Notiqlik va nutq madaniyati alisher navoiy talqinida thesis · May 020 citations reads 20,068 author


NOTIQLIK VA NUTQ MADANIYATI ALISHER NAVOIY


Download 75.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.11.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1795686
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nutqmadaniyativaozbektilshunosligi 20203 1

 
NOTIQLIK VA NUTQ MADANIYATI ALISHER NAVOIY 
TALQINIDA 
 
Tog‘ayev T.M. fil.fan.nom., dotsent, TDO‘TAU 
tm-togay@mail.ru
  
 
Buyuk Alisher Navoiy asarlari tengsiz badiiy, mislsiz ma’naviy va lisoniy 
boylikdir. Bu boylikning tarkibiy qismlaridan birini alloma shoir asarlarida 
uchraydigan nutq madaniyati, notiqliq va so‘z odobiga oid qarashlar, talqinlar 
tashkil qiladi. Mana shu ilmiy-ma’rifiy merosning mazmun va mohiyatini chuqur 
o‘rganib, ularni ilmiy umumlashtirib, zamonaviy o‘zbek tili nutqi madaniyati va 
notiqlik san’atiga doir ishlarni talab darajasiga ko‘tarish lozim. 
Hazrat Navoiy bir umr vasf va shukrini tildan qo‘ymagan Alloh insonni nutq 
va til bilan sharaflab, jamiki mahluqotdan mumtoz qildi:
Ey so‘z bila qilg‘on ofarinish og‘oz, 
Insonni aroda aylagon mahrami roz. 
Chun «kun fayakun» safhasiga bo‘ldi tiroz, 
Qilg‘on oni nutq ila boridin mumtoz. [1, 3].
Aslida olamu koinot, undaki jamiki borliq sohibi qudratning birgina so‘zi 
bilan bunyodga keldi. Ularning ibtido va intihosi ham so‘zga bog‘liq:
Avvalu oxiringga solg‘il ko‘z, 
Bil ham avval so‘zu ham oxir so‘z. 
Yoki: 
Bas avvalg‘i sado so‘z o‘lg‘ay, 
Har savtqa ibtido so‘z o‘lg‘ay. [2, 27]. 
So‘z hayot mohiyati hisoblangan to‘rt unsur: suv, havo, o‘t, tuproq ham, yetti 
qavat osmondagi yetti sayyoraning ham mavjudlik asosidir: 
To‘rt sadaf gavharining durji ul, 
Yetti falak axtarining burji ul. [3, 38]. 
Ulug‘ mutafakkir so‘zning ilohiyligini tarannum etar ekan, bu bebaho 
ne’matga ega bo‘lgan insonning nutqi doim go‘zal, shirin, fasih va ta’sirchan 
bo‘lmog‘i lozimligini talab qiladi, avvalo, bunga o‘zi o‘rnak bo‘ladi. 
Navoiy asarlarida so‘zning azaliy va abadiyligi haqidagi qarashlar, so‘z 
leksemasini qator ma’nolarda qo‘llangani ilmiy tadqiqotlarda atroflicha taqlil 
qilingan [4, 13-15]. Biz quyida so‘zning notiqlik va nutq madaniyatiga oid 
ma’nolari xususida fikr yuritamiz. 
Alisher Navoiy notiqlik san’atiga alohida e’tibor beradi. “Mahbubul-qulub” 
nomli falsafiy asarining 24-faslini “Nasihat ahli va voizlar zikrida” deb ataydi va 
bunda voizlik san’atiga, va’zga, voizga o‘z munosabatini bildiradi. Buyuk shoirning 
voizlik, notiqliq haqidagi fikrlari bugun ham katta qimmatga ega. 
Mutafakkirning fikricha, voiz quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim: 
1. 
Voiz, avvalo, e’tiqodli, din-diyonatli va to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi 
bo‘lmog‘i lozim: “Voiz kerakki, «qolalloh» so‘z aytsa va «qola rasululloh» 


Nutq madaniyati va o
‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari 


Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling