Nuriddinov Saidikrom Sayfiddin o’g’lining bitruv malakaviy ishi
I.3.Portret janrida tarixiy shaxslar obrazi yaratishning usullari
Download 1.41 Mb.
|
bibixonim tayyor 222
I.3.Portret janrida tarixiy shaxslar obrazi yaratishning usullari.
Mustaqillik yilllarida ijod qilayotgan rassom va haykaltaroshlarimizning yutuqlari shundaki, ular birinchidan erkin ijod yo‘liga o‘tdilar, ikkinchidan milliy badiiy an’analarni davom ettirish, milliylik va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligini ta’minlash borasida yangi, zamonaviy, ilg‘or tasviriy texnologiyalarni qo‘llab, muvaffaqiyatli asarlar yaratmoqdalar. Milliy istiqlol g‘oyalari bilan sug‘orilgan portret janridagi bir qancha tarixiy shaxslarni obrazlari yaratildi. Bu asarlar qatoriga Amir Temur, Alisher Navoiy, Jaloliddin Manguberdi, Kamoliddin Behzod, Nodirabegim, Bibixonim, Spitamen portretlarini kiritish mumkin.2 Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda rassom asosida mushkul vazifa turadi. Chunki kamdan-kam holatlardan mustasno tarixda ularning tashqi qiyofalari haqida hech qanday dalillar saqlanib qolmagan. Buning natijasida o`zida zamonasi ruhini timsollashtiruvchi , umumlashma tarzdagi ramziy portretlar vujudga kelmoqda. “Jamoliddin Manguberdi” ga (1997) bag`ishlangan T. Quryazov va E. Masharipovlarning ishlari, M. Yo`ldashevning “Alpomishi” (1998-2000) dastomi qahramoniga bag`ishlangan turkum asarlari, E. Masharipovning “Alpomishi’ (1998), Q. Basharovning “Spitamen” polotnolari shular jumlasidandir. E. Masharipov va A. Aliqulovlarning “Amir Temurning To`xtamishxon ustidan g`alabasi” (1996), Z. Fahriddinovning “Zafar” (1997), M. Nuriddinovning “Said Baraka Amir Temurni hokimiyat ramzi - nog`ora va g`alaba bayrog` bilan taqdirlamoqda” singari syujetli asarlarda Amir Temur yengilmas sarkarda, o`z xalqining shavkatli o`g`loni sifatida gavdalantirgan. Bu ko`p figurali kompozitsiyalar o`zida ochiq xarakat maydoni namoyon etadiki, Amir Temur doimiy tarzda markaziy “bosh qiyofa tarzida talqin etilgan. Buyuk sarkardaning yaratuvchanlik faoliyati S. Abdullayev polotnolarida aks etgan bo`lib, mazkur asarlarda u buyuk me`moray obidalar fonida tasvirlanadi (“Amir Temur”, “Bibixonim masjid qurilishida”, “Osmoning beg`ubor bo`lsin, buyuk Turkuston”). Temuriy malakalarga atalgan turkum portretlar O. Mo`minovning mo`yqalamiga mansubdir. Bu kompozitsiyalarida rassom sharq ayollari (“Bibixonim”, 1997) ga xos romantik ehtirosli jihatlarini talqin etadi. Ch. Ahmarov shoira Nodira (1992) ning jozibali qiyofasini yaratdi. Amir Temurning jahon tarixida va xizmatlari beqiyosdir. U markaziy Osiyo xalqlarini mo‘g‘ullar istilosidan ozod etgan. Amir Temur o‘zining ham ma’naviy, ham jismoniy kuchini jonajon xalqining og‘irini yengil qilishga, shahar va qishloqlarni obod qilishga, chanqab yotgan yerlarga suv chiqarishga, bog‘lar yaratishga safarbar qilgan. Hozirda Sohibqironning xalqimiz uchun ko‘rsatgan beqiyos xizmatlari biz minnatdor avlodlari tomonidan munosib taqdirlanmoqda. Uning hayoti va ijodini aks ettiruvchi o‘nlab badiiy tasviriy asarlar yaratilmoqda. Tasviriy san’atda Amir Temur timsolini ifodalagan bir qator asarlar ishlangan. Toshkentda Temuriylar muzeyi tashkil etilgan.Amir Temur timsoli tasvirlangan asarlarda asosan uning harbiy ishlari, ziyofat, ov, qabul marosimlari, qolaversa, diniy tadbirlardagi ishtiroki ifodalangan. Amir Temurning serqirra faoliyati va u haqda bitilgan bir qator asarlarda o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, bu borada Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Xotifiyning “Temurnoma”, Salohiddin Toshqandiyning “Temurnoma”, Fosiq Havoiyning “Majmul-I Fasohiy”asarlari e’tiborga loyiqdir.Bu asarlarni o‘sha davrning mashhur rassom va xattotlarirang - barang tasvirlar bilan bezatganlar. Ularda asosan Sohibqironning jangu jadallari, qabul va yurishlari, diniy mavzular o‘z ifodasini topgan. Tasviriy san’atda tarixiy shaxslar obrazini Malik Nabiyev ijodisiz to‘liq tasavvur qillib bo‘lmaydi. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur obraziga rassomning murojaat qilishi sabablari xususida to‘xtalish joizdir. Taqdir taqozosi bilan 1941 yil iyun oyida Amir Temur dahmasi, so‘ngra Mirzo Ulug‘bek va Bibixonim qabrlari ochilgani ma’lum. Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng qabrdan topilgan ashyolar, jumladan Sohibqironning bosh suyagi ham Toshkentdagi O‘zbekiston xalqlari tarixiy muzeyiga olib kelingan. Bu haqda musavvir hikoya qiladi: “ M. Gerasimov muzey binosida jahongirning bosh suyagi asosida haykal portret ishlashni boshlab yuboradi. Men bu jarayonni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Nachora, zamon taqozosi ekan. Albatta, bu voqea rostdan ham dahshat! Sohibqironning arvohi chirqirab, ruhi azob chekkan bo‘lishi tabiiy… O‘sha 1941 – yildan beri ulug‘ sarkarda siymosini yaratish niyati meni bir daqiqa ham tark etgani yo‘q”. Ellik yildan ortiq vaqt ichida Amir Temur obrazini har tomonlama o‘rganish uchun olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari haqida so‘zlab berishlarini so‘raganimizda rassom bizga yana shu fikrlarni bayon qildilar: “ Shu davr ichida Amir Temur haqida ko‘plab asarlar bilan tanishdim. Mavjud miniatyuralarni, qayerda bo‘lmasin, imkoniyat darajasida qidirib topdim. Men Hindistonning Kalkutta, Bombay shaharlaridagi muzeylarda, Eronning Tehron, Isfaxon, Turkiyaning Istanbul , Ko‘nyo, Izmir va boshqa shaharlarida, Angliyaning “Britaniya” muzeyidagi Amir Temur siymosi turlicha tasvirlangan. Hindistonning Bobur miniatyura maktabi, Behzod ( Hirot ) miatyura maktabi vakillari chizgan Amir Temur qiyofasi bir – biridan tubdan farq qiladi. Istanbul muzeyidan joy olgan Temur portreti ham butunlay boshqacha. Xullas Amir Temur siymosini yaratish uchun bir emas, bir necha miniatyura maktabini o‘rganib chiqdim. Tarixiy asarlarni yaratishda avvalo men bobolar ruhidan madad so‘rayman, ana shu narsa menga doimo dalda berib turadi… “. Haqiqatdan ham rassom bu portret asarini yaratish borasida astoydil izlanishlar olib borgan, yutuqqa yuksak mahorati, mo‘yqalamning kuchi tufayli erishgan. San’at ixloslari e’tiborini o‘ziga jalb qilgan Amir Temur portretida Sohibqiron sarkarda qiyofasida gavdalantirilgan. Boshiga oltin toj kiygan Temurning nigohi bir nuqtaga qaratilgan. Va jiddiy hayol og‘ushida ekanligi chap qovog‘ini bir oz ko‘tarilib, qoshi tepaga chimirilganidan sezilib turadi. Ulug‘vor fikri bilan bandligidan dalolat beradi. Yuz qiyofasi asosan bug‘doyrang tuslar orqali tasvirlangan. Peshona, yuz qismida paydo bo‘lgan chiziqlar, shuningdek, burun, lab, quloq, soqol, mo‘ylov kabi joylaridagi holatlar Temurning yoshi bir oz o‘tkanligini ko‘rsatsa-da, uning tetik va baquvatliligi saqlanganligi yaqqol sezilib turibdi. Ayniqsa bu holat yuzda ko‘zga tashlanayotgani pishiqlik, chayirlikni tasvirlanishida yanada aniqroq ko‘rinadi. Jiddiy fikr va hayol bilan bandlidi esa Sohibqironni yanada salobatli qilib ko‘rsatadi. Yelkador, qo‘llari esa bamaylihotir qilichga tayangan holda tasvirlangan. Portretda qo‘l barmoqlari shunday harakterli tasvirlanganki, bu Sohibqiron Temurning mashaqqatli jangu jadallardan mardonavor o‘tganini yana bir bor tasdiqlab turibdi. Sharqona bezatilgan shoh saroyining bir bo‘lagi, derazadan Samarqand shahrining manzarasi ko‘rinadi. Devordagi fonda naqshin bezaklar, sohibqiron o‘tirgan saltanat kursisining badiiy boyligi, shuningdek Amir Temur egnidagi liboslarining o‘ziga xos qimmatbaho ko‘rinishiga ega bo‘lishi tomoshabinga zavq ulashadi. Malik Nabiyev buyuk inson Amir Temur obrazini tasvirlash borasida katta muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. Temurni ilm, san’at ahillariga homiylik qilgan ma’rifat homiysi ekanini ham ifodalay oladi. Xullas, Malik Nabiyev sharqona xarakterga ega bo‘lgan Temurni uzoq va mashaqqatli jangu jadallardan so‘nggi holatdagi obrazini tasvirlashga erishgan. Bundan tashqari Malik Nabiyev buyuk qomisiy olim Abu Rayhon Beruniyning siymosini ham yaratgan. Abu Rayhon Beruniyning portreti 1972-yili har jihatdan mukammal ishlangan. Mutafakkir Beruniy obrazi rassomning bir necha yillik izlanishlari, portretning bir necha bor eskizlar va ranglamalarini ishlashi natijasida yuzaga kelgan. Shu tariqa asarning bir nechta, bir-biridan farq qiluvchi nusxalari yaratilgan. 1949-yili Al Beruniy vafotining 900 yilligi munosabati bilan olim portretini yaratish uchun konkurs e’lon qilinadi. Bu konkursda o‘ttiz nafardan ortiq O‘zbekistonlik va boshqa xalqlarning yirik rassomlari ishtirok etishadi. Shu tanlovda Malik Nabiyev ham qatnashdi. Musavvirning asarlaridagi buyuk olim obrazi boshqa rassomlar tomonidan ishlangan na’munalarga nisbatan to‘laqonli, deb e’tirof etiladi. 1973 yilda esa Beruniy tavalludiga 1000 yil to‘lishi munosabati bilan ikkinchi marotaba konkurs e’lon qilinadi. Rassom Malik Nabiyev Beruniy obrazi ustida izlanishni davom ettirib va nixoyat ikkinchi marotaba ham konkurs g‘olibi bo‘ldi. Bu portret konkursdan so‘ng YUNESKOning “Kur’er” jurnali muqovasida va xorijiy mamlakatlarning ko‘pgina jurnal va gazetalarida hamda otkritka, marka, plakat tarzida bir necha bor nashrdan chiqariladi. Portretda ilm muammolarini yechishga chog‘langan, vazmin, nigohi olisni ko‘zlayotgan alloma xarakteri ifoda etilgan. Rassom ilm sirlarini yechish uchun butun vujudi bilan kirishgan insonparvar olim Abu Rayhon Beruniyning butun salobatini tasvirda gavdalantirdi. Sur’atning keying etaplaridagi kitoblar ilm-fanga bog‘liq bo‘lgan buyumlar – Beruniyning qomusiy olim va mutafakkir ekanini yanada bo‘rttirib ko‘rsatishga hizmat qilgan. Malik Nabiyevning ulkan yutuqlaridan yana biri buyuk shoir, adib, faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Bobur obrazidir. Bobur obrazini yaratish uchun rassom Afg‘aniston, Hindiston va boshqa bir qancha xorijiy mamlakatlarda ham bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang qilgan joylarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. M.Nabiyevning Bobur she’riyati bilan batafsil tanishgani, uning achchiq vasermazmun hayotini mukammal o‘rganganligini, Boburning navqiron va to‘laqonli gavdalantirgan portreti vositasida his etamiz.Bobur o‘z yurtidan olislarga ketib, ona yurtiga mehru-muhabbatini go‘yoki izhor qilayotgan holatini, rassomning jonli bo‘yoqlarida namoyon bo‘lgan.Xullas,Bobur portretidagi turli xil bo‘yoqlarda aks ettirilgan tuyg‘ular uyg‘unligi butun borlig‘ingizni ranglar sehri bilan qamrab oladi. Tarixiy shaxslar obrazini yaratish naqadar mushkul. Bu mushkulliklarni ijodkor tinimsiz mehnat mashaqqatlari bilan dadil yenga olgan. Rassomning ko‘plab portretlarida buyuk siymolar obrazi zamonaga hamohang darajada gavdalanligini ko‘ramiz va beixtiyor hayratlanamiz. Amir Temur, Beruniy, Bobur, Ibn Sino, Jomiy va Navoiy, Al Roziy, Rudakiy, Al Xorazmiy kabi bir qancha yirik arboblar, olim, shoir, mutafakkirlarning obrazlarini jonli tasvirlaydi. Tarixiy mavzudagi boshqa asarlarida musavvir xalqparvar qahramonlar obrazini hamda ozodlik uchun bo‘lgan xalq qo‘zg‘olonlari mohiyatini ochib beradi. Bu boradi, ayniqsa, “Spitamen qo‘zg‘oloni” asaridagi jang payti tasviri e’tiborga molik. Rangtasvirchi rassom M.Nabiyev avloddan – avlodga hikoya qilinib kelinayotgan tarixiy voqealarni astoydil o‘rganib, tarix sirlarini jonli ranglarda tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan. Ana shunday tarix sirlaridan biri Iskandar Zulqarnayga qarshi jang qilgan so‘g‘diylarning qahramoni bo‘lmish Spitamen edi. Shunga o‘xshash “XVII asrdagi Samarqandda hunarmandlar qo‘zgaloni”, “Jizzaxdagi 16- yilgi qo‘zgalon” deb nomlangan kartinalari ham diqqatga sazovor. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy 1441 – yil 9-fevralda, Hirotda tavallud topgan. 1501 yil 3-yanvarda Hirotda vafot etgan. U o‘zbek xalqining nafaqat ulug‘ shoiri va mutafakkiri, balki buyuk olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining yirik vakillaridan biridir. Alisher Navoiy haqida ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. Oybekning “Navoiy” romani, Uyg‘ur va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy dramasi”, L.Batning “Hayot bo‘stoni”, M.Muzahhibning “Alisher Navoiy” portreti, V.Kaydalovning “Alisher Navoiy portreti”, Javlon Umarbekovning “Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroning yoshligi”, H.Husniddinxo‘jayev va U. Lunevlarning “Navoiy va Jomiy” kabi asarlari shular jumlasidandir. Alisher Navoiy haqida yaratilgan asarlar orasida V.Kaydalovning “Alisher Navoiy” portreti mashhurdir. Alisher Navoiy haqida ko‘p yillar davomida ish olib borgan grafik musavvirlardan V.Kaydalov o‘z ijodining ancha qismini Navoiy siymosini yaratishga, uning asarlariga illyustratsiya ishlashga bag‘ishladi. Xususan, uning “Navqiron Navoiy” , “Chor devon”ga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy portreti” (qalamtasvir, 1940 y.) ,” Alisher Navoiy Portreti” ( rangtasvir 1947 – y. ), Navoiy “xamsa”siga ishlangan grafik ishlari ( 1940 y. ) shular jumlasidandir. BU ishlar orasida uning Alisher Navoiy portreti uchun tanlov e’lon qilinishi munosabati bilan yaratgan asari diqqatga sazovordir. ( Rasm qo‘yiladi shu yerga) Kaydalov yaratgan portreti portretda Navoiyning 50-55 yoshlar chamasidagi siymosi – kuchli, go‘zal, har tomonlama kamol topgan shaxs sifatida talqin qilingan bo‘lib, davlat arbobi va shoir timsoli tasvirlangan. Rassom Navoiyning hayotida tez-tez uchrab turgan ko‘pkina fojiyali kunlarni bir chekkaga surib qo‘yib, uni ijodiy zavq-shavqqa to‘la vaqtlariga xos bo‘lgan ko‘rinishda ifoda etgan. Uning yuzlarida chuqur va qalin ajinlar yo‘q. Soqolida faqat yangi tusha boshlagan oqlar seziladi. Hazrat Navoiyning boqishlari jiddiy, yuzida charchoq alomatlari sezilmaydi, u ayni kuch-quvvatga to‘lgan paytlar. Deraza oldida qo‘yilgan gul ham buni tasdiqlaydi. Ya’ni bu davrlar, shoirning hayoti va ijodining gullagan davri ekanligini bildiradi. Alisher Navoiy siymosi ko‘plab grafik asarlarda ham o‘z ifodasini topgan. Navoiy mavzusida samarali ijod etgan grafik rassomlardan biri Qutlug‘ Basharovdir. Uning Navoiy mavzusidagi ishlaridan biri shoirning “Xamsa” asariga ishlangan “Alisher Navoiy portreti”dir. Shunday qilib, Alisher Navoiyga bag‘ishlangan o‘nlab badiiy ijod na’munalarida uning xalqparvar shoir, davlat arbobi siz va biz uchun hamisha ibrat va namuna bo‘lib qolishiga urg‘u berilgan. Biz ana shunday bobokalonimiz borligidan faxrlanamiz. Uning tabarruk siymosi bizni doimo ezgu va oliyjanob ishlarga undab turadi.3 Odam boshining tuzilishi o’ta murakkab va ko’pqirralidir. Har bir odam boshining kalla suyagi tuzilishi va tashqi ko’rinishi, plastik tasviri o’zining betakror xususiyatlariga ega. Shu bilan birga boshning umumiy shakli, uning konstruktiv –anatomik asosi bir xilda bo’lgan tuzilish konuniyatiga asoslanadi. inson boshini tugri tasvirlash uchun rasm chizuvchi uning shakli, kala suyagining kismlari va ular urtasidagi uzaro bogliklikni xamda tasvirlash jarayonida olingan bilimlarni kullay bilishi kerak. Ushbu ko’nikmalarni o’zlashtirishi uchun u juda ko’plab mash qkilishi zarur. Talabalar ta’lim jarayonida dasturda ko’zda tutilgan quyidagi vazifalarni bajaradilar; 1. Boshning gipsli bo’laklari va gipsli modeli. 2. Tirik bosh, boshning elka kamari bilan rasmini bajarish. Bunda ular tasvir tuzilishining ayrim qirralarini qayta-qayta takrorlaydilar. Vaholanki, har bir o’quv topshirig’ida talaba katta bilim va malakalarni o’zlashtirib olishi kerakki, buni birgina vazifani bajarish jarayonida amalga oshirib bo’lmaydi. Boshning umumiy shaklini aniqlash, chiziqli-konstruktiv tuzilma hosil qilish va hokazo tamoyillarni o’zlashtirish uchun maxsus mashqlar kerak.Talabalar odatda bunga rioya qilmaydilar, ular uchun bu mashqning hojati yo’qdek ko’rinadi. Go’yoki ularga maxsus mashqlar yordami kerak emasdek tuyuladi va mazkur mashqlar bosqichli rasmlar chizish paytida ham amalga oshiraveriladi degan tushuncha paydo bo’lishi mumkin. Lekin rasm chizish paytida talaba uni o’zlashtirib olomaydi. Natij ada ishni o’z holicha davom ettiraveradi va oldinga intilmay, ko’nikmadan foydalanaveradi. Bosh shakl tuzilishi qonuniyatlari va uni tasvirlash qoidalarini o’rganishda talaba eng avvalo, tasvirlashning dastlabki bosqichida kechadigan tahlil usuliva boshning umumiy shaklini tasvirlashni o’zlashtirib olishi zarur. Garchi akademik rasm chizishda ishning har bir bosqichi qisqa vaqt davom etsa ham talaba uning mazmunini tushunib maxsus mashqlar yordamida amalda uning har bir bos qichini puxta o’zlashtirib olishi kerak.Quyida bosh shakli tuzilishini tahlil qilish va tasvirlash usulining mohiyatini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Bosh shaklini tahlil qilish va tasvirlash usuli : Har bir buyumni to’la idrok etishda yorug’lik asos bo’lganidek, bosh shaklini idrok qilishda ham rassomga yorug’lik yordam beradi. Nur bosh usti bo’ylab yoyilib, rassomga uning plastikasini ko’rish imkonini beradi. Dastlab inson bosh shaklini juda tez umumlashgan holda idrok etadi; kalla go’yo shardek, bo’yin stilindrik, burun prizmadek, ko’z sharsimon qobiqdek, ko’rinadi. Faqatgina diqqat bilan qaragandagina rassom boshning ham yaxlit, ham uning qismlari plastic tavsifining nozik tomonlarini ilg’ay boshlaydi.Psixologik nuqtay nazardan qaraganda, inson dastlab predmetning umumiy shaklini, shundan keyingina uning bo’laklarini idrok eta boshlaydi.Ilmiy tadqiqot natijalari ko’rib idrok etish jarayonining beshta asosiy bosqichini (fazasini) ajratib ko’rsatishga asos bo’ladi; 1. Predmetning fazodagi holati bilan uning umumiy nisbatlarini taxminiy baholash o’rtasidagi farqni ajratish: 2. Shaklning rakursda turishi: 3. Perspektiv tomonlarining o’zgarishini farqlash: 4. Shaklni uning detallari farqlanmay berilganda bir xil umumiy tarzda idrok etish: 5. Shaklni uning detallari bilan to’liq holda bir xilda aks etish. Ko’rish idroki qonuniyatlariga rioya qilgan holda rasm chizuvchi birinchi navbatda, boshning umumiy ko’rinishini tasvirlab, uning shakli-shamoyili xususiyatlarini ko’rsatishi zarur.Uyg’onish davridayoq rassomlar ushbu zaruriyatni ko’rsatib o’tganlar. Masalan, Alberti o’zining «Rangtasvir to’g’risida uch kitob» asarida shunday yozadi.«Biz biror narsaga qarar ekanmiz,u fazoda ma’lum joyni egallab turganini ko’ramiz. Keyinchalik,ushbu jismga chuqurroq qarab, uning barcha ko’p sonli bo’laklarini uyg’unlashib ketganligini seza boshlaymiz». Har qanday predmetning shakli (bu o’rinda odam boshi ham) ko’p sonli yuzalardan iborat 1-rasm. Rasm chizuvchining vazifasi bu yuzalar ma’lum shaklni hosil qilgan holda o’zaro qanday uyg’unlashib ketganligini to’g’ri tushunishdan iboratdir. Lekin bu shaklni qog’ozda to’g’ri tasvirlash uchun talaba katta, uch o’lchamli jismning real ko’rinishini ilg’ab olishi, ya’ni o’z idrokini fazodagi ko’rinishi bilan qog’oz sirtidagi ko’rinishiga moslay ola bilishi kerak. Bosh shaklini tasvirlashchizuvchidan perspektiva nazariyasi borasidagi bilimlar, tasvir qurish jarayonida esa ularning qoidalaridan foydalana bilishni talab etadi. Ko’p yillik amaliyot natijalari shuni ko’rsatadiki, oddiy geometric jismning perspektiv tasvirini qurish unchalik qiyin ish emas, lekin odam boshi kabi murakkab shaklning perspektiv tasairini bajarish anchagina murakkab ish. Shuning uchun ta’limning pedagogik prinstipi – oddiydan murakkablikka, umumiylikdan xususiylikka prinstipidan kelib chiqib uyg’onish davri rassomlari boshni tasvirlashga o’rgatishda eng oddiy geometrik shakllarni qo’llashdan kelib chiqqanlar, ya’ni ham yaxlit bosh, ham uning har bir qismini geometrik asosda ko’rishga va tasavvur qilishga o’rgatganlar. Rasm chizivchi ana shu prinstipga amal qilib, boshni haykal kabi yo’nib uning umumlashgan shaklini tasavvur qilishi kerak. Bu A.Dyurer rasmida ko’rgazma tarzida berilgan Odam boshi shaklini tasvirlashni tahlil etish va qurishning bunday usuli bilan ko’p rassomlar foydalanganlar. Golbeyn , Shon chizgan rasmlari bunga misol bo’la oladi. Amaliyot shuni isbot etdiki, kesib ishlash usuli tasvir qurishning prespektiv qurilish qoidasini o’zlashtirib olishni ancha yengillashtiradi. Uyg’onish davridan keyin, hatto hozirgi kungacha bu uslubdan rassom pedagoglar foydalanib kelmoqdalar. Binobarin, etuk rassom-pedagog D.Kardovskiy rasm chizish prinstiplari va o’qitish uslublari haqida gapirib shunday degan edi; «Xo’sh, shaklning o’zi nima – Bu geometrik jismlar jumladan; kub, shar, stilindr va hokazolardir. Ular u yoki bu xarakterga ega bo’lgan jismlardir. Tirik naturalarning shakllari albatta to’g’ri geometrik shakl bo’la olmaydi, lekin aslida ular ham ushbu geometrik shakllarga yaqin turadi».XYII – XIX asr rassom-pedagoglari ham murakkab shaklni tasvirlashda eng sodda geometrik shakllardan kelib chiqqanlar (Karrachi, Preysler, Losenko,Shebuev, Sapojnikov, Dyupyui, Chistyakoya, Ashbe va ko’pchilik boshqalar).Masalan, yugoslav rassom pedagogi Anton Ashbe bosh rasmini chizishga o’rgatish tizimi uchun «shar prinstipi» va tus bilan modellashtirishni asos qilib olgan. Rassom va pedagog D.Kardovskiy tasvirlashning dastlabki bosqichida «kesib» chizish usulidan foydalanishdir, deb hisoblashgan. Shuni takidlash zarurki, turli maktabl arning va yo’nalishlarning deyarli barcha rassomlari bitta xulosaga kelganlar; bosh tuzilishini tasvirlashda umumiy hajm ko’rinishini bo’rttirgan holda katta boshlash, shundan keyingina bo’laklarga o’tish kerak. Bosh tuzilishining umumiy shakli nima o’ziq Bu o’z ko’rinishi jihatidan tuxum shaklini eslatuachi uch o’lchamli hajmli jismdir. Bosh rasmini chizishga o’rgatishda hamma o’qituvchilar talabalar diqqat e’tiborlarini shakl qurilishining ana shu xususiyatiga qaratganlar. Bu narsani biz Preysler, Losenko, Sapojnikov,Kardovskiy va boshqalarning o’quv qurollarida ham ko’rishimiz mumkin. Rassompedagoglar odam boshi rasmini tasvirlashni o’rgatar ekanlar, har doim uning tuxumsimon shaklining tahlilidan boshlaganlar. A.Solovev, G.Smirnov, E.Alekseeva bosh rasmini chizishni tuxumsimon massa tusini tasvirlashdan boshlashni tavsiya etganlar. (5-rasm). Bu o’rinda boshlovchi rassomga boshning qismlardan emas, balki umumiylikdan, dastlab uning umumiy shaklini, shundan so’ng esa asta-sekin bo’laklarini tasvirlashni o’zlashtirib olishni tavsiya etganlar. «Kesib ishlash» usuli qog’oz yuzasidan bosh shaklining ham umumiy ham tarkibiy qismlarini to’g’ri tasvirlashga yordam beradi. Bu usul talabalarning diqqat e’tiborini tashqi bo’laklarga (qoshlar, kipriklar va h.k.) emas, balki katta shaklning asosiy mazmuniga qaratish imkonini beradi. Buni tushunib olish qiyin emasdek tuyulsada, lekin uni rasmda ko’rsata olish ancha murakkab ishdir.Bu masalani ancha yengillashtirish uchun o’tgan asrdagi franstuz rassomlari aka-uka Dyupyuilar bosh rasmini chizishga o’rgatishga shu usuldan foydalanganlar Bosh shaklini tahlil qilar ekanmiz, umumiy ko’rinishda uning kalla suyagi bilan yo’g’rilgan tuzilishning ma’lum qonuniyatlariga ega ekanligini ko’ramiz. Mashhur haykaltarosh A.Golubkina shunday yozgan edi: «masalan, yuz tuzilishini qismlarga ajratib tashlang, siz ularning hammasi 14 ta asosiy bo’laklardan iboratligini ko’ramiz: 1-peshona bugrilari Bilan o’rta peshona, peshona bugrilaridan chakka qism suyagigacha 2-ta reja, 2-ta chakkadan dahandan pastki qism jag’ chetigacha, 2-tasi ko’z kosachalarigacha, 2-tasi ko’z kosalaridan burun va og’iz burchaklarigacha 2-tasi og’izdan jag’ suyagi va chaynash muskuligacha va burundan dahan ostigacha. O’amma insonlarning yuzlari ham har doim anna shu 14 ta rejadan iborat bo’ladi: faqat reja shakllarigina o’zgaradi xolos». A.Golubkina boshning sxematik rasmini tavsiya etar ekan, umumiy shaklni to’g’ri tasvirlashga yordam beradigan asosiy yuza va chegaralarning taqsimlanishiga e’tiborni qaratish lozimligi haqida gapiradi. Professor M.Kurilko bosh shakl tuzilishi sxemasini tahlil qila borib, bunda bosh qismi yuzalarining o’sha 14 ta yuzasiga asoslangan va detallarni bo’laklarga shakl berishda (burun, ko’zlar, lab, dahan) aniqliklar kiritgan hamda bosh va bo’yin shakllari o’rtasidagi bog’lanishni ko’rgazma tarzida ko’rsatib bergan. Tasvirda bosh shaklining umumiy xarakterini bo’rttirish va kenglikda alohida yuzalar yo’nalishiga aniqlik kirita borish, to’g’ri shakllashni kuzatish kerak. Rasmda shaklni ko’rsatishdan eng asosiy maqsad shundan iboratki, unda bosh shaklini yaxlit, eng xarakterli joylarini alohida bo’rttirib ko’rsatishdir. Katta shaklni ifodalash usuli bo’yicha ishlash rassomni shakl tuzilishi ikir-chikirlaridan voz kechib, faqat hajmning kata bo’laklariga e’tiborni qaratish, yaxlitlik, umumiylikni ko’ra bilishga intilishga majbur etadi. Yaxlitlikni ko’ra bilishga o’rgatish uchun bu yaxlitlik qanday 30 elementlardan tashkil topganligi, bu bo’lak va qismlar o’zaro qanday uyg’unlashishini bilish kerak. Bosh shaklini to’g’ritasvirlash talabadan naturani ko’rib chiqish va tasvirlashda metodik bosqichlarda ishlashni talab etadi. Tasvirda kata shaklni tahlil qilish va ifodalash usulini egallash, chizuvchiga tasvir tuzishning natijalarini oldindan ko’ra bilish, ya’ni uning chizayotgan rasmi oxir oqibatda qanday ko’rinish kasb etishini oldindan tasavvur etish tajribasini beradi. Bunday o’quv mashqlari asosida tahliliy usul yotishi kerak. Rassom bosh shaklini tasvirlar ekan, hajm alohida yuzalardan qanday tashkil topa borishini, shaklning konstruktiv asosi qanday shakllanayotganini ko’ra bilishi kerak.Rassom shaklni go’yo tomosha qilayotgandek, qalam tutgan qo’l xarakati esa, rasmdagi anna shum ayda-chuydalarsiz umumlashgan shaklni plastik ifodaga bo’ysundirishi kerak.Bosh shaklining hajmini tasvirlashda shu narsani nazarda tutish kerakki, boshning ikkita asosiy qismi mavjud. Bular: kalla suyagining sharsimon shakli va taqasimon jag’ suyagi shaklidir 7-rasm. Ko’pchilik rasm chizuvchilar soqolli erkak kishining boshini tasvirlashda bu xususiyatni chetda tushirib qoldiradilar (masalan, Gomer, Zevs, Gerakl va boshqalarni chizishda). Bu o’rinda dahan, ya’ni jag’ning pastki qismi orqa kala suyagidan uzoqlashib qolgandek, xudi havoda muallaqturgandek, kala suyagi qobig’idan chiqib qolgandek tuyuladi. Rassom kalla suyagining umumiy tuzilishini hisobga olib jag’ning ostki qismi ni kalla suyagining asosiy so’ngaklari Bilan to’g’ri tutashtirishi lozim.Bosh shaklini va uning tarkibiy qismlarini tahlil etishda davom etib, kata shaklni bo’rtirib chiqarish bilan bog’liq yana bir qator qonuniyatlarni ta’kidlab o’tish zarur.Masalan, burun shakli asosida prizma yotadi. Burun shakli tuzilishining bu qonuniyatini bilgan rassom uchun uni qog’oz yuzasida tasvirlash endi unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Rasmda burun shaklining perspektiv ko’rinishini berish ancha murakkab ish. Prizmaning perspektiv ko’rinishini qurish hatto endigina boshlovchi rassomga ham unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Bundan tashqari, shakl va uni yuzada ifodalashning bunday tahlil qilish usulidan foydalanish rassomga shaklni tus jihatdan ham hal etishga yordam beradi. Qog’oz sirtidan to’rt yuza bilan chegaralangan burun prizmasini belgilab olgan rassom darhol tus alomatlari – nur, soya, yarim soyalarni ajratib oladi va shundan so’ng burunni o’ziga qarab xarakterini aniqlaydi va shaklni mayda, bo’laklarini modellashga kirishadi 8-rasm. Ko’z shakli shar shakli Bilan bir xildir va maxsus adabiyotlarda «k o’z soqqasi» deb yuritilishi bejiz emas. Lekin bosh rasmini chizishda shuni hisobga olish kerakki, ko’z soqqasi (o’zbek shevalarida «ko’z kosasi» ham deb yuritiladi) ko’z kosasining uchdan bir qismigina tashqarida ko’rinadi. Bundan tashqari, ko’z soqqasi va ko’z kosasiga o’tishdan qovoqlar mo’’tadilasha boshlaydi va shaklga ishlov berish bosiqroq bo’lishi kerak. Ko’pincha talabalar ko’zning sharsimon shaklini ifodalay turib «pingpon koptokchasini» chizib qo’yadilar va bu inson boshining real ko’rinish shakliga putur etkazadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, boshni tasvirlashning dastlabki bosqichida «kesib ishlash» usulidan foydalanganda bo’rttirib yuborish va «kubizm» yaratishga berilib ketish karak emas. Bunday holatni ba’zi rasm chizuvchilarda kuzatish mumkin.Bosqichli vazifa ishlashda shakl tuzishning yo’nib ishlash bosqichi unchalik ahamiyatli o’rinni egallamaydi, faqat rassomga yordam beradi xolos.«Kesib ishlash» usulidan foydalanib tasvirlashda rasm chizuvchida eng asosiy narsani ko’ra bilish, ko’ringan narsani mantiqan idrok eti shva mazkur plastik obrazini ochiq tasavvur etish malakasini orttiradi. Agar rassom bosh shakli xususiyatlarini idrok eta olmasa va tasavvur qilmasa, faqat o’z tuyg’ulari Bilan cheklanib qolsa, u holda u naturadan passiv tarzda nuxsa ko’chirishga, tashqi qurinishni shundayligicha o’xshatib qo’ya qolishga majbur bo’ladi. Rassom obrazli tasavvur Bilan ishlamas ekan, umumlashtirishga yaqinlasha olmaydi, yoki idrok etish nuqtai nazaridan qarayodigan bo’lsak, bunday tasavvur borliqdan tushirib olingan surat, go’yoki naturaning umumlashgan obrazidir. Psixolog B.Lomov tasavvur qilish jarayonini tushuntira borib u yoki bu ob’ektni tasavvur etish uni ko’p martalab idrok etish jarayonida shakllanadi deb ta’kidlaydi. «Idrok etishdan tasavvur qilishga o’tishdan obraz tuzilmasi o’zgaradi. Ob’ektning bir alomati xudi bo’rttirib ko’rsatiladigandek, kuchaytirilayotgandek, boshqalari esa qorong’uda, e’tibordan qolib ketayotgandek va zaiflashayotgandek tuyuladi. Boshqacha aytganda obraz sxematizmi sodir bo’ladi» - deb yozadi. Shunday qilib, rasm chizish san’atini egallashda «Kesib ishlash» usulining samarodorligi va maqsadga muvofiqligi faqat badiiy amaliyotida emas, balki psixologiya – pedagogika fanlari ma’lumotlari Bilan ham o’z isbotini topgan. «Kesib ishlash» usuli rassomga tasvir qurishning uslubiy bosqichlarini o’rgatibgina qolmay, balki realistik san’at tilini egallashga ham yordam beradi. Talaba yuzaning kenglikdagi yo’nalishini aniqlaganda va uni rasmda to’g’ri Bera olishga intilganda u ob’ekt obrazini grafika vositalari Bilan berishga o’rganadi, binobarin rasm tiliga ega bo’ladi. Lekin rasmda tahlil va ifodalash usulini o’rganish talaba uchun ko’pincha qiyinchilik tug’diradi. U «Kata shakl» tuzilishining umumiy ko’rinishini tasvirlar ekan, odatda boshning chiziqli tashqi ko’rinishi Bilan cheklanib qolib, na bosh shaklning xarakter iva na uning hajmini o’rganmay turib bir yo’la bo’laklarini tasvirlashga o’tib ketadi. Shundan u shakl asosini yuzaga chiqarmay turib, detallarni burun, ko’z, lablar shakli tuzilishlarini ko’chirib chiza boshlaydi. Shuning uchun ham yuqorida aytib o’tganimizdek «kesib ishlash» usuli Bilan kata shakl ifodasini berishning uslubini o’zlashtirib olish uchun maxsus mashqlar qilish zarur bo’ladi. Dastlab bunday mashqlarni gipsdan ishlangan boshni oldingizga qo’yib chizishdan boshlash mumkin. Buning uchun boshning umumlashgan shaklini yaxlit holda tasvirlab, keyin esa asosiy detallarining kata shakllarini, go’yo burunni emas, balki prizmani, binobarin hammasini umumlashgan ko’rinishda chizish vazifasini qo’ying. Bunda burun prizmasini ko’zning sharsimon shakllarini belgilab olib qismlar va yaxlitlik o’rtasidagi proporstional munosabatlilikni diqqat bilan kuzatish zarur. Talaba bunday mashqlarni bajarib borib kesik bosh shaklini ifodalashga jalb etilgan maqsad emas, balki tasvir qurish jarayoni Bilan ijodiy bog’liq bo’lgan boshlang’ich, xizmat bosqichi ekanligini tushunib yetsin. Shuning uchun gips modellardan bajariladigan «kesik»ning soddalashtirilgan ifodasi Bilan birga tirik bosh rasmlarni ham chizishi kerak. Rassom oynaga qarabo’z rasmini chizsa, bu usul yaxshiroq o’zlashtiriladi. Bu o’rinda u diqqatini tortadigan mayda detallarni ko’chirib qo’ya qolishdan bosh tortib, faqat hajmining asosiy massasini chizishga diqqat-e’tiborini qaratish, bu borada undan katta iroda va qo’yilgan vazifani bajarishga bo’lgan ishonch hissi talab etiladi. 9a-rasm bunday vazifani bajarish mashqi qo’l keladi. Bunda biz talabaning ikkinchi darajali alomatlar (soch turmagi, teri ajinlari va hokazolar)ga ahamiyat bermay boshining asosiy «katta» shaklini va uning tarkibiy qismlari – burunning prizmatik shakli, ko’zlarining sharsimon shaklini va lablar hamda dahanining umumlashgan shakllarini bajarishini ko’ramiz. Yo’nib ishlash usuli odatga aylanib qolmasligi, balki tasvir tuzishning qisqa bosqichi sifatida qaralishi uchun bir yo’la yanada real ifodali rasm ishlash ham zarur 9b-rasm. Tasvir tuzishning umumiy jarayonini o’zlashtirish uchun gips boshdan davomli rasm chizish kerak. Bu topshiriqlar mashq kabi qaralganligi uchun bunday rasmni chizishga ko’pi bilan 3-5 soat vaqt sariflanadi. Katta shaklni ko’ra bilish va uni tasvirlash ishda muvaffaqiyat qozonishga ko’mak bo’ladi. Rasm chizishning buyuk ustalari katta shaklni ajib tarzda egallaganlar. Masalan, V.Savistkiyda bu narsani yaxshi kuzatish mumkin. Bu erda biz ko’z olmasi sharsimon shaklini, burunning prizmatik shaklini, boshning tuxumsimon shaklini ani qilib ko’ramiz. Go’yo bu narsalarni bunchalik maydalab tushuntirish talab qilinishi zarur emasdek bo’lsa ham talabalar ta’limining dastlabki bosqichlaridayoq umumiylikka degan prinstipni yaxshi o’zlashtirib oladilar. Lekin amalda bu prinstipni har turli yo’llar bilan amalga oshirish mumkin. P.Chistyakov o’z o’quvchilarini (shogirdlari) «sinov rasm chizish» tizimi yo’li bilan, A.Solovev tus munosabatlari yo’li bilan ta’lim bergan, A.Deyneka chiziqli – konstruktiv rasmdan qochgan. Shu bilan birga rasmga turlicha ijodiy yondoshish bo’lishiga qaramay, natura tahlilining prinstiplari va bosh tuzulish shaklini realistik ifodalash bilan qurish qonuniyatlari hamma uchun yagonaligicha qoladi. Chizuvchi bularning hammasini yaxshi tushunib olishi uchun unga doimiy va batafsil tushuntirishlar zarur.Talaba tasvirda boshning asosiy shaklini ifoda etishni o’rganib olib, shakl tarkibini yanada chuqurroq o’rganishga o’ta boshlaydi. Odam boshining shakli juda murakkab va u konstruktiv asos bilan belgilanadi. «Konstrukstiya» deyilganda biz «tuzilish»qismlarining o’zaro joylashuvi, shakl tarkibini nazarda tutamiz. Biz «konstruktiv jihatdan uyg’un»deganimizda yaxshi qurilgan tasvirni nazarda tutamiz. Odam boshini tasvirlashda muvaffaqiyat qozonish uchun shaklning konstruktiv jihatdan ko’rinishini ko’rish va uni rasmda ifoda eta bilish qonuniyatlarini tushuna bilish kerak. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling