Nuraddin raxmanov adabiyot 5-sinf (savol-javob)


 “Muhaddis” so‘zining ma’nosi nima? – “Hadis biluvchi”, “hadis aytuvchi” degani


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/48
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1378587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
5-sinf Adabiyot

3. “Muhaddis” so‘zining ma’nosi nima? – “Hadis biluvchi”, “hadis aytuvchi” degani. 
4. Hadis nima? – Hadis bu – payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) so‘zlaridir. 
5. Imom Buxoriy qanday alloma? – U kishi payg‘ambarimiz so‘zlarini yig‘gan, o‘rgangan va 
aytgan allomadir. 
6. Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda oldindagi boshlab boruvchi kim deb ataladi? – Imom deb 
ataladi. 
7. Islomda islomiy yashash va o‘zaro muomala qilishning bosh kitobi bu – Qur’oni Karim. 
8. Payg‘ambarimizga vahiy qilib yuborilgan kitob bu … - Qur’oni Karim. 
9. “Vahiy” nima? – Alloh taoloning o‘z sevgan bandasi diliga ilohiy so‘zlarni solishi. 
10. Qur’oni Karimning yana bir nomi qanday? – “Kalomi Alloh” (“Alloh so‘zlari”). 
11. Qur’oni Karimni xalq orasida qanday atashgan? – “Kalomulloh”. 
12. Hadisning vazifasi qanday? – U Qur’oni Karimdagi oyatlarni tushuntiradi. 
13. Qur’oni Karimdan keyingi eng muhim qo‘llanma nima? – Hadis. 
14. Hadis yig‘ish qachon boshlangan? – Payg‘ambarimiz davrlaridan. 
15. Islom dushmanlari nima maqsadda soxta hadislar to‘qishgan? – Ular Islomni 
obro‘sizlantirishni, musulmonlarni chalg‘itishni maqsad qilishgan. 
16. Hadisshunoslik fani nima bilan shug‘ullangan? – Hadislarni “sahih” (ishonchli) va 
“nosahih” (ishonchsiz) ga ajratish bilan. 
17. Payg‘ambarimiz so‘zlari bu - … – Hadis 
18. Hadislar kimlardan yig‘ilgan? – Roviylardan. 
19. “Roviy” so‘zining ma’nosi nima? – “Ma’lumot beruvchi”, “ma’lumot aytuvchi”. 
20. “Roviylar” necha xil bo‘lgan? – 2 xil: 1. Sahobalar; 2. Tobeinlar. 
21. Sahobalar kimlar? – Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lgan 
izdoshlari. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling