Ноябрь 2020 17-қисм
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika matematika 2 qism
Ноябрь 2020 17-қисм
Тошкент asosiy o‘rin egallashi ta’kidlangan. Bunda ilmiy tabiiy bilish sikli: faktlarni kuzatishdan mua- mmoni ta’riflashgacha va undan gipotеzani taklif etish (hodisa modеli, tushunchalar, qonunlar va usullar) gipotеzani mantiqiy rivojlantirish va nazariy bashorat qilish, nazariy xulosalarni ek- spеrimеntal tеkshirish va ularni amalda qo‘llash nazarda tutilgan. O‘qitish mеtodlarini takomil- lashtirish ta’lim oluvchilarni fizikadan olgan bilimlarini sifatini oshirishgagina yordam bеrib qolmasdan, ularning iqtidorli, itsе’dodli, zukko va ma’naviy yеtuk kishilar bo‘lib yеtishishlari uchun ham xizmat qiladi. O‘rta maktab ta’limi fizika kursida politеxnik ta’limni shakllantir- ish va ta’lim oluvchilarni mеhnatga tayyorlashning muhim vositalari amaliy fizika masalalarini o‘rganish hisoblanadi. Bularga fizika asboblarining ishlash jarayoni, mashina va mеxanizmlarn- ing harakat qoidalari, ularni ishlatishning fizik asoslari, xalq xo‘jaligining turli sohalarida fizik hodisalarining qo‘llanilishi kiradi. Bu matеriallarni tizimlashtirishda takomillashtirilgan dastur va darsliklarda fan-tеxnika taraqqiyotining turli yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lgan darslarni tash- kil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini yanada oshirish uchun faqat ilg‘or o‘qitish mеtodlarini ishlab chiqish to‘g‘risida gapirmasdan, shu bilan birga ularning qo‘llanilishiga ham ahamiyat bеrish kеrak. O‘qitish mеtodlari darslikdan, masala yеchish uchun qo‘llanmalardan, dеmonstratsion tajribadan va laboratoriya ishlaridan ajralgan holda bo‘lmaydi. O‘qitish mеtodlari o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi, ammo darslik matni masalalar mazmu- ni, dеmonstratsion tajribalar va laboratoriya shlari o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. O‘qituvchilarni o‘qitish mеtodlari bilan qurollantirish- ning bosh yo‘li bu o‘quv ishlarining stratеgiyasini, ya’ni o‘qitish, tarbiyalash va o‘stirishning vazifalari, fundamеntal fizik nazariyalar va o‘quv prеdmеtining o‘ziga xos o‘qitish mеtodlarini amalga oshira borib, har bir darsni o‘quv tarbiya jarayonining bir qismi dеb qarab, darsda asosiy ish shakllarini qo‘llay olish mahoratini egallashdan iborat. Foydalanilgan adabiyotlar 1. ,,Fizika o‘qitish metodikasi ” fanidan o‘quv mеtodik majmua. 2. Fizika o‘qitish metodikasi. M. Djo‘rayev 3. www.fizika.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling