Нотам umurov adabiyotshunoslik


hayo­ tda pokdomon bo‘lish,  adolat uchun jon fido qilish, el-yurt qayg‘usi bilan


Download 20.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/28
Sana09.02.2017
Hajmi20.6 Kb.
#152
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

 hayo­
tda pokdomon bo‘lish,  adolat uchun jon fido qilish, el-yurt qayg‘usi bilan 
yashash, sadoqatli muhabbat nuridan bahramand bo‘lishdir.
«Ibrohim Adham qissasi», «Amiri Axtam qissasi», «Bobo  Ravshan qis­
sasi»,  «Qissasi  Rabg‘uziy»  (
Nosiruddin  Burhonuddin  Rabguziy),
  «Hazrati 
Ali  haqida  o‘n  to‘rt  qissa»  kabi  xalq  kitoblari  nomi  bilan  chop  qilingan 
asarlar (ular ko‘pincha to‘y-hashamlarda, choyxonalarda, maxsus yig‘inlarda

 qissaxonlik kechalarida qissaxonlar tomonidan o‘qilgan)  qissa janrining 
namunalaridir.
Jumladan, «Hazrati Ali haqidagi o‘n to‘rt qissa» da ham Hazrati Alining 
Allohga qo‘ygan ishqi va shu ishq yoMida ko‘rsatgan qahramonliklari (masa­
lan,  Ajdarning  halok  etilishi,  Maqsura  otlig‘  kofiming  yuz  yigirma  ming 
qo‘shinining o‘ldirilishi va hokazo) keng hikoya qilinadi.  Qissada epik tas­
vir g'oyatda mubolag‘a tarzda, folklorga xos ohang va sodda til bilan bayon 
qilinadi, romantik tasvir yetakchilik qiladi.
Povest (ruscha so‘z, ma’nosi 
hikoya,  rivoyat qilish
 demakdir)ning asosiy 
belgisi, unda «Hayotiy qamrovning romanga nisbatan torligi, hikoyaga nis­
batan  kengligi;  shunga  muvofiq syujet va kompozitsiyaning ham  romanga 
nisbatan soddaligi, hikoyaga nisbatan murakkabligi hisoblanadi» (
N.Hotamov, 
B.Sarimsoqov,  235-bet).
  «Romanda  olamning  yaxlit  falsafiy  konsepsiyasi» 
boMishi shart boMsa, bu hodisaning bir qismi(parchasi)ning bir-ikki qahra­
mon taqdiri  misolida yechilishi povest uchun yetarlidir.  Faqatgina hayotiy 
voqealar tasviridan  katta  umumlashmalar  chiqarish,  muayyan  davr  hayot 
tarzidan insonparvarlik falsafasini yorqin e’zozlash pafos darajasiga ko‘tarilishi 
kerak. Shu sababli V.G.Belinskiy: «Povest ham ayni romanning o‘zginasidir, 
faqat kichik hajmdadir,  asarning hajmi  mazmunning hajmi va  mohiyatiga 
qarab  belgilanadi»,  —
  degan  edi  «Poeziyaning  xil  va  turlarga  boMinishi» 
maqolasida.
Povestda syujet  ham,  konflikt  ham,  kompozitsiya va boshqa  unsurlar

ham qissaga nisbatan ixchamroq bo‘ladi, tezroq suratda rivojlanadi, realizm 
yetakchilik qiladi va chuqurroq  ifodasini  topadi.  Asardagi  asosiy persona- 
jlaming hayotlarida yuz bergan bir qator tipik voqealar siqiq tarzda, ko‘pincha 
bitta  yetakchi  syujet  yo‘nalishiga  asoslangan  holda  yoritiladi.  Jumladan, 
G‘.G‘ulomning  «Yodgor»  povestida Jo‘ra xarakterining shakllanishi  bilan 
bogiiq voqealar tasvirlanadi, barcha voqealar, Yodgor, Saodat,  Mehrixon, 
Abdug‘ani,  Obid,  Umar  aka  kabi  obrazlar  qahramon  Jo‘ra  xarakterining 
tipik  xususiyatlarini  ochishga,  asardagi  insoniylik  g‘oyasini  bo'rttirib 
ko‘rsatishga  bo'ysinadi.  G‘afur  G‘ulomning  «Shum  bola»,  S.Ayniyning 
«Sudxo‘rning  o‘limi»,  A.Qahhorning  «Sinchalak»,  0 ‘.Hoshimovning 
«Dunyoning ishlari», Ne’mat Aminovning «Bir asr hikoyati» povest janrin- 
ing yetuk namunalari sanaladi.
Poema (yun. poiema —
 
ijod)
da hayot va odamlar qalbi epik (voqea) va 
lirik (kechinma, tuyg‘ular,> tarzida kashf etiladi. To‘g‘rirog‘i, poemada epika 
va lirika birlashgan holda, yaxlit liro-epik oqimni vujudga keltirib,  hayotiy 
voqea-hodisalaming va qahramon xarakteridagi kuchning ruhi (qalbi)ni ochadi, 
tahlil  qiladi,  hayajonli  ifodalaydi.  «Qisqasi,  poema  qalb  qo‘shig‘i,  undagi 
lirik element ham, epik element ham poeziya, qo‘shiq darajasiga ko‘tarilgan 
bo‘lmog‘i lozim... Poemada voqea, dramatizm asosan qahramon qalbi orqa­
li  o‘tadi.  Poemada  kitobxonni  voqealarning  izchil  tasviri  emas,  balki  vo­
qealar tufayli qahramon qalbida tug‘ilgan psixik kechinmalar —
 dramalar, 
o'ylar, tuyg‘ular tasviri qiziqtiradi»1. Lekin, bu poemada epik tasvir ikkinchi 
darajali ahamiyat kasb etadi, degani emas. Balki qahramon qalbidagi cheksiz 
o‘ylar,  behisob  tuyg‘ular  dramatizmining  haqqoniyligini,  samimiyligini, 
boshqacha bo‘lishi mumkin emasligini asoslovchi, keltirib chiqaruvchi, rivo- 
jlantiruvchi omildir. Ana shu xislati bilan u epik turning «qo‘shig‘i»dir.
Poema —
 lirik,  epik,  liro-epik,  dramatik bo‘lishidan qat’i nazar,  ular­
ning barchasida hayot (davr)ning epik qiyofasi shoir shaxsiyati (to‘g‘rirog‘i, 
lirik qahramon) qalbi orqali ochiladi; voqea hukmronlik qiladi, uning huk- 
miga  asosan  qalb  qo‘shig‘ini  kuylaydi.  Lekin  bu  qo‘shiq  doston  janriga 
nisbatan ixcham, anchayin kichik, ayni paytda, o‘ta real, o‘ta lirikdir.
«Zaynab va Omon» 
(Hamid Olimjon),
 «Toshkentnoma» 
(Maqsud Shayx- 
zoda),
 «Surat» 
(Mirtemir),
 «Ruhlarisyoni» 
(Erkin  Vohidov),
 «Jannatga yo‘l» 
{Abdulla  Oripov),
 «Xalil Sulton» 
( Usmon Azim)kab\
 barkamol asarlar poema 
janrining  barcha  hislatu  fazilatlarini,  mumtoz  xususiyatlarini  o‘zida jam 
etganlar.

Normatov  U.  Janr  imkoniyatlari.  Т.:  Gkafur  G ‘ulom  nomidagi  Adabiyot  va  san'at 
nashriyoti,  1970,  14-17-betlar.

Ballada 
(gr.  balare co‘zidan 
fir. 
baler co‘zi  kelib chiqqan,  ma’nosi:  1) 
«tovushga taqlid qilish,  masalan,  ma ’rash»; 2)  «raqs tushish»)
 janridagi bosh 
xislat —
 kutilmagan syujet (voqea)ning kutilmagan final  (xotima) bilan tu- 
gashiga,  qahramon  qalb  kechinmalari  va  ruhiyatining  dramatik  izhoriga 
bag‘ishlangan asardir; to‘g‘rirog‘i, undagi bu ikki (epik va lirik) holat — davr 
va qalb dramasi  kashfi  birlashib,  qalb faryodi  izhoriga aylanganda ballada 
tug‘iladi. Unda epik tasvir (yetakchi) va lirik tasvir (ichki tug‘yon; ikkilam- 
chi)  nisbati buzilmasligi,  lirizm voqeaning ichida yashashi  lozimligi  shart. 
Bu epik turning bosh qonuniyatdir.
Jumladan,  «Jangchi Tursun» 
(H. Olimjon)
 balladasida Tursun «jon shi­
rin» ko‘ringanidan «qochmoqni xayol» qilib turganida, kutilmaganda onasi- 
dan  xat  oladi.  Shu  voqea  tufayli  asar boshida  kutilgan  voqea 
(«qochish») 
fashistlardan Vatanni ozod etish yo‘lida jon berish bilan tugaydi, ya’ni asar 
xotimasi kutilmagan final bilan yakunlanadi. Ana shu jarayonda qattiq qo‘rquv 
ichida turgan Tursunning qalbida onaning faryodi tufayli o‘zgarish yuz be­
radi, hayot mohiyatini, umr mazmunini chuqur anglaydi va ona, ona-Vatan 
ozodligi uchun ayovsiz jangga kiradi:  «qochoq»lik «qahramon»lik bilan al- 
mashinadi.  Balladada  «muhim  narsa  voqea  emas,  u  uyg‘otgan  sezgidir, 
o‘quvchiga  u  bergan  o‘ydir» 
(V.G.Belinskiy,  191-bet),
  saboqdir.  «Jangchi 
Tursun»da bu quyidagicha ifodasini topgandir:
...Erkalanib yotadi 
U Vatan tuprog' ida.
Yosh  bola yotganiday 
Onaning quchoglida.
«Ballada syujetini  harakatga keltiruvchi kuch lirizm va dramatizmdir... 
Keskin dramatizmsiz va kuchli  lirizmsiz balladaning bo‘lishi aslo  mumkin 
emas. Keskin dramatik tuyg‘ular, tug‘yonlar mahsuli bo‘lgan balladada toiiq 
bir voqeani boshidan to oxirigacha tasvirlab berish shart emas. Unda ko‘pincha 
inson  hayotida  kutilmaganda,  tasodifan  ro‘y  bergan,  uning  taqdirini  hal 
etadigan, hayotida burilish yasay oladigan dramatik mazmundagi epizodlar 
tanlanib, ular nihoyatda tarang holatda, avj nuqtada, eng keskin va shiddatli, 
baland ruh va yorqin bo'yoqlarda, dialogik formada bayon etiladi. Balladada 
ko‘pincha  bir  yoki  ikki  asosiy  qahramon  bayon  markaziga  qo‘yiladi.  Bu 
qahramonlarning  irodasi  o'zining  eng  yorqin  namoyon  boigan  paytida,

faoliyati eng keskin joyida, xarakter xususiyatlari charaqlab ko‘ringan  mo- 
mentlarda ko‘rsatiladi»'.
Masal (ar. 
namuna)
 voqelikni allegorik (kinoyaviy) va simvolik (ramziy) 
obrazlar yordamida ifodalovchi,  real turmush va odamlaming ko‘rinishlari, 
xarakter qirralarini kinoya, kesatish, kulgu, g‘azab kabi xususiyatlar vositasida 
ochuvchi,  «qissadan hissa»  epik janrdir.  U  masal  —
  hikoya,  masal  —
 ertak, 
masal —
 feleton, masal —
 pamflet, masal —
 epigramma kabi ko'rinishlarga ega 
bo‘lishidan qat’i nazar, voqelikdagi barcha hodisalaming mohiyatini chuqui 
ochishga, ochganda ham axloqiy didaktik saboq va xulosalari, o‘git va nasi- 
hatlari bilan insonni poklikka, ezgulikka yetaklashga qodirdir.
Masal janrining asoschisi  Ezop  bo‘lgani  sabab,  u  «Егор»  nomi bilan 
ham yuritiladi: masal tili —
 Ezop tili kabi. Ezopdan so‘ng bu janrni Lafont- 
en (fransuz), Krilov (rus), Gulxaniy (o‘zbek)lar yangi bosqichga ko‘tardilar. 
Masal, ko‘pincha, voqelik va odamlar to‘g‘risidagi haqiqatni ochiqchasiga 
aytishning imkoniyati yo‘q paytlar ko‘plab yaratiladi va ramzli tarzda (par- 
dali qilib) bu haqiqatlarga ishora etiladi. Obrazlilikning bu ko‘rinishi inson 
qalbini  «jarohatlamaydi»,  balki  undan  olinadigan  hissaning  oson  «hazm 
qilinishi»ni  ta’minlaydi,  ya’ni  ko‘ngil  xira  tortmaydi,  balki  u  haqiqat 
(syujet)ning qiziqarliligidan oson qabul qilganini  «sezmay» qoladi.  Jumla­
dan, I.A.Krilovning «Xo‘roz va inju donasi» masali ana shunday asardir:
Xo‘roz hadeb golng titkilar edi,
Topib oldi-ku  bir dona  inju.
O'zicha dedi: «Nega kerak bu?
Qanday bema ’ni, foydasiz buyum,
Bekor titibman go'ttg uyum-uyum.
Tentaklar borki,  buni suyushar,
Hattoki qimmatbaho qo'yishar.
Menga nima,  bu  — nimaga darker?
Topib  olsaydim  bir dona  arpa,
Hech bo'lmas edim bunchalik xafa.
To'g'ri, arpada inju ko‘rkiyo'q,
Lekin, jig‘ildon  bir oz bo''lar to'q.»
Nodonlar borki,  tentak xo‘rozday fik r  qiladi.
Yerga uradi asl buyumning qadrini bilmay.

Go‘zallikning asl  mohiyatini  tushunmay,  uni faqat  o‘z  nafsi,  manfaati 
nuqtai  nazaridan oichaydigan farosatsiz insonlar Xo‘roz obrazi vositasida 
g‘oyatda  kuchli  piching  (kesatiq)  orqali  fosh  qilinmoqdaki,  aslning,  oda- 
miylikning qadri balandligi, unga yetishish nodonlarning qo‘lidan kelmasli- 
gi baralla uqdirilmoqda. Nodonlikdan, tentaklikdan forig‘lik(qutulish)ka cha- 
qirmoqda.
Latifa  (ar. 
nozik,  yoqimli,  zarif)
  xalqning  o‘tkir  mushohadasi  asosiga 
qurilgan yoqimli  va  nozik  kulguli  eng kichik va  nodir «hikoya»  («zarifa», 
«ajiba») sidir.  Unda eng qisqa shakldagi qiziq voqeaning bir epizodi nasriy 
yo‘lda kulguli qilib aytiladi, epizod qiziqarli umumlashmaga, muhim fikrga, 
yorqin ifodaga boy bo'ladi. Bu xususiyati topqirlik va mahorat bilan yaratil­
gan bo‘lsa, kishi xotirasida uzoq saqlanadi. Ayni paytda, ular og‘izdan og‘izga 
tez o'tib, yanada sayqallashadi.
Latifaning  eng  muhim  xususiyatlaridan  yana  biri  undagi  konfliktning 
ikki  (ijobiy  va  salbiy)  qutbliligidir,  uning  yorqin,  bo‘rtib  ko‘rinishidir; 
«boshqacha boiishi mumkin», degan tushunchaga o‘rin qoldirmasligidadir.
Latifa  hamisha  hayot  bilan  aloqadorlikda  tug‘iladi.  Har bir  davrning, 
qavmning,  millatning  salbiy  illatlari  ayovsiz  fosh  etiladi,  poraxo‘rlik, 
lo'ttibozlik, mansabparastlik, maishatbozlik, eskilik, go‘llik, laqmalik, kalta- 
fahmlik, farosatsizlik, ziqnalik, xasislik, uquvsizlik, dangasalik kabi kamchi- 
lik va nuqsonlar ustidan achchiq kulgu qo‘zg‘otadi.  Uning yaqqol misolini 
gabrovoliklar  (Bo‘lg‘oriya),  shildaliklar  (Olmoniya),  qazvinliklar  (Eron), 
shirinilar (Buxoro), oltiariqliklar (Farg‘ona), xonqaliklar (Xorazm) latifalarida 
yaqqol ko‘rish mumkin.
«Ziqna  Shirini  ко" к  choy  ichib,  ishkomning soyasida  yonboshlab yotgan 
edi,  kimdir  radiodan  aytib  qoldiki,  har  qaysi  atom  bombaning  qiymati  bir 
necha  million  so'm  turadi!
— 
E-e xudo! —  deb yubordi  Shirini falakka  ko'z tikkancha.  — Axir seni 
saxovatli deydilar-ku! Agar shunday bo'lsa,  chindan bor bo'lsang,  bir hikmat 
qil:  shu  bombaning  aslidan  bizning  chorboqqayam  bittagina  tashla,  shunda 
кип  ко'rib,  odamga  o'xshab yashay!»  (Oxunjon  Safarov.  Shirinqishloq  lati- 
falari.  «Buxoro»  nashriyoti.  1994,  56-bet).
Latifaning eng kichik ko‘rinishi matbuotda «xanda»lar nomi bilan yuri­
tiladi. Xandalar biron-bir epizodning «qaymog‘ini» —
 mohiyatini birdaniga 
kulminatsion  cho‘qqiga  chiqaradi  va  dialogik  nutq  vositasida  uni  kulgili 
tarzda yechimga olib keladi. Jumladan,
«Folbin  mijoziga fol  ochayapti.
— 
Ellik yoshgacha pulsizlikdan  qiynalasan.

— 
Keyin-chi?
— 
Keyinmi?..  Ко nikib ketasan».
Hikoya (ar. so‘z, ma’nosi:  1. 
Biror narsaning og'zaki bayoni,  tafsiloli; 2, 
Nasriy у o'I bilan yozilgan  kichikroq  badiiy  asarj
  —
 Izzat  Sultonning asosli 
ta’kidlashicha, latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga 
mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni, ko‘pincha kishi hayoti­
da  boMgan  bir  epizodni  tasvirlaydi.  Darvoqe,  u  «...  minglab  boMaklarga 
boMingan romandir... kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod... 
shunday  voqea  va  hodisani  tanlab  oladi  va  o‘zining  tor  ramkasida  ifoda 
etadi»  (
V.G.Belinskiyj.
  Hikoyanng eng ixcham ko‘rinishi novella  (ital.  no­
vella —
 
yangilik)
  deb yuritiladi.  «Xarakterning muayyan vaziyatdagi holati 
voqeaning keskin burilish nuqtasida, dinamik syujet, kuchli dramatizm, ku­
tilmagan yechim asosida ko‘rsatish —
 hikoya (novella) uchun eng xarakterli 
xususiyatdir» (
T.Boboyev
). Abdulla Qahhoming «Anor», «Bemor», «0‘g‘ri» 
kabi asarlari hikoya janri talablariga toMiq javob berishi bois,  ular mumtoz 
hikoyalar sanaladi. Ularda kitobxon uchun yangilik boMa oladigan turmush 
voqealari realistik va qiziqarli tasvirlangan.
Novella janri  inson  hayotining  tipik bir lahzasini  tasvirlagani  uchun, 
shu  lahzani  shunchalik  yorqin  ifodalashi  kerakki,  unda  hamma  so‘zlai 
badiiy «yuk» tashishi, «so‘z isrofgarchiligiga sabab boMadigan ortiqcha de­
tallar ham boMmasligi» lozim.  Bu haqiqatni so‘z san’atining buyuk ustasi 
Abdulla  Qodiriy  «0‘qish-o‘rganish»  maqolasida  A.P.Chexovning  «Chi- 
novnikning oMimi»  nomli g‘oyatda siqiq, quyuq yozilgan hikoyasi misoli­
da asoslaydi.  U yozadi:
«Hikoyani «ser suv» qiladigan narsalardan biri ko‘rsatish o‘rniga so‘zlat 
berishdir.  Agar Ochumilovning «buqalamun»  ekanini  uning so‘zlari  orqali 
ko'rsatilmasa,  muallif tomonidan ta’riflansa,  dunyo-dunyo so‘z  ketar edi. 
Chexov buni aytib bermasdan, Ochumilovning o‘z so‘zi bilan ko‘rsatadi.
Ochumilovning dastlabki fikri:
— 
Itni o'ldirish  kerak,  quturgan  bo'Isa  ham  ajab emas.
It generalga qarashli, deyilgandan keyin:
— 
It nozik,  sen  ho'кizday.  bo'yingni qara!
Yana it generalniki emas, deyilgandan keyin:
— 
Generalning  itlari  qimmatbaho  narsa lar  edi.  Bu  bo'Isa,  egasiz  dayd, 
itga o'xshaydi.  Epaqalik yungi ham yo'q.  Shunday bema ’ni itni ham saqlay- 
dimi kishi!
Yana, it generalniki, deyilgandan keyin:
— 
Balki  qimmatbaho  zotli  itdir.

Oshpaz,  it generalniki emas, degandan keyin:
— 
Bu  egasiz daydi it.
It generalning akasiga qarashli ekani ma’lum bolganda:
— 
Yaxshigina  it ko'rinadi.  0 ‘lguncha yugurdak ko'rinadi.
Bu dialoglarga muallifning hech qanday izohi kerak emas.  Bu dialoglar 
ham voqeani siljitadi, ham hikoya qahramoni Ochumilovni xarakterlaydi...
«Buqalamun»  hikoyasining  biron  so‘zini  chiqarib  tashlash  yoki  biron 
so‘zni  qo‘shish  mumkin bo‘lmaganligi,  so‘zga  naqadar diqqat  qilganligini 
ko‘rsatadi»'.
E.  Epik turning maxsus janrlari
Ko‘pincha xat, ocherk, feleton janrlari badiiy publitsistika deb yuritiladi. 
«Badiiy publitsistika gazeta janrlariga xos aktuallik, operativlikni o‘ziga singdir- 
gan  eng  hoziijavob  janr...  u  mantiqiy  muhokama  va  obrazlar  bilan  ish 
ko‘ruvchi... fikr poeziyasidir» (
Ochil Tog'ayev)
 deb baholanadi. Bu asosning 
mag‘zida ham haqiqat bor...  Lekin ularning barchasi ham ana shu maxsus 
xususiyatlariga qaramay, epik turning «farzandlari» sanaladi.
Ocherk (rus. chertit, ocherchivat — 
chizmoq, bayon qilmoq, tasvirlamoq) 
hayotda yuz bergan muayyan voqea-hodisaning asosiy xususiyatlarini yoki 
kishilar  xarakteridagi  muhim  belgilarni  qisqa,  ixcham,  yaxlit  tasvirlovchi 
badiiy publitsistik janrdir. Ochil Tog‘ayevning fikricha, «badiiy adabiyotga 
xos  belletristik  va  gazeta janrlariga  xos  publitsistik  xususiyatlarning  uzviy 
birligi  ocherkning muhim janr xususiyatini belgilaydi»2,  ya’ni bir vaqtning 
o‘zida ocherkda hayotning badiiy manzarasi, voqea, qahramon taqdiri yara- 
tiladi va ijtimoiy jihatdan keng, mufassal izohlanadi.
Ocherklar manzilli  va  manzilsiz bo‘ladi.  Manzilsiz  «ocherkda hujjatlilik 
faqat unda aks ettirilgan ijtimoiy hodisalardir, boshqa 0‘rinlarda xuddi o‘zga 
janrlarda  bo‘lgani  kabi  avtorning  qo‘li  erkindir.  Bunda  aniq  adresni 
ko‘rsatmasdan asarga to‘qima personajlar kiritish, badiiy to‘qima va umum- 
lashtirishdan  keng  foydalanish  mumkin»  (
V. Ovechkin
).  Manzilli  (hujjatli) 
ocherklarda esa «yozuvchi, avtor shunday shaxs yoki hayot parchasini tanlab 
olsinki,  u  voqelik  uchun  tipik  bo‘lsin» 
(V.Solouxin).
  Ayni  paytda,  badiiy 
to‘qima faktning hujjatlilik xususiyatini ko‘mib yubormasligi, balki uni qaba- 
riqli tarzda ochishi lozim; bu hamma vaqt hayotiy faktga asoslanishi shart.
1 Abdulla Qodiriy.  Kichik asarlar. Т.:  G‘afur G ‘ulom  nomidagi  Badiiy adabiyot nashriyoti, 
1969,  201-202-betlar.
2  Tog‘ayev  O.  Publitsistika  janrlari.  Т.:  « 0 ‘qituvchi»,  1976,  62-bet.

Ochil  Tog'ayev  ocherkning  g‘oyaviy-badiiy  xususiyatlarini  jamlab, 
uning uch xili (1.  Portret ocherk. 2. Safarnoma (yo‘l ocherki). 3. Muammo 
ocherk)  mashhurligini ta’kidlaydi.  Uningcha,  portret ocherkda asosan bir 
kishining hayoti, taqdiri markaziy o‘rin tutadi 
(93-bet).
 Muallifning qishloq- 
lar, shaharlar va mamlakatlararo safar paytida yig‘ilgan mushohada va mu- 
lohazalari, o‘rgangan va eshitganlarining badiiy publitsistik tasviriga safamo- 
ma  (yo‘l  ocherki)  deyiladi  (99-bet).  Muhim  siyosiy,  ijtimoiy,  ma’naviy 
muammolar:  a)  kishilar  obrazlari,  b)  obrazli  publitsistik  vositalar  orqali 
maxsus tadqiq etilgan ocherklar muammo ocherk deb ataladi 
(105-bet).
XX asr o'zbek adabiyotining bu janriga Abdulla Qodiriy,  Hamid Olim­
jon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Nazir Safarov, Sunnatilla Anorboyev 
kabi yozuvchilar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Feleton (ital. feuilleton —
 
varaqa)
 ko'pincha hayotda haqiqatdan mavjud 
bo‘lgan  illatlarni,  shu  illatlami  o‘zida  tashuvchi  aniq  kishilarning  qusur- 
larini tadqiq etuvchi,  uning ijtimoiy mohiyatini yorqin fosh etuvchi satirik 
janrdir.
Darvoqe,  D.Zaslavskiy aytgan gap 
(1959,  10-son,  str.24)
 judayam asos- 
lidir: «Feletonning faktik jihati g'oyat aniq bo‘lishi lozim. Faktni to'qishingiz 
ham, unga har narsa to‘qib qo‘shishingiz ham mumkin emas.  Feletonning 
adabiy jihati esa, feletonchining ishidir, uning mahorati, badiiy didi, g'oyaviy 
saviyasiga bog‘liqdir».
Ushbu  mulohazadan  ko‘rinadiki,  hayotdagi  har qanday  ikir-chikirlar, 
yengil-elpi voqealar emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan, rivojlanish- 
ga to'siq  bo‘layotgan  muayyan  (manzilli)  kamchilik va  illatlaming  ildizi, 
sabablari,  mohiyati chuqur tadqiq va tahlil qilinadi.  Shundan so‘,ng «pish­
gan» material adabiy jihatdan ishlanadi: mazmunga mos shakl ixtiro etiladi, 
qiyoslash yoki tadrijiy ketma-ket bayon qlTish, tipiklashtirish, badiiy to‘qima 
bilan boyitish va hokazo usullar ishga tushadi. Natijada hujjatli yoki adabiy 
feletonning yuragi boMgan satirik obraz butun bo‘yi-basti, toMaqonli xarak- 
teri bilan namoyon boMadi. A.Qahhoming «Ig‘vogar», «Quyushqon», «Рога», 
Said Ahmadning «Kolbasa qori» , X.To‘xtaboyevning «Muzeydagi besh su- 
rat», «Gipnoz» asarlari shular jumlasidandir.
Xotira (arabcha so‘z bo'lib.  ma’nosi:  1) 
xotir.
  2) 
Biror kimsa yoki narsa 
haqida yodda, esda saqlangan taassurot.
 3) 
ism)
 ham hujjatli janr. U ko‘rgan 
kechirganlami shunchaki aytib (yozib) berishdan iborat emas, balki u muhim 
bir voqeaning yaxlit va ta’sirchan tasviridan iborat boMishi lozim. Ko‘pincha, 
Download 20.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling