Notijorat marketing doirasi
Download 38.68 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Notijorat mahsulotning iste’molchilari
- Notijorat marketing kompleksi
Notijorat ayirboshlash - bu ishlab chiqaruvchi tomonidan notijorat mahsulotini iste’molchiga yetkazish jarayoni bo’lib, buning evaziga iste’molchidan ijobiy javob reaksiyasi olish jarayonidir. Ijobiy javob reaksiya taklif etilayotgan notijorat mahsulot uning ehtiyojlarini qondira olishini anglatadi.
Notijorat mahsulotning iste’molchilari - bu butun jamiyat, alohida shaxslar yoki aholi guruhlari. Masalan, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish davlat dasturining iste’molchisi butun jamiyat, bepul aravachalar iste’molchilari nogironlar, aniq ilmiy g’oyaning iste’molchilari esa alohida olimlardir. Agar notijorat mahsulotning iste’molchilari unga ijobiy munosabat bildirsa va uni iste’mol qilishga tayyor bo’lsa, bu ular notijorat mahsulotga talabni bildiradi. Notijorat talab – bu iste’molchilarning notijorat sub’yektlari faoliyati natijalariga qiziqish darajasini aks ettiruvchi notijorat mahsulotni idrok etish va iste’mol qilishga tayyorligi bilan izohlanadi. Notijorat mahsulotga talabni shakllantirish jarayonini besh bosqichga bo’lish mumkin. 1) iste’molchining xususiyatlarini aniqlash; 2) iste’molchining shaxsiy ehtiyojlarini aniqlash; 3) notijorat mahsulotga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish; 4) notijorat mahsulotga bo’lgan imtiyozlarni shakllantirish; 5) notijorat mahsulotga talabni shakllantirish. Notijoriy mahsulot iste’molchilari hozirgi sharoitda insonning tabiati va uning hayot xususiyatlaridan kelib chiqadigan ma’lum xususiyatlarga ega: jinsi, yoshi, millati, ma’lumoti, kasbi, ijtimoiy mavqei, qiymat tizimi, pul daromadlari darajasi va boshqalar. Ushbu xususiyatlarning umumiyligi va o’zaro bog’liqligi har bir iste’molchining individual xususiyatlarini, ularning guruhlari (segmentlari) xususiyatlarini belgilaydi. Notijorat marketing kompleksi - bu notijorat tashkilot o’z faoliyati natijalariga iste’molchilarning ijobiy munosabatiga erishish uchun foydalanadigan boshqariladigan omillar to’plami. U to’rtta asosiy elementni o’z ichiga oladi: mahsulot, narx, tarqatish kanallari va reklama. Notijorat marketingni to’rt turga bo’lish mumkin: - nodavlat notijorat tashkilotlarining marketingi; - notijorat faoliyat bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning marketingi; - davlat va munitsipal notijorat tashkilotlarining marketingi; - nodavlat tijorat korxonalari marketingi. Bu sub’yektlar guruhlarini birlashtiruvchi asosiy jihati shundaki, ularning faoliyati foyda olish bilan bevosita bog’liq emas va aholining ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan. Download 38.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling