Noverbal aggressiyaning qiyosiy tahlili
Download 287.91 Kb. Pdf ko'rish
|
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARI BADIIY ASARLARIDAGI VERBAL VA NOVERBAL
- Bu sahifa navigatsiya:
- But, damn it
Analyze and results
Verbal va noverbal muloqotning ayrim tarkibiy qismlari tinglovchining xabarni aggressiv deb qabul qilishiga bevosita ta'sir qiladi. “Leave me now”, said a stern voice behind him [10;134]. Yuqoridagi misolda so’zlovchi o’z noroziligini “stern” (“something that someone says or does that expresses disapproval”) shaxs o’z noroziligini bildirish uchun biror bir hatti-harakatni amalga oshirishi yoki nutqida ifodalashini anglatuvchi sifat so’z turkumining “voice” otiga qo’shilishi aggressivlikni yanada oshishiga xizmat qiladi. 4 Lekin, ingliz tilidan farqli ravishda o’zbek tilida “ovoz” so’zi gap tuzilishida birlamchi ma’no anglatmaydi va aggressivlik tushunchasi ko’proq sifat “dag’dag’ali” so’z turkumi orqali ifodalanadi. Tashqaridan O‘tagan maxsumning dag‘dag‘ali ovozi eshitiladi: «Ame-et!..» [8;57]. Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi gapda “dag’dag’ali ovoz” iborasini o’rniga “dag’dag’asi” so’zining yakka holda kelishi aggressiyaning kuchliroq namayon bo’lishiga xizmat qiladi. Demak ingliz tilida aggressivlikni ifodalash uchun qo’shimcha ma’no emotisional so’z bilan yuklansa, o’zbek tilida so’zning ichki konnotativ ma’nosida aks etadi. Ta’kidlashimiz kerakki, yuqoridagi misollarning ikkalasida ham qahramon nutqida aggressivlikning alamzada holatda ifodalanishi aks etgan. Til va nutqda emotsional reaktsiyaning namoyon bo'lishi odamlar o'rtasidagi muloqotning muhim tarkibiy qismi bo'lib, ularning o'ziga xos psixologik holatini tavsiflaydi. Til va nutqda emotsional reaktsiyaning namoyon bo'lishi odamlar o'rtasidagi muloqotning muhim tarkibiy qismi bo'lib, ularning o'ziga xos psixologik holatini tavsiflaydi. Bu holatni ifodalanishi birgalikda yaxlit ma’noga ega bo’lgan frazeologik iboralar orqali ifodalanishi ingliz va o’zbek tillari g’azab, nafrat, norozilik kabi aggressiv holatni yuzaga keltiradi. Lekin ular ifodalayotgan ma’no ikki tilde ta’sirchanligi jihatdan bir biridan farq qilishi mumkin. LIZA. Oh, Freddy, a taxi. The very thing. FREDDY. But, damn it, I’ve no money [9;120]. Ushbu misolda g’azablanish tushunchasi qahramonning taksiga puli yo'qligi bilan ifodalanadi. Nutqda “damn it!” (used to show that you are annoyed or disappointed) [11;339] iborasining ishlatilishi aggressivlik hissiyotining o’ta kuchli ekanlgidan dalolat beradi. Ammo so’zlovchining nutqi faqatgina g’azab tushunchasi bilan kifoyalanmagan. Chunki nutqning boshlanishida “but” bog’lovchisining ham ishlatilishi g’azablaish bilan bir vaqtda ko’ngil qolishi konseptini ham yuzaga keltirmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling