Нотам umurov adabiyotshunoslik


tayin  etadi,  asardagi  yaxshi  yoki  yom onni  o ‘zi  ajratadi


Download 20.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana09.02.2017
Hajmi20.6 Kb.
#152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28

tayin  etadi,  asardagi  yaxshi  yoki  yom onni  o ‘zi  ajratadi.
Agar asardagi  o ‘z - o ‘zidan  rivojlanuvchi  hayotga  yozuvchi  aralashsa,  o ‘z 
nomidan  tushuntirishlar  bera  boshlasa,  ichki  sabab  natijasida  «mustaqil» 
harakat qiluvchi  bu  hayotning kitobxonga ta’siri juda pasayib ketadi.  Chunki 
biz obraz  hatti-harakati,  psixologiyasini  ko'rmasdan,  avtoming o ‘zini,  uning 
munosabatini  ko‘ramizki,  bu  salbiy  reaksiya  uyg‘otadi,  badiiy  asar  m a’lum 
darajada tarixiy-adabiy xarakterdagi  hujjatga yoki  qahramon  haqidagi quruq

axborotga o ‘xshab qoladi.  Bunday  paytda  hayot  haqida hayotning o ‘zi,  per­
sonaj  haqida  personajning o ‘zi gapirmaydi.  U  muayyan darajada bilim im iz- 
ni  boyitadi,  qahramon  hatti-harakatlari  va  holatlarini,  taqdirini  tushu- 
nishimizga  yordam beradi,  lekin  hech  qanday  estetik  tuyg'u  uyg‘otmaydi.
« 0 ‘tkan  kunlar»  romanida  Kumush  vafotidan  so‘nggi  voqealarni  tasvir- 
lash  borasida yozuvchi  Zaynab taqdiri  haqida yozadi:
«Kumushning  yaqinlarigina  emas,  balki  fojiadan  xabardor  b o‘lgan  sha- 
harning katta-kichigi  Zaynabga beriladigan jazoni  erta-kech  kutmoqda edi- 
lar.  Biroq,  fojianing o ‘ninchi  kunlarida  Zaynabning jinni  bo'lib,  ochiq  ko‘yi 
ko'chada  yurgan  xabari  va  og‘asi  tom onidan  ushlanib  kishanga  solingan 
mojarosi  eshitildi.  Zaynabning  jununi  qozilar  va  tabiblar  tarafidan  ham 
tasdiq  etilgach,  uning  ustidagi  jazo  ko‘tarildi.  Darhaqiqat,  aqldan  ozib 
ko‘chalarda  ochiq  kezish  va  kishanga  tushishning  o ‘zi  ham  Zaynab  uchun 
kichkina jazo  hisoblanmas  edi»1.
Ushbu  axborot  — o ‘z  kundoshini  zaharlagan  Zaynabning taqdiri,  fojiasi 
haqida  kitobxonga  m a’lumot  bersa-da,  lekin  uning  asarga  b o ‘lgan  maf- 
tunkorligi  hissini  y o ‘qqa  chiqaradi.  Avtorning  o ‘z  qahramoni  taqdiriga 
bevosita  singishib  ketm asdan,  aralashuvi  («Darhaqiqat,  aqldan  ozib 
ko‘chalarda  ochiq  kezish  va  kishanga tushishning o ‘zi  ham  Zaynab  uchun 
kichkina jazo  hisoblanmas  edi,  —  deb  Zaynabga  o ‘z  munosabatini  ochiq 
bildirishi)  Zaynabning  o ‘z  taqdiri  haqida  o ‘zi  gapirishiga  imkon  berma- 
gan.  Natijada,  kitobxonning bu xabardan  ko‘ngli to'lmaydi, Zaynabga bo‘lgan 
qiziqish  hissi  qoniqmaydi.
Buni A.Qodiriy ham sezadi. Asarning «Xotima»sida Zaynab ichki dunyosi- 
ning,  xarakter  mantiqining  rivojini  to ‘g‘ri  belgilaydi.  Zaynab  o'z  hayoti 
bilan yashaydi,  o'zining qanday holga tushganligini  o ‘zi  fosh etadi. A.Qodiriy 
o ‘zini  Zaynab obrazidan tamoman  ajratadi, chetdan,  uzoqroqdan turib  razm 
soladi.  Obraz va avtor obyektivlashadi:
«...Kecha  oydin,  qabriston  tip-tinch,  uzoqroqdan  qur’on  tovushi  eshiti- 
lar edi.  Ikki  tup  chinor  butoqlarida  q o ‘nib  o ‘tirgan  u ch -to‘rtta  boyqushlar, 
qabr yoniga tizlangan  Otabek va yuqori,  quyi d o‘mbaygan qabrlar bu tilovat- 
ga  som i’  kabi  edilar.  Qur’on  oyatlari  qabriston  ichida  og‘ir  ohangda  oqar 
edi.  Qabr yoniga  tiz  cho'kkan  yigitning  k o‘z  yoshlari  ham  Qur’on  oyatlari- 
ga  q o‘shilib  oqar  edi.  Biror  soatdan  keyin  tilovat  to'xtaldi.  Otabek  holsiz- 
lanib  oyoq  uzra  turdi  va  orqasidagi  yarim  yalang'och  ko‘lagani  ko‘rib,  bir 
necha qadam  qabr tomonga tislandi...

Ko'laga  yalingansimon  unga  yaqin  yurib  keldi...
—  Kim  bu?
—  Men  Kumush!..
Otabek  tovush  egasini  tanidi.  Bu  majnuna  Zaynab  edi.
—  Ket  mundan!
—  Men  Kumush!..  —  dedi  yana  Zaynab,  ammo  ketmay  iloji  qolmadi. 
Zeroki, dunyodagi eng yaqin kishisi  «ket!» amrini bergan edi.  Zaynab orqasiga 
qaray-qaray Otabekdan  uzoqlashdi.  Otabek qaytib  unga qaramadi,  qabr yo­
niga tiz  ch o‘kdi»'.
Ushbu  misoldan  va  yuqoridagi  fikrlarimizdan  yaqqol  aniq  bo‘layaptiki, 
avtoming tasvirlangan  hayotga,  obrazga «zo‘rlik»  qilishi — aralashuvi  realis­
tik  san’atga  ziyon  yetkazadi.  Shunday  ekan,  ko‘pgina  asarlarda  («Yevgeniy 
Onegin»,  «Zaynab  va  Omon»,  «Bo‘rondan  kuchli»,  «Qudratli  to‘lqin»  va 
sh.k.)  avtorlaming bevosita aralashuviga duch kelamiz.  Lekin biz bu asarda­
gi  «avtor  chekinishlarini»  —  lirik  chekinishlami  ko'plab  uchratsak  ham, 
ularning badiiy qudrati,  emotsional ta’siri oldida  lol  qolamiz.  Sababi  nim a­
da?  Sababi  shundaki,  bu  asarlarda  personajlar  faqat  biz  uchun  emas,  balki 
avtor uchun ham obyektivlashtirilganidadir.  Bu asarlarning avtorlari person- 
ajlaming  o ‘z  hayoti  bilan  yashashiga,  o ‘z  ichki  kuchlari  ila  rivojlanishiga 
aralashmaganlaridadir.  Ularning konkret obrazga emas, balki obrazlar siste- 
masiga,  asarning umumiy ruhiga aralashuvi  — hayotning ko‘pqirrali haqqoniy 
manzarasining mohiyatini  falsafiy,  publitsistik,  lirik jo ‘shqinlik bilan to ‘liqroq 
gavdalantirishga imkon beradi.
O'zbek  romanchiligida,  ayniqsa,  Sh.Rashidov  ijodida,  uning  «Qudratli 
to ‘lqin»  romanida bu  hodisa o ‘zining yaqqol  ifodasini  topgan.
«Qudratli  to ‘lqin»dagi  avtor  chekinishlarida  biz  xalq  va  rahbariyatning 
birligi  haqida,  d o‘stlik  va  sevgining  olijanob  qudrati  to ‘g ‘risida,  ona  Vatan, 
mehnatning poeziyasi borasida hayotiy-falsafiy mushohadalami,  hissiyot va 
fikrga  to ‘liq  izhomomalarni  o ‘qiymiz,  undan  ta’sirlanamiz.  Bu  romandagi 
obrazlar  sistemasiga  tabiiy  singdirib  yuborilganki,  avtor  o ‘z  qahramoniga 
muhabbatini  izhor qiladimi, uning bilan hayotiy masalalar ustida tortishadimi, 
qoloqlikni qoralab,  eskilikni fosh etadimi,  mehnat  romantikasini ulug‘laydimi
—  hamma  o ‘rinda  ham  ongli  ravishda  alohida,  o ‘z  nomidan  beradi.  Avtor- 
ning  subyektivizmi  —  u  yoki  bu  masalaga  uning  ilg‘or  shaxsiy  qarashlari 
qahramon qarashlari bilan hamohanglik  kasb etib,  asarning g‘oyasini teran- 
lashtiradi.

«P o‘lat!  Mana  hozir  Bahor  to ‘g ‘risida  o ‘ylab  turibsan.  Uni  sen  bahor 
avjida boMgan  paytda  maysazorda,  qalin-qalin  ochilib,  yer yuzini  qoplagan 
iolalar  ichida  ko‘rayapsan.  U ning  oq  shoyi  ko‘ylagi  ko‘klam  shabadasida 
hilpiraydi.  Qop-qora  sochlari  nur  bilan  tovlanadi.  N im a  uchun  bu  vo- 
qealarni  esingga  olganda,  yuraging  tez-tez  uradi?  Axir,  sen  Bahor  bilan 
birga  ana  shu  maysazorda  lola  terganingda,  yuraging  bu  qadar  urmagan 
edi-ku!  Ehtim ol,  bunga  ayriliq  sababdir?  Ehtimol,  ko'z  oldingda  Bahor 
gavdalangach,  nima  boMsa  ham  u  bilan  ko‘rishging  kelgandir.  Uning  yel- 
kalaridan quchoqlab bag'ringga bosib,  indamay k o‘zlariga termilgan  holda 
tuiging kelgandirki,  shuning o ‘zi dilingda bitmas-tuganmas sevinch-quvonch 
uyg‘otdi.
Shunday ekan,  nima  uchun  endi  Bahorni  chin  dildan sevganingga  iqror 
boMishdan  qo'rqasan?  Yoki  bu  bilan  chin  d o ‘stligimiz  tamom  boMadi  deb 
o ‘ylaysanmi?  Axir,  sevgining  o ‘zi  ham  d o ‘stlik emasmi?  Jahon  qadar  keng, 
quyosh  qadar  yorqin,  har  qanday  qiyinchilikka  bardosh  beradigan  va  har 
biringizga  mehribonlik,  g ‘am xo‘rlik  bagMshlaydigan  asl  d o‘stlik  —  qaynoq 
dil  sevgisi  emasmi?  Bu  do'stlikning  o ‘ziga  xos  xususiyati  bor,  sevishgan  qiz 
yoki  yigitning  ko‘ziga  bir  nazar  tashlab,  baxtiyor boMasan!  Sen  PoMat,  qiz­
ning  qoMini  qoMingda  ushlab  tursang,  yashash  shirinroq  tuyuladi.  Agar  u 
ro‘molchasini  hilpiratib,  seni  ishga  kuzatsa,  ishing unumli boMadi,  togMarni 
ag'darib,  daryolami  bo‘g‘asan, jahonda  sendan  kuchli  kishi  boMmaydi,  se- 
vimli  qizingdan  chiroyli  qiz  boMmaydi!..  Biroq,  bu  yoMdan  adashma,  agar 
turtinib  yiqiladigan  boMsang,  sharmandayi  sharmisor boMasan.  Kishi  uchun 
dunyoda  sevgiga  va  sevimlining  do'stligiga  nomunosib  boMishdan  boshqa 
zo‘r musibat  y o ‘q.
Bunday do‘stlik uchun so‘z ham noo‘rindir.  Chunki, bu ikki hayotning bir- 
biriga  ajoyib  quyilishidir.  Hozir  cho‘ntagingda  o ‘z  harorati  bilan  yuragingni 
isitgan  Bahoming  xati  turibdi.  Garchi  bu  xatni  o'qib  ko‘rmagan  boMsang 
ham, yuraging yorqin va quvonchlidir.  Bahoming shu salomi bilan sen qaytadan 
tugMldingu,  hayoting  yana  toMa,  yana  yorug1  boMganday  seziladi.  Endi  sen 
bundan  ham  ogMr, bundan ham  katta  mehnat va jasorat  istaysan!
Mana,  PoMat,  endi  sizlam ing  oddiy  d o ‘stligingiz,  o ‘zaro  munosabatla- 
ringiz ko‘p vaqtlar do‘stlikdan nariga o ‘tmagan boMsa ham, endi chin sevgining 
nozikligini  va  nuroniyligini  kasb  etdiki,  ehtim ol  o ‘zing  ham  ishonging  kel- 
mas.
Sevgi odamlaiga turli-tuman boMib keladi. Xuddi sizlamikiday ham boMadi- 
yu,  bolalikda  paydo  boMgan  d o‘stlikdan  ham  kelib  chiqadi.  Sizlar yoshlik- 
danoq ajralmas do'st  edingizlar.  Mana endi bu ajoyib  kamtarin d o‘stlik guli

boshqa  his-tuyg‘ularning  qip-qizil  g ‘unchasini  chiqardi.  P oia t,  hozirgacha 
sen  Bahorni  sevishingni  bilmay  turib,  rashk  qila  boshlading.  Qiz  bilan 
uchrashuving tabiiy bir hoi  edi  va sizlar ham shunga  ko‘nikib qolgan  eding- 
lar.  Endi-chi?  Endi  bunday  uchrashuv-uzoq  kutilgan  bayramdir.  Chunki 
necha  oylar o ‘tdiki,  bir-biringiz  bilan  ko'rishganingiz y o ‘q.  Shuning  uchun 
ham  Po‘lat,  Bahorsiz  yashashning  naqadar  qiyinligini  har  kuni  his  qilib 
turibsan.
Agar sen  ayni paytda,  oddiy sinfdosh  do‘stingdan xat olganingda,  ohista- 
gina q o i yuborib ch o‘ntagingda turgan  muqaddas uch burchak xatni  ushlab- 
ushlab  orom  olarmiding?  Ehtimol,  bu  xatda  Bahor  barmoqlarining  issiq 
harorati saqlangandir.
Endi  sen  mehmonlarning  tezroq  tarqalib  ketishlarini  toqatsizlik  bilan 
kutmoqdasan.  Ularni  kuzatib  qo‘ygach,  shoshilinch  ravishda  Qosimovga, 
Saodatga  va  oyingga  ham  xayrli  kech  tilaysanu,  hovlining  pastidagi  uzum- 
zorga  kirib,  g‘oyib  b o‘lasan.  Ko‘m -ko‘k  o ‘tlar  ustida  o'tirib,  shoshilinch 
ravishda  uch  burchak  xatni  ochasan.  Bu  xatning  har  bir  satri  senga  sirli 
boMib ko‘rinadi-yu, garchi,  Bahor bu  xatda oddiy gaplamigina yozgan  bo'Isa 
ham,  bularning  hammasi  senga  uzumzorlar  ichida  u  bilan  birga  ikkovingiz 
uchun  ham  bir  xilda  muhim  va  maxfiy  boMgan  his-tuyg'ular  to ‘g ‘risida 
shivirlashgandek boMadi.  Ko'zlaring  shunday deb turibdi»1.
Ushbu  lirik chekinish orqali yozuvchi  Sh.Rashidov,  birinchidan,  tengsiz 
quvonch va baxt keltiruvchi do'stlikni ulugMasa, sevgini  madh etsa,  ikkinchidan, 
bevosita  asarning  bosh  qahramoni  PoMatga  murojaat  qiladi:  unga  bu 
d o‘stlikning,  sevgining  mohiyatini  tushuntiradi,  bu  tuyg‘ularni  asrashi  lo ­
zimligini  ta’kidlaydi,  birinchi  bor  judolik  azobini  tortayotgan  PoMatning 
Bahordan  kelgan  xat bahonasida qalb tebranishlarini,  yurak urishlarini  nozik 
tahlil  etadi.
Bunday  ta’sirli  lirik  chekinishlarni  romanda  ko‘plab  uchratish  mumkin 
(o ‘n  ikki  o ‘rinda).  Avtor  Bahor,  Zebi,  Anvar  (asosan  PoMatga)  kabi  faqat 
ijobiy  obrazlarga  bevosita  murojaat  etadi.  Ularning  faoliyati  va  ruhiyatida 
yuz berayotgan  o'zgarishlarning  mohiyatini ochadi,  tushuntiradi.
Biroq,  yozuvchi yuqoridagi  misolimizda ko‘ringanidek  hech vaqt  PoMat, 
Bahor,  Zebi, Anvar obrazlarining  ichki  rivojiga,  har binning «alohida,  o ‘zida 
yashiringan  dunyo»  (
V.G.Belinskiy
)  siga  daxl  qilmaydi.  Bu  qahramonlarn- 
ing  har biri  o ‘zi  haqida  o ‘zi  gapiradi,  har birining  harakatida  xarakter  iroda 
yo‘nalishidan  kelib  chiquvchi  hayotiylik,  tabiiylik  barq  uradi.
1 Rashidov  Sh.  Qudratli  tolqin.  Т.:  1964,  138—140-betlar.

Tanqidchi  S.  Mamajonov  yozganidek,  «...bunday  lirik  chekinishlarning 
o ‘rin  olish  sabablaridan  biri  bizda  kitobxon  bilan  yozuvchi  o'rtasida  shakl- 
lanib  ye.tgan  g ‘oyaviy,  m a’naviy,  ruhiy  yaqinlik,  maqsad-ideal  birligidir». 
Shunday  ekan,  asarning  umumiy  mazmuniga,  obrazlar  sistemasiga  singib 
ketgan  bunday  qudratli  lirik chekinishlarni  —  zarur fikr-mulohazalarni  ifo- 
dalashning bunday shaklini  realizm qoMlab-quvvatlaydi.
Shu  o'rinda  yana  bir  alohida  xususiyatni  ta’kidlash  lozimga  o ‘xshaydi. 
Avtoming personajiga subyektiv  munosabatini  hamma vaqt  rad  qilish  kerak- 
mi? Avtor obrazda «o‘zini» bersa,  obrazda avtor qarashlari, flkrlari,  sipmati- 
yasi  va  antipatiyasi  m a’lum  darajada  ko'zga  tashlansa,  demak,  asarning 
g ‘oyaviy-badiiy ta’sir kuchi  pasayadimi?  Bu  narsa yuqorida ta’kidlaganimiz 
realizm qonuniyatiga  zid  emasmi?
Tanqidchi  S.M amajonov  «Lirik  olam,  epik  коЧат»  kitobida  yozuvchi 
Sh.Rashidovning voqelikni  badiiy tadqiq etish  usuli-uslubini tekshirar ekan, 
haqli  ravishda yozadi:
«G'oliblar»,  «Bo'rondan  kuchli»  asarlarida avtor pozitsiyasi  bilan  ijobiy 
qahramonlar  pozitsiyasi,  ular  ovozi  jips  q o ‘shilib  ketgan.  Avtor  ovozida 
xalqning fikri,  nuqtai-nazari,  personajlar nutqida avtor ovozi  doim  ishtirok 
etadi...
Ijobiy  qahramonlar bilan  avtor  nutqining  yaqinligining  ildizi  ularning 
hayotga  qarashidagi  yagonalik  —  bir  xil  pozitsiyada  turishlariga  borib 
tutashadi.  Ijobiy  qahramonlar  nutqining  avtor  nutqi  kabi  ko4arinki,  hat- 
to  shoirona  ohangda  b o ‘lishning  asosi  ham  xuddi  shu  yerda  b o ‘lsa  ker­
ak»1 .
Ushbu  misoldan  ham  ko'rinayaptiki,  avtor —  Sh.Rashidov o ‘z so ‘zlarini 
qahramonga  yuklaydi,  o ‘zi  qahramon  qiyofasiga  to'liq  singimaydi.  Xuddi 
sh u n d a y   h o la tn i  D .I .F o n v iz in ,  V .G y u g o ,  N .G .C h e r n is h e v s k iy , 
M.Yu.Lermontovning ba’zi asarlarida ham  ko‘rishimiz  mumkin. Jumladan, 
Lermontovning «Zamonamiz qahramoni»  asarini  tahlil  qilib,  V.G.Belinskiy 
«u  (avtor)  tom onidan tasvirlangan  xarakter...  shunchalik  unga  yaqinki,  un­
dan  o ‘zini  ajratishga  va  obyektivlashtirishga  kuch  topa»  olm aganligini 
ta’kidlaydi.  Buning sabablari  nimada?  Sababi avtor va personajning «hayotga 
qarashdagi  yaqinligi» 
(S.Mamajonov)
dir.  Avtor  fikri,  so ‘zi,  xatti-harakati- 
ning  personaj  ichki  dunyosi  mazmuniga  to4iq  mosligidir.
Bu  xil  tasvir asar yaratilgan  davr  kitobxonlari  uchun  qanchalik  aham i- 
yatli  va  ta ’siri  beqiyos  bo‘lmasin,  yozuvchi  qahramon  «kindigi»ni  kes-
’  Mamajonov  S.  Lirik  olam,  epik  коЧат.  Т.:  1970,  317—318-betlar.

gach,  ya’ni  o ‘zini  personajdan  ajratgach,  yana  «kindik»ni  ulash  —  o ‘zini 
personajda  berish,  albatta,  asarning  g'oyaviy-badiiy  kuchiga,  kitobxon­
ning  ijodiga  m a’lum  darajada  salbiy  ta’sir k o‘rsatadi.  Yozuvchining  qala- 
mi  o'rniga  (yuqoridagi  misolga  diqqat  qiling!) jurnalistning qalami  ishga 
tushadi.  Tasvir  o ‘rnini  publitsistik  ohang  egallaydi...  Shu  sababdan  yo - 
zuvchiga  kitobxon A .M .G orkiyning  quyidagi  so ‘zlari  bilan  murojaat  qil- 
moqqa  da’vat  his  etadi:
«Siz,  har  holda  uning  (personajning  — 
H.U.)
  ko‘zi  bilan  qarashingiz 
kerak.  Unga  nima  lozim  bo‘lsa,  shuni  orzu  etish  va  tasawur  qilish  uchun 
to ‘la  erkinlik  bering.  Agar  siz  o ‘z  qarashlaringizni  uning  qulog‘iga  quyib 
tursangiz,  unda personaj  emas,  balki  siz gavdalanasiz».
Xullas,  avtor hayotni,  personajni to ‘liq obyektivlashtirish,  ulardan  ustun 
bo‘lishi  shart.  U  yoki  bu  masala  bo'yicha  zarur fikrlarni  aytmaslikning  iloji 
bo‘lmasa  va  bu  fikrlarni  obrazga  «yuklatishga»  imkon  b o‘lmasa  (obrazni 
obyektivlashtirishga  monelik  qilsa)  lirik  chekinishlar  orqali  ochiqchasiga, 
avtor  (o ‘z)  nomidan  ifodalash  shakli  m a’quldir. 
Garchi  bunday  shaklni 
realistik metod qo‘llab-quwatlasa-da,  u  umumiy qoida bo‘Ia olmaydi.  Un­
ing uchun hayotni aniq va xolis tasvirlash va tasvirlangan voqelikka bo‘lgan 
o‘z  munosabatini  yashirin  ifodalash  — umumiy qoida  bo'lib  qolaveradi.
Xalqchillik. 
Ruslaming «tinib-tinchimas» tanqidchisi  V.G.Belinskiy ayt- 
ganidek,  «agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining 
xulq-atvorini,  urf-odatlarini va xarakteri xususiyatlarini  haqqoniy tasvirlash- 
ni  tushunadigan  b o ‘lsak, 
xalqchillik 
chinakam  badiiy  asarning  zarur  shar- 
tidir».1  Ayni  paytda,  uningcha,  adabiyot  xalq  fikrini  bir markazga yig‘adi va 
uni  yana  xalqqa  qaytarib  beradi.
Demak, 
xalq hayoti va turmushini,  orzu-umidlari va manfaatlarini tas­
virlash  va  xalqni  komillik  ruhida  tarbiyalashga  qodirlik  adabiyot  va 
san’atning  xalqchilligi  deb  ataladi.
Adabiyot va san’atning xalqchilligi (demakki,  uning badiyligini belgilovchi 
muhim  xislati)  bir  necha  omillarga  bog‘liq.  Ular:
— birinchi dan, 
xalq  uchun ahamiyatli bo‘lgan hayotiy masalalami o ‘rtaga 
q o‘yish,  xalq  hayotining  eng  muhim  tomonlarini  aks  ettirish,  xalqning 
porloq orzu-umidlarini  akslantirish;
— ikkinchidan, 
tasvirlangan  har bir voqea-hodisaga,  masalaga xalq  m an- 
faatlari va orzu-umidlari  nuqtai  nazaridan  yondoshib,  umuminsoniy dunyo­
qarash  va g ‘oyaviylikni  namoyish  etish;

—  uchinchidan, 
keng  xalq  ommasi  uchun  tushunarli  milliy  til  va  uslub- 
dan,  rang-barang janr va shakllardan  foydalanish;
—  to'rtinchidan,  «begona»  xalqlar  hayotini  obyektiv  va  e ’zozlab  tasvir- 
lash,  o ‘z  ijodini  xalq  og‘zaki  ijodi  bilan  chambarchas bogiash;
— beshinchidan, 
xalqning tuyg‘ularini birlashtirishi, e’tiqodini  mustahkam- 
lashi,  uni  yanada  yuqoriroq  (olijanob,  pok,  halol  qilib)  ko'tarish  va  xalq 
tomonidan sevilish  kabi muhim  fazilatlar bilan,  bu  fazilatlarning yaxlitlash- 
gan  holdagi qudrati  ila belgilanadi.
Milliylik va umuminsoniylik. 
Adabiyotning xalqchilligi  uning  milliyligini 
taqozo qiladi.  Chunki xalq hayoti bilan  mustahkam bogMangan adabiyot 
har 
bir xalqning  o'ziga  xos  urf-odatlarini,  ruhiyatini,  fikrlash,  yashash  tarzini 
akslantirishi  tabiydir-ki,  bu  — adabiyotning  milliyligini  vujudga  keltiradi. 
Va bu  milliylik shu  adabiyotni yaratgan daholarning ijodlarida,  ularning eng 
yaxshi asarlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jumladan,  Navoiy,  Bobur,  Mashrab, 
Yassaviy,  G ‘.G ‘ulom,  H.Olimjon,  E.Vohidov  asarlarida butun dunyoda  se- 
vilib  o ‘qiladi.  Chunki  ularning  asarlarida  o ‘zbek  xalqining  «o‘zligi»,  xarak- 
teri  chuqur  ifodalanganidan  tashqari, 
ularda  insoniyat uchun,  inson  uchun 
zarur bo‘lgan  muammolar tasvir va  tahlil  qilinganidan  umuminsoniy xislat 
kasb  etadi.
«Badiiy  ijod  shunday  daraxtki,  shoxida  umuminsoniy  mevalar  yetiladi, 
ildizi  esa  milliy  zaminda  yotadi»,  —  deganida  yozuvchi  0 ‘tkir  Hoshimov 
tamomila  haqdir.
Shu  nuqtai  nazardan  she’riyatimiz  malikasi  Zulfiya  hayoti  va  ijodiga  bir 
nigoh  tashlaylik.
Zulfiya  29  yoshida  bir  qizu  bir  o ‘g‘il  bilan  beva  qoldi.  Umrining  oxiri­
gacha  Hamid  Olimjon  sevgisiga  «sodiq b o im o q  o ‘zi  saodat»  deb  tushundi.
Tunlar tushimdasan, kunduz yonimda,
Men hayot ekanman,  hayotsan sen ham,
  —  deya
kuyladi.  Vafosi,  sadoqati bilan  o ‘zbek 
Onasi, o‘zbek ayolining Vafosi 
ramzi 
sifatida bizning qalbimizni  isitdi,  haqiqiy va buyuk muhabbat qudrati  haqida 
jonli  dars berdi,  ibrat  namunasini  ko'rsatdi.
Kamalak yetti  rangda yetmish xil jilolanib,  barchani  maftun  qilganidek, 
Zulfiya  «tongning  o ‘ziday  rost  va  yorqin  haqiqatga»  y o ‘g‘rilgan  poeziyasi 
bilan  («Kechir, qoldim g‘aflatda!»,  «Bahor keldi, seni so‘roqlab»,  «N e baloga 
etding  mubtalo»  va sh.k.)  Sadoqat va vafodorlik tuyg‘usini  — insoniylikning 
bosh  m ezoni  darajasiga ko‘tardiki,  usiz haqiqiy komil insonni tasawur etish 
ham  mumkin  emas.  Bugungi  hayotimizda  q o‘ydi-chiqdilar,  sarson-sargar-

don yetimlar,  havoyi  istaklar deb or-nomusdan voz kechgan, «ignaga o ‘tirgan» 
ayollar,  hayosiz,  ibosiz juvonlarjabrini tortayotgan jahonda Zulfiyaning haya­
jonli,  o ‘tli chaqirig‘i, jasoratga to ‘liq qo‘shig‘i  har bir qalbda (farang,  olmon, 
ingliz,  arab,  fors qalbida  ham) jaranglamoqda.
Bu qo‘shiq vafoga,  sadoqatga,  hurmat va e’zozga,  nazokat va latofatga, 
or-nomus va insoniylikka chaqirayotibdi. 
Shu bilan odamdek yashashimizga, 
komil  inson  va sog‘lom  avlod  uchun  kurashishimizga  faol  yordam berayap- 
ti.  Bu Zulfiya ijodining umumbashariyligidan,  umrboqiyligidan,  chuqurza- 
monaviyligidan,  butun  insoniyat uchun  zarurat  ekanligidan dalolat beradi.
Demak,  san’atkor  ijodida,  uning  chinakam  asarida  milliylik  va  umum- 
insoniylik  bir  vujuddan  oziqlanadi.  Milliylik  qanchalik  chuqur  va  yorqin 
ifodalansa,  unda umuminsoniy xislatlar shunchalik ulug‘  va ta’sirchan qudrat 
Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling