Nurash atmosferaning fizik-kimyoviy, yer osti va yer usti suvlari hamda


Download 91.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi91.54 Kb.
#1495560
Bog'liq
Nurash - Vikipediya



Nurash
Nurash — atmosferaning fizik-kimyoviy,
yer osti va yer usti suvlari hamda
organizmlarning taʼsirida yer yuzidagi tog
jinslari va minerallarning buzilish va
yemirilish jarayoni. N.ning fizik, kimyoviy
va organik turlari maʼlum. Sodir boʻlish
muhitiga koʻra, atmosfera va suv osti N.
farqlanadi. Fizik N. temperaturaning
keskin oʻzgarib turishi va tog jinslarining
quyosh nuridan har xil qizishi sababli
katta-kichik boʻlaklarga boʻlinishidir.


Bunda nuragan tog jinsini tashkil etuvchi
minerallarning kimyoviy tar-kibi deyarli
oʻzgarmaydi. Togʻ jinslarida koʻplab
yoriklarning boʻlishi va suvning muzlab
qolishi fizik N.ni tezlashtiradi. Suv
muzlaganda hajmi kengayib, yoriq
devorlarining 1 sm2 yuzasiga taʼsir etgan
kuchi 870 kg ga yetadi. Bunday N. yalang
togʻ jinslarida, baland togʻlarda yilning
hamma faslida sodir boʻladi. Natijada
chaqiq jinslar uyumi hosil boʻladi.
Yemirilgan jinslar zarrachalarining
kattaligi 0,01 mm gacha yetishi mumkin.
Kimyoviy N.da togʻ jinslarining kimyoviy
tarkibi oʻzgarib yer yuzasida barqaror
minerallar hosil boʻladi. Togʻ jinslari


yoriklaridagi erkin kislorod, karbonat,
sulfat va organik kislotalarga boy boʻlgan
suv oksidlanish va qaytarilish
reduksiyalariga sabab boʻladi. Kimyoviy
N. natijasida turli togʻ jinslari, gillar hosil
boʻladi.
Organik (biologik) N. oʻsimlik va
organizmlarning togʻ jinslariga taʼsiri
natijasida sodir boʻladi. Bunda yer
yuzasidagi oʻsimliklar asosiy omillardan
hisoblanadi. Oʻsimliklarning ildizi togʻ
jinslari orasiga yorib kirib, ularni turli
boʻlaklarga ajra-tadi va darzlarni
kengaytiradi. Chirigan ildizlardan kirgan
suv togʻ jinslarida muzlab, N. jarayonini
tezlashtiradi. Yerdagi mikroorganizmlar


gil va lyoss jinslari orasida koʻp miqdorda
gʻovaklar hosil qilib ularni yemi-radi. N.
jarayoni natijasida turli choʻkindi jinslar va
koʻpgina foydali qazilmalar (kaolin, oxra,
oʻtga chidamli tuproklar, qum, temir,
alyuminiy, marganets, nikel, kobalt, oltin,
platina sochmalari va boshqalar) hosil
boʻladi.
[1]
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 14:45 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Nurash&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Nurash&oldid=2850781" 
dan olindi

Download 91.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling