yo‘l» {Abdulla Oripov), «Xalil Sulton» ( Usmon Azim)kab\ barkamol asarlar poema janrining barcha hislatu fazilatlarini, mumtoz xususiyatlarini o‘zida jam etganlar. 1 Normatov U. Janr imkoniyatlari. Т.: Gkafur G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1970, 14-17-betlar. Ballada (gr. balare co‘zidan fir. baler co‘zi kelib chiqqan, ma’nosi: 1) «tovushga taqlid qilish, masalan, ma ’rash»; 2) «raqs tushish») janridagi bosh xislat — kutilmagan syujet (voqea)ning kutilmagan final (xotima) bilan tu- gashiga, qahramon qalb kechinmalari va ruhiyatining dramatik izhoriga bag‘ishlangan asardir; to‘g‘rirog‘i, undagi bu ikki (epik va lirik) holat — davr va qalb dramasi kashfi birlashib, qalb faryodi izhoriga aylanganda ballada tug‘iladi. Unda epik tasvir (yetakchi) va lirik tasvir (ichki tug‘yon; ikkilam- chi) nisbati buzilmasligi, lirizm voqeaning ichida yashashi lozimligi shart. Bu epik turning bosh qonuniyatdir. Jumladan, «Jangchi Tursun» (H. Olimjon) balladasida Tursun «jon shi rin» ko‘ringanidan «qochmoqni xayol» qilib turganida, kutilmaganda onasi- dan xat oladi. Shu voqea tufayli asar boshida kutilgan voqea («qochish») fashistlardan Vatanni ozod etish yo‘lida jon berish bilan tugaydi, ya’ni asar xotimasi kutilmagan final bilan yakunlanadi. Ana shu jarayonda qattiq qo‘rquv ichida turgan Tursunning qalbida onaning faryodi tufayli o‘zgarish yuz be radi, hayot mohiyatini, umr mazmunini chuqur anglaydi va ona, ona-Vatan ozodligi uchun ayovsiz jangga kiradi: «qochoq»lik «qahramon»lik bilan al- mashinadi. Balladada «muhim narsa voqea emas, u uyg‘otgan sezgidir, o‘quvchiga u bergan o‘ydir» (V.G.Belinskiy, 191-bet), saboqdir. «Jangchi Tursun»da bu quyidagicha ifodasini topgandir: ...Erkalanib yotadi U Vatan tuprog' ida. Yosh bola yotganiday Onaning quchoglida. «Ballada syujetini harakatga keltiruvchi kuch lirizm va dramatizmdir... Keskin dramatizmsiz va kuchli lirizmsiz balladaning bo‘lishi aslo mumkin emas. Keskin dramatik tuyg‘ular, tug‘yonlar mahsuli bo‘lgan balladada toiiq bir voqeani boshidan to oxirigacha tasvirlab berish shart emas. Unda ko‘pincha inson hayotida kutilmaganda, tasodifan ro‘y bergan, uning taqdirini hal etadigan, hayotida burilish yasay oladigan dramatik mazmundagi epizodlar tanlanib, ular nihoyatda tarang holatda, avj nuqtada, eng keskin va shiddatli, baland ruh va yorqin bo'yoqlarda, dialogik formada bayon etiladi. Balladada ko‘pincha bir yoki ikki asosiy qahramon bayon markaziga qo‘yiladi. Bu qahramonlarning irodasi o'zining eng yorqin namoyon boigan paytida, faoliyati eng keskin joyida, xarakter xususiyatlari charaqlab ko‘ringan mo- mentlarda ko‘rsatiladi»'. Masal (ar. namuna) voqelikni allegorik (kinoyaviy) va simvolik (ramziy) obrazlar yordamida ifodalovchi, real turmush va odamlaming ko‘rinishlari, xarakter qirralarini kinoya, kesatish, kulgu, g‘azab kabi xususiyatlar vositasida ochuvchi, «qissadan hissa» epik janrdir. U masal — hikoya, masal — ertak, masal — feleton, masal — pamflet, masal — epigramma kabi ko'rinishlarga ega bo‘lishidan qat’i nazar, voqelikdagi barcha hodisalaming mohiyatini chuqui ochishga, ochganda ham axloqiy didaktik saboq va xulosalari, o‘git va nasi- hatlari bilan insonni poklikka, ezgulikka yetaklashga qodirdir. Masal janrining asoschisi Ezop bo‘lgani sabab, u «Егор» nomi bilan ham yuritiladi: masal tili — Ezop tili kabi. Ezopdan so‘ng bu janrni Lafont- en (fransuz), Krilov (rus), Gulxaniy (o‘zbek)lar yangi bosqichga ko‘tardilar. Masal, ko‘pincha, voqelik va odamlar to‘g‘risidagi haqiqatni ochiqchasiga aytishning imkoniyati yo‘q paytlar ko‘plab yaratiladi va ramzli tarzda (par- dali qilib) bu haqiqatlarga ishora etiladi. Obrazlilikning bu ko‘rinishi inson qalbini «jarohatlamaydi», balki undan olinadigan hissaning oson «hazm qilinishi»ni ta’minlaydi, ya’ni ko‘ngil xira tortmaydi, balki u haqiqat (syujet)ning qiziqarliligidan oson qabul qilganini «sezmay» qoladi. Jumla dan, I.A.Krilovning «Xo‘roz va inju donasi» masali ana shunday asardir: Xo‘roz hadeb golng titkilar edi, Topib oldi-ku bir dona inju. O'zicha dedi: «Nega kerak bu? Qanday bema ’ni, foydasiz buyum, Bekor titibman go'ttg uyum-uyum. Tentaklar borki, buni suyushar, Hattoki qimmatbaho qo'yishar. Menga nima, bu — nimaga darker? Topib olsaydim bir dona arpa, Hech bo'lmas edim bunchalik xafa. To'g'ri, arpada inju ko‘rkiyo'q, Lekin, jig‘ildon bir oz bo''lar to'q.» Nodonlar borki, tentak xo‘rozday fik r qiladi. Yerga uradi asl buyumning qadrini bilmay. Go‘zallikning asl mohiyatini tushunmay, uni faqat o‘z nafsi, manfaati nuqtai nazaridan oichaydigan farosatsiz insonlar Xo‘roz obrazi vositasida g‘oyatda kuchli piching (kesatiq) orqali fosh qilinmoqdaki, aslning, oda- miylikning qadri balandligi, unga yetishish nodonlarning qo‘lidan kelmasli- gi baralla uqdirilmoqda. Nodonlikdan, tentaklikdan forig‘lik(qutulish)ka cha- qirmoqda. Latifa (ar. nozik, yoqimli, zarif) xalqning o‘tkir mushohadasi asosiga qurilgan yoqimli va nozik kulguli eng kichik va nodir «hikoya» («zarifa», «ajiba») sidir. Unda eng qisqa shakldagi qiziq voqeaning bir epizodi nasriy yo‘lda kulguli qilib aytiladi, epizod qiziqarli umumlashmaga, muhim fikrga, yorqin ifodaga boy bo'ladi. Bu xususiyati topqirlik va mahorat bilan yaratil gan bo‘lsa, kishi xotirasida uzoq saqlanadi. Ayni paytda, ular og‘izdan og‘izga tez o'tib, yanada sayqallashadi. Latifaning eng muhim xususiyatlaridan yana biri undagi konfliktning ikki (ijobiy va salbiy) qutbliligidir, uning yorqin, bo‘rtib ko‘rinishidir; «boshqacha boiishi mumkin», degan tushunchaga o‘rin qoldirmasligidadir. Latifa hamisha hayot bilan aloqadorlikda tug‘iladi. Har bir davrning, qavmning, millatning salbiy illatlari ayovsiz fosh etiladi, poraxo‘rlik, lo'ttibozlik, mansabparastlik, maishatbozlik, eskilik, go‘llik, laqmalik, kalta- fahmlik, farosatsizlik, ziqnalik, xasislik, uquvsizlik, dangasalik kabi kamchi- lik va nuqsonlar ustidan achchiq kulgu qo‘zg‘otadi. Uning yaqqol misolini gabrovoliklar (Bo‘lg‘oriya), shildaliklar (Olmoniya), qazvinliklar (Eron), shirinilar (Buxoro), oltiariqliklar (Farg‘ona), xonqaliklar (Xorazm) latifalarida yaqqol ko‘rish mumkin. «Ziqna Shirini ко" к choy ichib, ishkomning soyasida yonboshlab yotgan edi, kimdir radiodan aytib qoldiki, har qaysi atom bombaning qiymati bir necha million so'm turadi! — E-e xudo! — deb yubordi Shirini falakka ko'z tikkancha. — Axir seni saxovatli deydilar-ku! Agar shunday bo'lsa, chindan bor bo'lsang, bir hikmat qil: shu bombaning aslidan bizning chorboqqayam bittagina tashla, shunda кип ко'rib, odamga o'xshab yashay!» (Oxunjon Safarov. Shirinqishloq lati- falari. «Buxoro» nashriyoti. 1994, 56-bet). Latifaning eng kichik ko‘rinishi matbuotda «xanda»lar nomi bilan yuri tiladi. Xandalar biron-bir epizodning «qaymog‘ini» — mohiyatini birdaniga kulminatsion cho‘qqiga chiqaradi va dialogik nutq vositasida uni kulgili tarzda yechimga olib keladi. Jumladan, «Folbin mijoziga fol ochayapti. — Ellik yoshgacha pulsizlikdan qiynalasan. — Keyin-chi? — Keyinmi?.. Ко nikib ketasan». Hikoya (ar. so‘z, ma’nosi: 1. Biror narsaning og'zaki bayoni, tafsiloli; 2, Nasriy у o'I bilan yozilgan kichikroq badiiy asarj — Izzat Sultonning asosli ta’kidlashicha, latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni, ko‘pincha kishi hayoti da boMgan bir epizodni tasvirlaydi. Darvoqe, u «... minglab boMaklarga boMingan romandir... kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod... shunday voqea va hodisani tanlab oladi va o‘zining tor ramkasida ifoda etadi» ( V.G.Belinskiyj. Hikoyanng eng ixcham ko‘rinishi novella (ital. no vella — yangilik) deb yuritiladi. «Xarakterning muayyan vaziyatdagi holati voqeaning keskin burilish nuqtasida, dinamik syujet, kuchli dramatizm, ku tilmagan yechim asosida ko‘rsatish — hikoya (novella) uchun eng xarakterli xususiyatdir» ( T.Boboyev ). Abdulla Qahhoming «Anor», «Bemor», «0‘g‘ri» kabi asarlari hikoya janri talablariga toMiq javob berishi bois, ular mumtoz hikoyalar sanaladi. Ularda kitobxon uchun yangilik boMa oladigan turmush voqealari realistik va qiziqarli tasvirlangan. Novella janri inson hayotining tipik bir lahzasini tasvirlagani uchun, shu lahzani shunchalik yorqin ifodalashi kerakki, unda hamma so‘zlai badiiy «yuk» tashishi, «so‘z isrofgarchiligiga sabab boMadigan ortiqcha de tallar ham boMmasligi» lozim. Bu haqiqatni so‘z san’atining buyuk ustasi Abdulla Qodiriy «0‘qish-o‘rganish» maqolasida A.P.Chexovning «Chi- novnikning oMimi» nomli g‘oyatda siqiq, quyuq yozilgan hikoyasi misoli da asoslaydi. U yozadi: «Hikoyani «ser suv» qiladigan narsalardan biri ko‘rsatish o‘rniga so‘zlat berishdir. Agar Ochumilovning «buqalamun» ekanini uning so‘zlari orqali ko'rsatilmasa, muallif tomonidan ta’riflansa, dunyo-dunyo so‘z ketar edi. Chexov buni aytib bermasdan, Ochumilovning o‘z so‘zi bilan ko‘rsatadi. Ochumilovning dastlabki fikri: — Itni o'ldirish kerak, quturgan bo'Isa ham ajab emas. It generalga qarashli, deyilgandan keyin: — It nozik, sen ho'кizday. bo'yingni qara! Yana it generalniki emas, deyilgandan keyin: — Generalning itlari qimmatbaho narsa lar edi. Bu bo'Isa, egasiz dayd, itga o'xshaydi. Epaqalik yungi ham yo'q. Shunday bema ’ni itni ham saqlay- dimi kishi! Yana, it generalniki, deyilgandan keyin: — Balki qimmatbaho zotli itdir. Oshpaz, it generalniki emas, degandan keyin: — Bu egasiz daydi it. It generalning akasiga qarashli ekani ma’lum bolganda: — Yaxshigina it ko'rinadi. 0 ‘lguncha yugurdak ko'rinadi. Bu dialoglarga muallifning hech qanday izohi kerak emas. Bu dialoglar ham voqeani siljitadi, ham hikoya qahramoni Ochumilovni xarakterlaydi... «Buqalamun» hikoyasining biron so‘zini chiqarib tashlash yoki biron so‘zni qo‘shish mumkin bo‘lmaganligi, so‘zga naqadar diqqat qilganligini ko‘rsatadi»'. E. Epik turning maxsus janrlari Ko‘pincha xat, ocherk, feleton janrlari badiiy publitsistika deb yuritiladi. «Badiiy publitsistika gazeta janrlariga xos aktuallik, operativlikni o‘ziga singdir- gan eng hoziijavob janr... u mantiqiy muhokama va obrazlar bilan ish ko‘ruvchi... fikr poeziyasidir» ( Ochil Tog'ayev) deb baholanadi. Bu asosning mag‘zida ham haqiqat bor... Lekin ularning barchasi ham ana shu maxsus xususiyatlariga qaramay, epik turning «farzandlari» sanaladi. Ocherk (rus. chertit, ocherchivat — chizmoq, bayon qilmoq, tasvirlamoq) hayotda yuz bergan muayyan voqea-hodisaning asosiy xususiyatlarini yoki kishilar xarakteridagi muhim belgilarni qisqa, ixcham, yaxlit tasvirlovchi badiiy publitsistik janrdir. Ochil Tog‘ayevning fikricha, «badiiy adabiyotga xos belletristik va gazeta janrlariga xos publitsistik xususiyatlarning uzviy birligi ocherkning muhim janr xususiyatini belgilaydi»2, ya’ni bir vaqtning o‘zida ocherkda hayotning badiiy manzarasi, voqea, qahramon taqdiri yara- tiladi va ijtimoiy jihatdan keng, mufassal izohlanadi. Ocherklar manzilli va manzilsiz bo‘ladi. Manzilsiz «ocherkda hujjatlilik faqat unda aks ettirilgan ijtimoiy hodisalardir, boshqa 0‘rinlarda xuddi o‘zga janrlarda bo‘lgani kabi avtorning qo‘li erkindir. Bunda aniq adresni ko‘rsatmasdan asarga to‘qima personajlar kiritish, badiiy to‘qima va umum- lashtirishdan keng foydalanish mumkin» ( V. Ovechkin ). Manzilli (hujjatli) ocherklarda esa «yozuvchi, avtor shunday shaxs yoki hayot parchasini tanlab olsinki, u voqelik uchun tipik bo‘lsin» (V.Solouxin). Ayni paytda, badiiy to‘qima faktning hujjatlilik xususiyatini ko‘mib yubormasligi, balki uni qaba- riqli tarzda ochishi lozim; bu hamma vaqt hayotiy faktga asoslanishi shart. 1 Abdulla Qodiriy. Kichik asarlar. Т.: G‘afur G ‘ulom nomidagi Badiiy adabiyot nashriyoti, 1969, 201-202-betlar. 2 Tog‘ayev O. Publitsistika janrlari. Т.: « 0 ‘qituvchi», 1976, 62-bet. Ochil Tog'ayev ocherkning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini jamlab, uning uch xili (1. Portret ocherk. 2. Safarnoma (yo‘l ocherki). 3. Muammo ocherk) mashhurligini ta’kidlaydi. Uningcha, portret ocherkda asosan bir kishining hayoti, taqdiri markaziy o‘rin tutadi (93-bet). Muallifning qishloq- lar, shaharlar va mamlakatlararo safar paytida yig‘ilgan mushohada va mu- lohazalari, o‘rgangan va eshitganlarining badiiy publitsistik tasviriga safamo- ma (yo‘l ocherki) deyiladi (99-bet). Muhim siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy muammolar: a) kishilar obrazlari, b) obrazli publitsistik vositalar orqali maxsus tadqiq etilgan ocherklar muammo ocherk deb ataladi (105-bet). XX asr o'zbek adabiyotining bu janriga Abdulla Qodiriy, Hamid Olim jon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Nazir Safarov, Sunnatilla Anorboyev kabi yozuvchilar salmoqli hissa qo‘shdilar. Feleton (ital. feuilleton — varaqa) ko'pincha hayotda haqiqatdan mavjud bo‘lgan illatlarni, shu illatlami o‘zida tashuvchi aniq kishilarning qusur- larini tadqiq etuvchi, uning ijtimoiy mohiyatini yorqin fosh etuvchi satirik janrdir. Darvoqe, D.Zaslavskiy aytgan gap (1959, 10-son, str.24) judayam asos- lidir: «Feletonning faktik jihati g'oyat aniq bo‘lishi lozim. Faktni to'qishingiz ham, unga har narsa to‘qib qo‘shishingiz ham mumkin emas. Feletonning adabiy jihati esa, feletonchining ishidir, uning mahorati, badiiy didi, g'oyaviy saviyasiga bog‘liqdir». Ushbu mulohazadan ko‘rinadiki, hayotdagi har qanday ikir-chikirlar, yengil-elpi voqealar emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan, rivojlanish- ga to'siq bo‘layotgan muayyan (manzilli) kamchilik va illatlaming ildizi, sabablari, mohiyati chuqur tadqiq va tahlil qilinadi. Shundan so‘,ng «pish gan» material adabiy jihatdan ishlanadi: mazmunga mos shakl ixtiro etiladi, qiyoslash yoki tadrijiy ketma-ket bayon qlTish, tipiklashtirish, badiiy to‘qima bilan boyitish va hokazo usullar ishga tushadi. Natijada hujjatli yoki adabiy feletonning yuragi boMgan satirik obraz butun bo‘yi-basti, toMaqonli xarak- teri bilan namoyon boMadi. A.Qahhoming «Ig‘vogar», «Quyushqon», «Рога», Said Ahmadning «Kolbasa qori» , X.To‘xtaboyevning «Muzeydagi besh su- rat», «Gipnoz» asarlari shular jumlasidandir. Xotira (arabcha so‘z bo'lib. ma’nosi: 1) xotir. 2) Biror kimsa yoki narsa haqida yodda, esda saqlangan taassurot. 3) ism) ham hujjatli janr. U ko‘rgan kechirganlami shunchaki aytib (yozib) berishdan iborat emas, balki u muhim bir voqeaning yaxlit va ta’sirchan tasviridan iborat boMishi lozim. Ko‘pincha, Download 20.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling