Nukleoproteidlar gidroliz maxsulotlarini aniqlash


Download 35.74 Kb.
Sana08.01.2023
Hajmi35.74 Kb.
#1084644
Bog'liq
2 5213066853882009228

Nukleoproteidlar gidroliz maxsulotlarini aniqlash




Polipeptidlarni aniqlash. Filtratni bir qismi bilan (1-2 ml) biuret reaksiyasi o‗tkaziladi (2 ml o‗yuvchi natriy va 1-2 tomchi mis sulfat qo‗shiladi).
Purin asoslarini aniqlash. 2 ml filtratga konsentrlangan ammiak lakmus qog‗ozi ishqoriy reaksiya ko‗rsatguncha qo‗shiladi va unga 1ml ammiakli kumush oksidi qo‗shiladi. Bir necha daqiqadan so‗ng purin asoslarining kumush tuzlari cho‗kmaga tushadi.
Pentozalarni aniqlash asosida pentozalarning timol va konsentrlangan sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishishiyotadi. Sulfat kislota pentozalarning degradatsiyasiga va furfurol hosil bo‗lishiga olib keladi. Furfurol timol bilan birgalikda qizil rangli birikma (kondensat maxsuloti) hosilqiladi.
1 ml filtratga 2-3 tomchi 1% timolni spirtdagi eritmasini qo‗shamiz, keyin extiyotkorlik bilan probirka devoridan 1 ml konsentrlangan sulfat kislotani quyamiz. Suyuqligimizda qizil rang xosil bo‗ladi.
Fosfor kislotasini aniqlash molibden reaktivi bilan sariq kristalik ammoniyning fosforli molibden oksidi cho‗kmasini hosil qilishga asoslangan:


N3RO4+12(NH4)2MoO4+21HNO3 (NH4)3PO4·12MoO3+21NH4NO3+12H2O


1-2 ml filtratga teng hajmda molibden reaktivi qo‗shib, 2-3 daqiqa qaynatiladi. Natijada ammoniyning sarig‗ rangli fosforli molibden oksidi hosil bo‗ladi. Bu birikma uzoq vaqt turganda cho‗kmaga tushadi.
Download 35.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling