«Nur» mchJ 0 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda edi. Oxirgi yilda kompaniya moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda


Download 32.67 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1743473
Bog'liq
Azatov Jamoladin Банкротлик oraliq


Kazus
«Nur» MChJ 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda edi. Oxirgi 2 yilda kompaniya moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. “Safo” XK «Nur» MChJ foydasiga 500 million so‘mlik qurilish ishlarini bajargan, ammo 70 kundan beri unga haq to‘lanmagan. Shuningdek, «Nur» MChJ Ipotekadan bankdan olgan kreditidan qolgan 60 million so‘mni ham 5 oydan buyon qaytara olmayapti. Bankning bir necha bor ogohlantirishi va sud ijrochisining harakatlariga qaramay qarzdorlik qoplanmagan. Eng yomoni kompaniya xodimlari ham 6 oydan buyon ish haqlarini ola olmagan. Ushbu korxonada jami 2210 ta xodim ishlaydi. Xodimlardan faqatgina Karimov kompaniyani bankrot deb topish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritmoqchi. Biroq, boshqa xodimlar sabr qilishini aytishdi. Karimov huquqshunoslar bilan maslahatlashganda, ular da’vo arizasini kompaniya joylashgan yerdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga berishi kerakligini aytishdi. Karimov kompaniya vakillarini bu holatda kompaniyaning o‘zini o‘zini-o‘zi bankrot deb topshi to‘g‘risida sudga murojaat qilishga majbur ekanligi haqida ogohlantirganda, rad javobini oldi. Masalaga huquqiy baho bering. Masalalarni batafsil tahlil qilgandan so‘ng, «Nur» MChJga nisbatan bankrotlik ishi ochilishi yoki ochilmasligi borasida xulosaga keling.
1.“Safo” xususiy korxonasiga bajargan ishi uchun 70 kundan beri haq to’lanmaganligi va bankdagi kreditining 5 oydan buyun qaytarolmayotganligi.
To’lovga qobilyatsizlik to’g’risidagi qonunning 5-moddasida vaqtinchalik to’lovga qobiliyatsiz deb topish tartibi berilgan, unga ko’ra 3 oy ichida yuzaga kelgan majburiyatlarni bajarolmagan bo’lsa vaqtinchalik to’lovga qobiliyatsiz deb topiladi.
Shu joyida shaharga tenglashtirilgan korxona deganda ishchilari hisoblaganda 3 ming nafar kishini tashkil etishi lozim. Demak “Nur” MCHJ shaharni tashkil etuvchi va ularga tenglashtirilgan korxonalar safiga kirmaydi. Chunki kompanyada 2210 ta hodim mavjud. Shuning uchun bu korxonani vaqtincha to’lovga qobilyatsiz deb topiladi.
2.Xodimlardan faqatgina Karimov kompaniyani bankrot deb topish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritmoqchiligi.
Bankrot deb topish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat etish faqat qarzdor va kriditor bunday huquqga egadir. Bu ish bo’yicha sudga murojaat qilish qarzdorni majburiyati. Asos qilib To’lovga qobilyatsizlik to’g’risidagi qonunning 7-moddasi birinchi qismida aytib o’tilgan.
Korxonaning xodimlari bankrotlik ishi bilan sudga murojaat etishga huquqi yoq.
Sudga murojaat etish uchun asosi sifatida yuqorida aytilgan majburiyatlarni bajarmaganlikini asos qilsa bo’ladi.
3.Karimov kompaniya vakillarini bu holatda kompaniyaning o‘zini o‘zini-o‘zi bankrot deb topshi to‘g‘risida sudga murojaat qilishga majbur ekanligi haqida ogohlantirganda rad javobini olishi.
To’lovga qobiliyatsizlik to’g’risiagi qonunning 9-moddasida bunday holatda sudga murojaat qilish majburiyati borligi haqida aytib o’tilgan.
9-modda birinchi qismida bir yoki bir necha kreditor majburiyatini bajarolmasa yoki pul majburiyatlarini bajarolmasa sudga murojat etish majburligi ko’rsatib o’tilgan.
Ikkinchi qismida qarzdor tasis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to’g’risidagi qaror qabul qilish vakolati bo’lgan organ tomonidan qarzdorni tugatish to’g’risidagi sudga ariza berish tog’risidagi qaror qabul qilingan bo’lsa
Uchunchi qismida qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
To’rtinchi qismida qarzdorning mol-mulkiga qaratilgan undiruv qarzdorning xo‘jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo‘yishi yoki kreditorlar talablari qanoatlantirilmasligiga olib kelgan bo‘lsa.
Beshinchi qismida agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qanoatlantirish imkonsizligi bo‘lsa, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi sudga ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan murojaat etishi shart.
Kompaniya vakillarining rad javoblarini bermasligi lozim. Vakillarning bunday holatda sudga bankrotlik ishi bilan murojaat qilishlari lozim.
Agar to’lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi ish bilan sudga to’lovga qobilyatsizlik vujudga kelganda sudga bir oy ichida murojaat etilmasa 10-modda bo’yicha korxona rahbari javobgarlikka tortiladi.
4. Bankrotlik ishi ochilishi yoki ochilmasliki.
Ish ochiladi. Kampanya vaqtincha to’lovga qobilyatsiz deb topiladi. Asos qilib
“Safo” MCHJ ga 70 kundan buyon bajargan ishi uchun haq to’lanmaganligi , bankdan olingan kreditning 5 oydan buyon qaytarilmaganligi, qonunning 5-moddasi birinchi qismiga ko’ra 3 oy ichida qaytarmasa topilishi lozim.
Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling