Nurash jarayonlari. Shamol, oqar suvlarning geologik ishi


Download 66.5 Kb.
bet2/7
Sana13.04.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1353460
1   2   3   4   5   6   7

Atmosfera va tabiiy jarayonlarning qonuniyatlarini tarixiy yusinda tekshirsa, geograf geologlarning xulosalariga asoslanib, yer morfologiyasi qonuniyatlarini Yer yuzasining xozirgi ko`rinishiga qarab geografik nuqtai nazardan tekshiradilar.

Geologik jarayonlar yerning xamma qatlamlarida va ularning bir-biriga yondosh chegaralarida xam litosfera chegarasida eol jarayonlar, gidrosfera va litosfera chegarasida denudatsiya, eroziya, abraziya jarayonlari yuz beradi. Yer qatlamlari ichida esa, yer osti suvlvri harakat qiladi, ya`ni gidrogeologik jarayonlar ( karst, suffoziya, cho`kish va boshqalar) yuz beradi. Yer po`stidagi harakatlar geologiyada tektogenez yoki kengroq qilib aytganda geotektogenez deb ataladi. Magmaning hosil bo`lishi, xarakati, qotishi va aralashish jarayonlari magmatizm deb ataladi.

Geologik jarayonlar haqida so`z yuritganimizda eng avvalo ekzogen geologik jarayonlar haqida to`xtalamiz. Ekzogen jarayonlar deyilganda yer yuzasida ya`ni atmosfera bilan litosfera chegarasida boradigan jarayonlar tushiniladi.

Issiqlik almashinuvi. Atmosferaning yer yuzasiga ta`sirida eng avvalo issiqlik almashinuvi kuzatiladi. Atmosfera quyosh radiatsiyasini 15% atrofida, yer yuzasi esa 43 % iga yakinini uziga yutadi. Shu sababli yer yuzasining kunduzi va kechasi keskin temperaturasini o`zgarib ketishidan atmosfera saqlab turadi.

Atmosfera doimiy harakatda va bu xarakati juda sekin xarakatlanadigan yer qobig`ining rivojlanishida juda katta axamiyat kashf etadi. Suv parlari (bulutlar) ning keltirilishi va yerdagi suvning aylanma xarakati xavoning рarakati bilan bog`ik. Shuningdek, shamollar tog`jinslarini yemiradi va yemirilgan bo`klarni yer yuzasi bo`ylab tarqatadi. Atmosfera harakatining asosiy sabablaridan birinchi navbatda quyosh energiyasi, so`ngra esa yerning aylanishi, dengizlar va quriqliklarning bo`linishi, materik relyefining xarakteri va xavoning yer yuzasiga ishqalanishi hisoblanadi. Bu omillar ta`siri natijasida yerda xavo bosimining xar xil bo`lishiga olib keladi va yuqori bosimli oblastlardan past bosimli oblastlar tomon xavoning oqimi yuz beradi. Shamolning tezligi 1806 yilda angliya admirali F. Bofort tomonidan taklif etilgan va xozirgi vaqtda uncha katta o`zgartirishlarsiz qabul qilingan 12-balli shkala buyicha o`lchanadi. Shu jumladan 1946 yilda dovullar uchun 6 ga bo`linuvchi shkala qabul qilingan.


Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling