Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana25.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1230735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni

Mavzuning o‘rganilish darajasi. ―Metafora‖ atamasi paydo bo‗lganidan beri o‗tgan ikki 
yarim ming yildan ziyod vaqt davomida metafora, metaforiklik masalalariga bag‗ishlangan 
ko‗plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Agar antik davrlarda metaforaga ko‗proq ritorikaning 



obyekti sifatida qaralgan bo‗lsa
1
, keyingi davrlarda unga poetikaning, aniqrog‗i, poetik 
stilistikaning obyekti sifatida qaraldi, sharq va g‗arb olimlari tomonidan atroflicha tadqiq etildi. 
Metaforani faqat ko‗chim yoki badiiy vosita emas, balki inson tafakkurining, xususan, obrazli 
tafakkurning muhim mexanizmlaridan biri sifatida tushunish bilan bog‗liq holda XIX asr 
o‗rtalaridan adabiyotshunoslik qatori tilshunoslik, falsafa, mantiq, psixologiya, semiotika kabi 
ko‗plab ilm sohalari ham o‗zining qiziqishlari doirasida tadqiq etib keladi
2
. O‗zbek 
adabiyotshunosligida ham metaforani ko‗chim sifatidagina tushunish barham topib, uning badiiy 
asarda, badiiy tafakkurda tutgan o‗rni, ijodiy uslubni belgilovchilik xususiyati o‗tgan asrning 80-
yillaridan boshlab o‗rganila boshlandi
3
. O‗zbek tilshunosligida 70-yillardan boshlab, ko‗p 
ma‘nolilik va so‗zlarning ko‗chma ma‘nolarini tadqiq qilishga bag‗ishlangan bir qator asarlar 
maydonga keldi. Bu borada tilshunos olim M.Mirtojiyevning
4
xizmatlarini alohida ta‘kidlash 
lozim. Shuningdek, metaforani tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan, alohida ijodkor 
she‘riyatida tutgan o‗rnini o‗rganishga bag‗ishlangan tadqiqotlar yaratildi.
1
Bu tadqiqotlarda ko‗chma ma‘noni hosil qiluvchi vositalar qatorida metaforaga ham o‗rin 
berilgan va ko‗chma ma‘noni vujudga keltiruvchi vositalar sistemasida metaforaning boshqa 
vositalardan farqli jihatlarini aniqlashga e‘tibor qaratilgan. G.Qobuljonova metafora va uning 
lingvistik tabiatini alohida monografik planda o‗rgangan.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling