Notinch noqobil oila farzandlari
Download 16.41 Kb.
|
ma\'lumotnoma
Nurobod tumani XTB ga qarashli 20-umumiy o’rta ta’lim maktabidagi “Notinch noqobil oila farzandlari ” ular bilan olib borilgan yakka tartibdagi suxbatlar to’g’risida Ma’lumotnoma. 20- umumiy o’rta ta’lim maktabida notinch noqobil oila farzandlari, ichkilikka vuju qo’ygan, zo’ravonlikka uchragan ,ota onasi ajrashgan , o’quvchilar bilan yakka tartibda suxbatlar olib borildi, ular bilan oiladagi ijtimoiy ma’naviy muhitini sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida keksa avlod vakillari ishtirokida “Keksa avlod oilaviy ajrimlarga qarshi ”, “Biz bor joyda jinoyatga o’rin yo’q ”, “Hayotning qadriga yet ” mavzusida 7- oktyabr kuni davra suxbati bo’lib o’tdi. O’quvchilar o’zlari qiziqqan savollarga javoblar oldi. Keksa nuroniy otaxonlar tomonidan o’quvchilarimizga hayotiy saboqlar berildi. Maktab psixologi : B.Madartova Bulung’ur tumani XTBga qarashli 57- umumiy o’rta ta’lim maktabining 11- sinf o’quvchilarini OTM va Kasb hunarga yo’naltirish , yo’naltirish bo’yicha olib borilgan ishlar to’g’risida Ma’lumotnoma. 57- umumiy o’rta ta’lim maktabining 11- sinf o’quvchilarini Bulung’ur tumanidagi “ Bulung’ur Pedagogika kolleji” ga ochiq eshiklar kuniga olib borildi. 11- sinf o’quvchilarimiz 18 nafarni tashkil etib ulardan 12 nafari ochiq eshiklar kunida ishtirok etdilar . 3- nafar o’quvchimiz Pedagogika kollejiga o’qish istagini bildirdi. Maktab psixologi: Z. Mamatqulova
Samarqand viloyati Bulung`ur tumani XTBga qarashli 57-maktabda taxsil olayotgan 7-8-9-10-11-sinf o`quvchilarini ``She`rxonlik`` tadbirlar o`tkazish uchun amalga oshirilgan ishlari bo`yicha maktab targ`ibotchisi Sh. Gulmurodovaning Hisoboti. Maktabda 9-10-sinf o`quvchilari bilan maktabda A.Navoiyning 581-yiligi tadbiriga 9-10-sinf o`quvchilari qatnashdi. 14-fevral kuni Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligini Respublikamiz xalqi keng nishonlanmoqda. Shu jumladan bizning maktabda tadbir bo`lib o`tdi.Tadbirda 9-sinf o`quvchilari ishtirokida o`zaro 4ta shart bo`yicha bellashuv bo`lib o`tdi. Bellashuv shartlari 1.Tanishtiruv 2.Ruboiylardan aytish 3.Sahna ko`rinishi 4.Savol javob 1-Mart O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavallud kuniga bag`ishlab tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirda 9-10-11-sinflar qatnashdi tadbirda Zulfiya Isroilovaning she`rlaridan o`quvchilar aytib o`tdi. 6-mart kuni 8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan sen baribir muqaddassan ayol shiori ostida ma`naviy ma`rufiy tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbir maktabning 8-9-10-11-sinf o`quvchilari o`rtasida Balli qizlar tanlovi o`tkazildi. 19-mart 21-mart Navro`z bayrami kuni muosabati bilan Xush kelding Navro`zim shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar bo`lib o`tdi. 7-may kuni Bulung`ur tumani XTBga qarashli 57-umum ta`lim maktabida 9-may Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramiga bag`ishlangan tadbirga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha ``Inson xotirasi muqqaddas-qadri ulug```shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbiri tashkil etildi. 16-may kuni ``She`rxonlik`` kechalari bo`lib o`tdi. Tadbirda 5-8-9-10-11-sinf o`quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda 8-sinf o`quvchisi Qulbekova Go`zal 1-o`rinni oldi. 25-may kuni So`nggi qo`ng`iroq bayramiga bag`ishlab ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Maktab targ`ibotchisi Sh.Gulmurodova Nurobod tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Yashash hududimizdagi kasblar ” mavzusida o’quvchilarga targ’ibot tashviqot ishlari olib borilganligi to’g’risida Ma’lumotnoma Maktabning 9-10-11-sinf o’quvchilari 64 ta kasblar bilan tanishtirib, yashash hududimizdagi kasblardan birini tanlab o’qish bilan birgalikda o’rganishi haqida ma’lumot berildi. 9-11-sinflarda sinf rahbarlar bilan birgalikda so’rovnomalar olindi. O’quvchilar o’zlariga qiziqarli bo’lgan savollarga javob oldilar.Prezidentimiz tashabbusini o’quvchilar qullab quvvatladi hamda 64 ta kasblar tasvirlangan stend devorga ko’rgazma sifatida ilindi. Maktab psixologi: B.Madartova Nurobod tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida 4-sinfda “Fil ”nomli rasmli metodika yordamida o’quvchilarni ahloqiy va emotsional holatini baholash yuzasidan o’tkazilgan metodika tug’risida Ma’lumotnoma Maktabning 4-sinf o’quvchilarida “Fil” nomli rasmli metodika o’quvchini ahloqiy va emotsional xolatini baholash imkonini beradi.Fil rasmini chizayotib,ham u o’zini muammolarini va hayotga bo’lgan muammolarini o’z qarashlarini ifodalaydi. Yumaloqlik chizmalar 5ta o’quvchida ochiq kungillikdan dalolat.6 ta o’quvchi filning qulog’I,ko’zi,og’zi xartumining uchi va sezgi organlari bilan bog’liq tomonlari ani, bu o’quvchilar hayotda yetarlicha sezgir. 3ta o’quvchi puxta emas. Maktab psixologi: B.Madartova Download 16.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling