Nuriddinov Saidikrom Sayfiddin o’g’lining bitruv malakaviy ishi
Download 1.41 Mb.
|
bibixonim tayyor 222
Mavzuning dolzarbligi. Rivojlangan davlatlarning qatorida bo‘lmish, ozod va obod yurtimizni istedod mafkurasidan batamom xalos etish uchun olim va ziyolilarning sayi harakati, keng jamoatchilikni buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishga safarbar qilinib milliy tiklanish va dunyoga o‘zbek diyorida yashab ijod qilgan juda ko‘p qatog‘on qurbonlarining pok nomlari tiklandi. San’atning barcha barcha turlari qatori tasviriy san’at rivoji – uning dunyo yuzini ko‘rishi uchun ham salmoqli ishlar olib borildi. O‘zbekiston badiiy akademiyasi tashkil qilinib, juda ko‘p yetukli san’at namoyondalari unga a'zo bo‘ldilar. Faxriy akademiya vakillari ham o‘tmishda va hozirda ijod qilgan munosib nomzodlar bilan boyitildi. Vatanimiz O‘zbekiston o‘zining buyuk shaxslari va siymolariga ega bo‘lib, bu siymolar insoniyat ma’naviyatining nodir zarvaraqlari sifatida boshqalarda hayrat uyg‘otadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, insoniyat va millat takomili tarixni bilmaslik va o‘rganmaslik evaziga amalga oshirilmaydi. Har bir yosh avlod bizning tarixiy buyuk shaxslarimiz haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi va ular amalga oshirgan buyuk ishlar bilan tanishib, ulardan o‘zlari uchun ma’naviy ozuqa olishlari lozim. Yoshlarning ongi, ruhiyatini poklash , hozirgi kundagi ma’naviy – tarbiyaviy ishlarimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu esa avvalo tarixni yaxshi bilish va tarixiy shaxslar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishni taqazo etadi. Bibixonim – Amir Temurning turmush o‘rtog‘i, o‘z zamonasining yuksak irodali, farosatli, tadbirkor, maslahatdon va yetuk aql-zakovat sohibasi, shuningdek husn-latofat bobida ham benazr ayol bo‘lgan. Bu buyuk ayol tarixda o‘zining insonparvarligi, vatanparvarligi, mamlakatning siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lganligi, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turganligi bilan tarixda yaxshi nom qoldirgan. Har bir inson bu tarixiy shaxsni bilish orqali o‘ziga juda ko‘plab ma’naviy ozuqa oladi. Biz ham shuning uchun Bibixonim timsolini yaratish orqali yosh avlodga shunday go‘zal va oqila ayolni tanitish va ularda yetarlicha tushuncha paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishini nazarda tutdik.
Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling