Ikki nuqtaning ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda ikki nuqta qo‘yiladi:
Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrning sababini, natijasini bildirsa: Shoazim o‘ng‘aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko‘ngliga bahs sig‘mas edi.(P.Q.)
Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi gapdan anglashilgan fikrni izohlab kelsa: Uning otasi bir yilda bog‘ni juda yashnatib yubordi: yangi daraxtlar ekdi, go‘zal gulzorlar yaratdi, turli-tuman payvandlar qildi.
Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapning kesimini to‘ldirib kelsa: Bildi ota: foydasizdir qiynamoq. (H.H) Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |