Notiqlik va nutq madaniyati alisher navoiy talqinida thesis · May 020 citations reads 20,068 author


muxolafatidin qaytsa, xudo va rasul yo‘lig‘a qadam ursa. O‘zi kirgondin so‘ngra


Download 75.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.11.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1795686
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nutqmadaniyativaozbektilshunosligi 20203 1

muxolafatidin qaytsa, xudo va rasul yo‘lig‘a qadam ursa. O‘zi kirgondin so‘ngra 
nasihat bila elni ham kivursa. Yurumagon yo‘lga elni boshqarmoq, musofirni 
yo‘ldin chiqormoqdur v biyobong‘a keturmak va bodiyada iturmakdur”.
2. 
Nutq tinglovchi uchun yangi bilimlar va o‘zgarishlar xabarchisi 
bo‘lmog‘i lozim: “Va’z bir murshid va ogoh ishidur va aning nas’hati qabul etgan 
maqbul kishidir”. 
3. Notiqning o‘zi biror sohani egallagan bo‘lishi, undan so‘ng va’z orqali 
kishilarga ta’sir etib, ularni boshqarishi kerak: “Avval bir yo‘lni bormoq kerak, 
andin so‘ng elni boshqarmoq kerak”.  
4. Voiz sahih va solih nutqi, notiqlik mahorati bilan insonlarning ruhiyatiga, 
qalbiga ta’sir eta olsin: “Voiz uldurki, majlisig‘a xoli kirgan to‘lg‘ay va to‘la kirgan 
xoli bo‘lg‘ay”. 
5. 
Notiq olim va bilimdon, har narsadan xabardor kishidir: “Voizkim, 
bo‘lg‘ay olim va mutaqqiy - aning nas’hatidin chiqqan shaqiy (baxtsiz)”.  
6. 
Notiqning so‘zi bilan ishi bir bo‘lmog‘i lozim, aks holda nutqning ta’siri 
bulmaydi: “Ulki buyurib o‘zi qilmag‘ay, hech kimga foyda va asar aning so‘zi 
qilmagay” [5, 29-30]. 
Ulug‘ shoir “Tiling birla ko‘nglingni bir tut, ko‘ngli va tili bir kishi aytg‘on 
so‘zla but” der ekan, o‘zi hamisha bu qoidaga rioya qildi. Til va dil, so‘z va amal 
birligi Navoiy dahosining mumtoz xislatlaridandir. 
Hazrat Navoiy zamonasining notiqlik san’ati namoyondalaridan to‘rt atoqli 
siymoni tilga oladi. Ular Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Mavlono 
Husayn Voiz, Mavlono Muin Voizdir. Voizlarning dono va fozilligi, san’atkor 
notiqligi bilan birga ularning o‘ziga xos xislatlari ham bayon qilingan. Alloma 
shoirimizning voiz va voizlik haqidagi saboqlari ko‘p va xo‘p. Ularni o‘zlashtirish 
bugungi notiqliq martabasiga erishish uchun juda foydalidir.
Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyati va odobiga e’tibor g‘oyat kuchli. 
Shoirning nutq madaniyati va odobi borasidagi fikrlari bunga doir ishda ikki katta 
guruhga bo‘lib tadqiq qilgan: 
1. Navoiy nutq madaniyati va odobining ijobiy omillari haqida.
2. Navoiy nutq madaniyati va odobini buzadigan salbiy omillar haqida. [4, 
15]. 
Alisher Navoiy asarlarida yaxshi nutqning fazilati sifatida ko‘rsatilgan 
fasohat so‘zining ma’nosi nutq madaniyati, til madaniyati tushunchasiga yaqin.
“Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da fasohat so‘zi quyidagicha 
izohlangan: “fasohat - so‘zning ochiq, ravshan, chiroyli va qoidalarga muvofiq 
bo‘lishi” [6, 335]. Navoiy asarlari uchun boshqa bir lug‘atda esa fasih guftorlig‘ 
“chiroyli, yoqimli va ravshan so‘zlashlik” deb izohlangan [7, 636]. “O‘zbek tilining 
izohli lug‘ati”da fasohat so‘zi quyidagicha talqin qilingan: “Chiroyli va yoqimli 
so‘zlash qobiliyati, nutqning aniq va ravonligi” [8, 334]. 
Alisher Navoiy fasohatli tilni va nutq sohiblarini fasih zabon, ilmning 
fasihrozi, fasih tili bila so‘zlovchi, fasihguftor kabi tushunchalar bilan ataydi. 
Masalan, “Majolis un-nafois”da shunday fikrlar bor: 
“Mavlono Qavsariy - Buxorodindur. Qabuliyatlik, xush suhbat, shiringo‘y va 
fasih zabon va donishmand kishi erdi”
[8, 51].


Ilmiy-amaliy anjuman materiallari Andijon, 4 may 2020 y. 

Turkiy tilning yashirin qolgan sirlari, chiroyi va afzalliklari borasida hazrat 
Navoiy shu jumlalarni yozadi:
“Va filhaqiqat agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafzda 
muncha vus’at va maydonida muncha fus’hat topilur, kerakkim, munda har nav’ 
suxanguzorlig‘ va fasihguftorlig‘ va nazmsozlig‘ va fasonapardozlig‘ osonroq 
bo‘lg‘ay va voqe’ osonroqdur
[1, 19]. 
Misollardagi fasohat so‘zining asosiy ma’nolari hozirda nutq madaniyati deb 
yuritilayotgan tushuncha mazmuniga mos keladi. Alisher Navoiyning fasohatli 
nutqni yuzaga keltiruvchi ijobiy omillar to‘g‘risida fikrlari ko‘p. Xususan, lisoniy 
omillarga keng o‘rin berilgan. Bular quyidagilar: 
1. 
Nutq mazmunli, ma’noli bo‘lishi kerak. Navoiy daqiq so‘zini 
“sermazmun, teran ma’noli” ma’nosida qo‘llagan: Bular ul hazratning daqiq 
so‘zin yo anglamay, yo anglasalar buyurulgan yo‘sun bila amal qilmay.” [1, 35].  
2. 
So‘z qisqa bo‘lishi lozim, chunki so‘z qancha cho‘zilsa, kamchiligi 
ham shuncha ko‘p bo‘ladi, ko‘p so‘zdan ko‘p ayb topadilar: 
Bermas tatvil chun suxandon so‘zga,
Qil muxtasar ulcha bo‘lgay imkon so‘zga,
Ko‘p ayb topar kimsa farovon so‘zga,
Chun chekti uzoqqa, yetti nuqson so‘zga. [9, 202]. 
Darhaqiqat, “Chin so‘z - mo‘tabar, yaxshi so‘z - muxtasar”. 
3. Nutq rang-barang, ifodalarga boy bo‘lishi kerak. Navoiy ifodala nutq 
so‘zlamoq tushunchani balog‘atko‘sh so‘zi orqali izhor qiladi: 
Demonkim, so‘z ayturga balog‘atko‘sh o‘l, 
Nafsingga saloh istar esang xomo‘sh o‘l. [6, 208]. 
4. 
Turkiy til boy bo‘lgani jihatdan bir tushunchani ifodalash uchun 
ko‘plab ma’nodosh so‘zlarga ega ekanligini isbotlagan shoir, so‘z takroridan 
qochishga, so‘z yoqimliligiga putur yetkazmaslikka chaqiradi:
Bir deganni ikki demak xush emas,
So‘z chu takror topdi, dilkash emas.
Alisher Navoiyning notiqlik, nutq madaniyati va odobi haqida aytgan 
quyidagi fikrlari g‘oyat qimmatlidir: 
“Tilingni ixtiyoringda asrag‘il, so‘zungni ehtiyot bila degil. Mahallida aytur 
so‘zni asrama, aytmas so‘z tegrasiga yo‘lama. So‘z borkim, eshituvchi tanig‘a jon 
kiyurur va so‘z borkim, aytg‘uvchi boshin yelga berur. Tiling bila ko‘nglungni bir 
tut, ko‘ngli va tili bir kishi aytg‘on so‘zla but. So‘zni ko‘nglungda pishqormaguncha 
tilga kelturma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa tilga surma. Agarchi tilni asramoq 
ko‘ngulga mehnatdur, ammo so‘zni sipamoq boshqa ofatdur. Aytur yerda unutma, 
aytmas yerda o‘zungni mutakallim tutma. Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdin qayt. 
Oqil chindin o‘zga demas, ammo barcha chinni ham demak oqil ishi emas”. [10, 
129].
Bugungi kun o‘quvchisi uchun hech bir izohsiz, ochiq-oydin tushunarli 
bo‘lgan bu purma’no tanbehlarda nutq ma’daniyatining eng muhim talablari o‘z 
aksini topgan.


Nutq madaniyati va o
‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari 
10 
Umuman, Alisher Navoiyning so‘zning qudrati, muqaddasligi haqidagi 
fikrlari, notiqlik va nutq madaniyati yuzasidan bildirgan mulohazalari, o‘gitlari 
yoshlar ta’lim-tarbiyasi, insonlarning ma’naviy kamoloti uchun xizmat qiladi. 
Adabiyotlar: 
1. 
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 16-jild. -Toshkent: Fan, 2000. 
2. 
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 9-jild. -Toshkent: Fan, 1992.
3. 
Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. -Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi “Adabiyot va 
san’at nashriyoti”, 1989. 
4. 
Islamov O‘. Alisher Navoiy asarlarida nutq madaniyati talqini: filol. fan. nom. 
dissertatsiya avtoreferati. -Toshkent: 2011, -B.29. 
5. 
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 14-jild. -Toshkent: Fan, 1998.
6. 
Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. III jild. -Toshkent: Fan, 1984. 
7. 
Navoiy asarlari lug‘ati. -Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi “Adabiyot va san’at 
nashriyoti”, 1972. 
8. 
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1V jild. -Toshkent: “O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. 
9. 
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 15-jild. -Toshkent: Fan, 1999. 
10. 
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 14-jild. -Toshkent: Fan, 1998. 

Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling