1-mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘ying: madaniy, sho‘r, boy, kambag‘al, aqlli, ahmoq, milliy.
1. Ovqatga tuzni ko‘p solibsan, ovqating sho’r bo‘libdi.
2. Do‘ppi va chopon o‘zbeklarning milliy kiyimi.
3. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanyapti.
4. Amerika dunyodagi eng boy mamlakatdir.
5. Agar odamda muammo paydo bo‘lsa, aqlli kishi muammoning sababini o‘zidan izlaydi, ahmoq kishi boshqa odamlardan qidiradi.
6. Afrika mamlakatlarida aholining kambag’al qismi ko‘pchilikni tashkil qiladi.
2-mashq. Qavs ichidagi fe’llarni kerakli sifatdosh shaklida yozing.
Namuna: Men (oqi) kitob qiziq ekan. Men o‘qigan kitob qiziq ekan.
1. Yog‘gan yomg‘ir kechqurun to‘xtadi.
2. Ko‘p o‘qigan odam ko‘p biladi.
3. Bu shaharga birinchi marta keldim. Tanishlarim, yashagan joyim yo‘q.
4. Men senga hozir biz oldin yashagan uyni ko‘rsataman.
5. Tuzgan gaplaringizni o‘qing.
7. Men va do‘stim ustida ishlagan loyiha juda qiziqarli.
8. Siz meni tanishtirmoqchi bo‘lgan odam shumi?
9.Ishlagan joyingni menga ayt, men bilishni istayman.
10. Iltimos, men senga o‘tgan hafta bergan kitobimni qaytarib ber.
Do'stlaringiz bilan baham: |