Nukus innovatsion instituti xorijiy tillarning intensiv kursi


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)


Download 157.93 Kb.
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi157.93 Kb.
#1271631
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
B14FORL, B24FORL (Xorijiy til) FD

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
Umumiy mavzular (O'zi haqida, oilasi, ish kuni, sevimli mashg'ulotlari, bo'sh kuni haqida va h.k...)
Ijtimoiy mavzular (atrof-muhit, maishiy masalalar, shaxs va kasb
psixologiyasi, global muammolar)
Ijtimoiy-madaniy mavzular (ilmiy va sohaga oid vaziyatlarda madaniy qiyoslash, dunyo va tili o'rganilayotgan mamlakatlarning madaniy, ijtimoiy xususiyatlari)
Ta'limga oid mavzular (ta'lim tizimi, davomli ta'lim, ma'ruzalar, maqola, rasmiy va norasmiy murojaat, esse yozish, o'qish va o'rganish strategiyalari va h.k.)
Internet va axborot texnologiyalariga oid mavzular. (jahon va yurtimiz miqyosidagi fan va texnika yangiliklari, yutuqlari, internet tarmoqlaridan foydalanish)
Iqtisodiy savodxonlik va boshqaruvga oid mavzular (pul muomalasi, ta'limda menejment va uni amalda qo'llash)
Mutaxassislik sohasiga oid mavzular (soha yo'nalishlari, dolzarb mavzulari, mas'uliyat, hujjatlar yuritish, kasbiy etika, muzokaralar olib borish, mutaxassislik sohasidagi ilmiy va amaliy yutuqlar, innovatsioya g'oyalar va yangiliklar)
Grammatik mavzular
Ingliz tili:
- Artikl va otlarning qo'llanilishi;
- sifat va ravishlar;
- zamonlar moslashuvi;
- kelasi zamon fe'li;
- shart ergash gaplari;
- modal fe'llar: can't have, needn't have;
- majhul nisbatlar;
- o'tgan tugallangan;
- o'tgan tugallangan davom fe'llari;
- qo'shma gaplar;
- o'zlashtirma gap;
-wish gailar;
- would (odatlarni ifodalash, o'tgan zamon).


III. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Dastur talabalar uchun belgilab berilgan B2 (DTS) darajani egallashga qaratilgan. Ushbu darajaga erishish talabalarda ilmiy va sohaviy faoliyatda yuzaga keladigan til bilan bog'liq vaziyatlarda erkin muloqotga kirishishlarini va vaziyatni samarali hal qilishlarini ta'minlaydi.
Moduli bo'yicha talaba quyidagi bilim va ko'nikmalarni egallashi shart:
- o'rganilayotgan tilda so'zlashuvchilar bilan muloqotga kirishish; oldindan tayyorgarlik ko'rilmagan jonli muhokama va munozara yuritish;
- o'z sohalariga oid interv­yuda ishtirok eta olish;
- bitimga kelishuv yoki muammo yechimini topishda rasmiylik va xushmuomalalikdan foydalanish,
- rasmiy muhokama doirasida o'z fikr va mulohazalarini aniq ifodalash; o'z hamkorlari bilan muzokara yurishtish;
- ma'lum masala yuzasidan madaniy tartibga amal qilib ma'lumot yoki iltifot so'rash;
- muhokamalarda o'z fikrlarini asoslash, o'zgartirib talqin eta olish va tuzatish;
- rasmiy doiralarda (masalan, seminar va hokazolar) xos ravishda savol- javob qilshp;
- ma'lum mavzu bo'yicha yaxshi takdimot qilish;
- o'z sohasi bo'yicha ma'lumotlarni aniq va batafsil bayon etish;
- so'z yasalishi (qo'shma so'zlar va affiksatsiya), o'zlashma (baynalmilal) va o'zakdosh so'zlar;
- antonimlar, sinonimlar va boshqa umumleksik munosabatlarni ko'llay olish.
- chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish. ayrim ma'lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo'nalishni aniqlash uchun o'qish.

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.





Download 157.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling