Nuriddinov laziz faxriddinovichning
Download 19.85 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUTAXASSISLIK: JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI 51-21 GURUH TALABASI NURIDDINOV LAZIZ FAXRIDDINOVICH
- Amalyot rahbari: Xoliqov B. Ilmiy rahbar: Axmedov I.A. Magistratura talabasi: Nuriddinov L.F.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Magistratura bo‘limi MSM 51-21 guruh talabasi NURIDDINOV LAZIZ FAXRIDDINOVICHNING Ilmiy amaliyot hujjatlari O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI MUTAXASSISLIK: JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI 51-21 GURUH TALABASI NURIDDINOV LAZIZ FAXRIDDINOVICH “SPORT MENEJMENTI VA IQTISODIYOTI” KAFEDRASIDA ILMIY AMALIYOT FAOLIYATI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HISOBOTI Sentabr oyining 12 sanasida biz magistrantlar uchun magistratura bo‘lim boshlig‘i Maxamadjanov F.R. boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Universitet magistrantlarining ilmiy amaliyoti ta’lim tizimining ikkinchi bosqichida malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoning ajralmas qismi bo‘lib u bazaviy muasssalarida amalga oshirladi. Yig‘ilishda magistratura bo‘lim boshlig‘i Maxamadjanov F. boshchilik qildi. Bizga amalyot davomida bajarilishi kerak bo‘ladigan ishlarni bajariladigan ishlar mazmuni, imiy amaliyot mazmuni, o‘quv ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazilishi ilmiy amaliyot davrida magistratura talabasi tomonidan ilmiy ishlarning olib borilishi tog‘risida ma’lumot berdilar. So‘ngra biz biz amalyot o‘tash bo‘yicha “Sport menejmenti va iqtisodiyoti” kafedrasiga borib kafedra mudiri Ziyadullayev K.SH suhbat olib bordik. Ular bizga kafedra tarixi, professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot berib o‘tdilar. Kafedra o‘quv ishlariga mas’ul va ma’naviy-ma’rifiy ishlar mas’ul xodimlar bilan tanishdi. Kafedra o‘qituvchilari bizga kafedrada yuritilayotgan me’yoriy huquqiy hujjatlar haqida aytib o‘tishdi. Hozirda ular 6099-sonli qaror bilan ish olib borilayotgani haqida ma’lumot berdilar. Shundan so‘ng, men Shaxsiy ish reja tuzishni boshladim. O‘zim qiziqtirgan savollarni berib bordim. Kafedra o‘qituvchilari javob berib borishdi. Ularning o‘quv hujjatlari(o‘quv reja, fan dasturi, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar)ni o‘rganib bordim. O‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari haqida ma’lumotga ega bo‘lib bordim. O‘qituvchi Xoliqov B.Sh. ning dars o‘tish jarayonini kuzatdim. Ma’ruza mashg‘ulotlarini kuzatib bordim. Yangidan yangi ma’lumotga ega bo‘lib bordim. Fan o‘quv me’yorlari doirasida mustaqil ta’lim bo‘yicha tayyorlanish, mavzular bo‘yicha mustaqil ish va referatlarni tayyorlash kabi ishlarni amalga oshirdim. Shuningdek, fanlar bo‘yicha joriy baholarni ham yig‘ib bordim. Mazkur oyda Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi va men konferensiyani kuzatib bordim. Bo‘lim boshlig‘i Farhod Maxamadjanov buyurganidek biz magistrlar chet ellik konferensiya a’zolariga universitetimiz o‘quv va sport binolarini tomosha qildirib o‘tdik va bajarilgan ishlar qatorida men magistrlik ishim olib borilayotgan “Sport menejmenti va iqtisodiyoti” kafedrasining sentabr oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-pedagogik ishlar to‘g‘risida professor-o‘qituvchilar hamda ushbu kafedrada magistrlik dissertatsiya ishlarini olib borayotgan magistrantlar ham amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar doirasida kerakli ko‘rsatmalar berildi. Shular jumlasiga kalendar ish reja bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida ilmiy rahbar bilan suhbatlashish, tadqiqot ishimiz mavzusiga doir adabiyotlar, dissertatsiyalar va o‘quv qo‘llanmalar bilan tanishish, o‘rganish kabi ishlarni davom ettirdik. Bu borada ilmiy rahbarim, dotsent Axmedov I.A. bugungi kunda jahon sport maydonlarida ko‘rsatilayotgan natijalarga bevosita sport menejerlari va marketologlarning xam bevosita aloqadorligi to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Shuningdek, ilmiy rahbarim bilan keyingi oyda ham amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan ishlarimiz borasida atroflicha fikr va mulohazalar almashdik va vazifalar ketma-ketligini rejalashtirib oldik. Bu haftada talabalarga ZOOM.da dars o‘tish jarayonini kuzatib bordim. Dars jarayonida talabalarga muskul qisqarish biokimyosi haqida ma’lumot berib o‘tdilar. 1-sonli Talabalar turar joyida biz kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda talabalar yashash tarzi o‘rganildi. Bugun men o‘zimga biriktirilgan guruh talabalari bilan tanishtiruv tashkil etildi. Men o‘quv fanlari bo‘yicha joriy va oraliq nazorat ishlari me’yorlarini topshirdim. Dissertatsiya mavzuyim bo‘yicha Ilmiy maqola tayyorlab Ilmiy rahbarim bilan nashr etidik. O‘zimga birikrilgan guruhda tarbiyaviy soat o‘tdim. Kafedra professor-o‘qiuvchilarning darslarini kuzatdim. Dissertatsiya mavzuyim bo‘yicha Ilmiy rahbarim bilan bir qator ishlarni amalga oshirdik. BT 51-20 guruh talabalariga mustaqil dars o‘tdim. Dars mavzusi “Menejmetning nazariy asoslari”. Kafedra professor-o‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonini kuzatib dars tahlil jarayonini amalga oshirdim. Kafedra dotsenti Ziyadullayev K. ma’ruza mashg‘ulotini kuzatib, Seminar o‘qituvchisi Baxtiyorov U ning talabalardan oraliq nazorat ishlarini olishlarida qatnashib yordam berdim. Kafedra dotsenti Axmedov I.A.dan men bugun Taqriz yozishni o‘rgana boshladim. Ilmiy rahbarim bilan dissertatsiya mavzuyim doirasida tezis yozib nashr ettirdik. Bundan tashqari universitet madaniyat saroyida kafedraning “SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI: MUAMMOLAR, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR” XALQARO ILMIY ANJUMANI bo‘lib o‘tdi. Anjuman so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi. “Sport menejmenti va iqtisodiyoti” kafedrasida bir necha yillardan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor-o‘qituvchilar bilan men ilmiy mavzuyim doirasida suhbat olib bordik Amalyotning so‘ngi haftasida men amalyot bo‘yicha hisobot yozib, amalyot rahbarimga ko‘rsatib kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosa chiqardim. Kafedra professor-o‘qituvchilari menga amalyotgan tajribam haqida juda o‘rinli gaplar aytib, baholashdi. So‘ngi kafedra yig‘ilishida mening dissertatsiya mavzuyim “O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH” mavzusi doirasida qilingan ishlarim haqida bayot berildi. Kafedradan amalyotni yaxshi tamomladim. Amalyot rahbari: Xoliqov B. Ilmiy rahbar: Axmedov I.A. Magistratura talabasi: Nuriddinov L.F. Download 19.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling