1. Kundalik hayotda yoshi katta odamlar yoki muallimlaringiz o‘zaro suhbatlarida nutqi ta’sirli
chiqishi uchun nimalarni ishlatishadi? – Har xil maqol va masallar, hikmatli so‘zlar yoxud
kichik-kichik ibratli voqealarni.
2. Qay tarzda bildirilgan fikr oddiy xabardan ko‘ra kishilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi?
– Maqol yoki masal orqali ifodalangan fikr.
3. “… maqol va matallar bejiz paydo bo‘lmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifodasi”.
Ushbu fikrlar muallifi kim va qaysi asardan olingan? – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida.
4. Kishilarning o‘z nutqiga maqol va matal qo‘shib so‘zlash usulini yevropaliklar qanday
atashadi? – “Ezop tilida so‘zlash” yoki “Ezopona til”.
5. Gretsiya va Makedoniya davlatlarining umumiy nomi oldinlari qanday atalgan? –
Yunoniston.
6. Rivoyatlarga ko‘ra, qachon Yunonistonda quldorlik tuzumi hukm surgan? – mil. avv. VI
asrda.
7. Mil. avv. VI asrda Yunonistondagi qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo
o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand kim edi? – Ezop.
8. Ezopning asl kelib chiqishi qaysi mamlakatdan edi? – Frigiya mamlakatidan.
9. Ezop o‘z aql-farosati bilan qullikdan ozod qilinib, kimning saroyida xizmat qilgan? – Lidiya
shohi Krez saroyida.
10. So‘ng kimning saroyida xazinabon darajasigacha ko‘tarilgan? – Vavilon shohi Likurg
saltanatida.
11. Haqgo‘yligi, adolatparastligi, kinoyali achchiq tili uchun uning dushmanlari Ezopni qay
tarzda halok qilishadi? – Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otib yuborishadi.
12. “Ezop masallari” kitobida qancha masal jamlangan? – 500 ga yaqin.
13. Ezopning xo‘jayini Samos oroliga yrtib kelishgach, uni kimga sotadi? – Shu yerlik mashhur
Do'stlaringiz bilan baham: |