Nurillayeva sanobar nuriddin qizi
Download 229.4 Kb.
|
2 5244957333947157142
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakalar
- Uchburchak va uning turlari
- Uchburchak burchaklariga ko‘ra uch xil bo‘ladi
- Uchburchakning burchaklari
- Uchburchak tomonlariga ko‘ra uch xil bo‘ladi
- Uchburchakning tomonlari Uchburchakning atalishi Ko‘rinishi (rasmi)
- Uchburchakning perimetri
- Bo‘yiga
- Matematikada hamkorlikda ishlash texnologiyasida o’qtuvchining ijodiy faoliyati
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- ILOVA Oson hisoblash qoidalari va qiziqarli matematikaga oid misollarni keltirib o’tamiz
ISHLANMASI I. Mavzu: Uchburchak va uning turlari 1. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad : -o‘quvchilarni quyidagi tushunchalar bilan tanishtirish; – uchburchak va uning elementlari haqida tushuncha; – uchburchakning turlari; – uchburchak perimetrini hisoblashni o‘rgatish; b) Tarbiyaviy maqsad: – o‘quvchilarni vatanparvarlik va estetik ruhda tarbiyalash; – jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish; c) Rivojlantiruvchi maqsad: – o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini umumlashtirib, xulosa chiqara olish; – chiqarilgan xulosalardan amalyotda to‘g‘ri foydalana olish. d) Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad: – o‘quvchilarni kelajakda kerak bo‘ladigan muhim kasblarga yo‘naltirish Mavzuni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak. Bilimlar: – uchburchak haqida tushunchaga ega bo‘lish; – uchburchakning turlari haqida tushunchaga ega bo‘lish. – uchburchakning perimetri nima ekanligini bilish; Ko‘nikmalar: – uchburchaklar shaklini chiza olish; – uchburchaklarni tomonlari va burchaklari bo‘yicha turlarga ajrata olish. – chizg‘ich yordamida berilgan uchburchakning perimetrini o‘lchay olish; Malakalar: – uchburchak va uning turlari mavzusiga oid sodda masalalarni mustaqil yecha olish. Shakllantirilayotgan kompetensiyalar: – kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy. Amalga oshirish usuli: – guruhlarda va juftliklarda ishlash III.Darsning uslubi: «aqliy hujum»,»bahs-munozara», «guruhlarda ishlash». IV.Darsning jihozi: VII sinf Geometriya darsligi, noutbook, sirkul, chizg‘ich, plakatlar, tarqatma materiallar, kartochkalar, testlar, krossvord, texnika vositasi (kodoskop) uchburchaklar modellari (metaldan yasalgan). 1. Dars rejasi: 1) Tashkiliy qism a) salomlashish, davomatni aniqlash va sinf xonasi tozaligini nazorat qilish; b) guruhlar va guruh sardorlari bilan tanishish 2) Asosiy qism a) o‘tilgan mavzuni so‘rash; b) yangi darsning bayoni; v) amaliy ish; s) aqliy hujum; g) masalalar yechish (testlar, krossvord, masalalar yechish) 3) Xulosa a) g‘olib guruhni aniqlash b) faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholash; v) uyga vazifa 2.Darsning shiori: “Kuch birlikda” Asosiy qism: a) O‘tilgan mavzuni so‘rash 1) Burchak deb nimaga aytiladi? 2) Qo‘shni burchak deb nimaga aytiladi? 3) Vertikal burchak deb nimaga aytiladi? 4) Siniq chiziq deb nimaga aytiladi? 5) Ko‘pburchak deb nimaga aytiladi? b) Yangi darsning bayoni :
Uchburchaklar, ularning perimetri haqida siz boshlang‘ich sinflarda tanishgansiz. Tekislikda uchta A, B, C nuqtalarni belgilaylik: A
B C A, B , C nuqtalarni AB, AC, BC kesmalar yordamida tutashtiramiz. Natijada ABC uchburchak deb ataluvchi shakl hosil bo‘ladi. Ta’rif. Tekislikning AB, BC, AC kesmalar bilan chegaralangan qismi ABC uchburchak deyiladi va Δ ABC kabi belgilanadi. A, B va C nuqtalar uchburchakning uchlari deyiladi.AB, BC, AC kesmalar esa uchburchakning tomonlari deyiladi. Uchburchakning ixtiyoriy bir tomoni qolgan ikki tomoni yig‘indisidan kichik,ammo ular ayirmasidan katta bo‘ladi. AC-BC AB-BC AB-AC< BC 2. Uchburchak turlari.
Uchburchakda uchta burchak bor. Uchburchak burchaklari gradus o‘lchovlarining yig’indisi 180o ga teng. 1. o’tkir burchakli uchburchak, 2. o‘tmas burchakli uchburchak,
3. to‘g‘ri burchakli uchburchak.
1. teng tomonli (muntazam) uchburchak, 2. teng yonli uchburchak,
3. turli tomonli uchburchak.
AB=BC=AC
AB=BC
AB≠BC≠AC
ABC teng yonli, ya’ni AB=BC bo‘lsa, odatda, AC tomoni uchburchakning asosi deyiladi, Ab va BC tomonlari yon tomonlari deyiladi. 3. Uchburchakning perimetri
Ta’rif. Uchburchakning perimetri deb uning uchala tomoni uzunliklari yig‘indisiga aytiladi. ABC uchburchak perimetri P=AB+BC+AC ga tengdir. Yangi mavzu bayonidan so‘ng, metaldan yasalgan uchburchak modellari o‘quvchilarga beriladi va ular shu uchburchakning perimetrini chizg‘ich yordamida tezlik bilan hisoblab berishlari kerak. 1. Geometriya so‘zining ma’nosini ayting? 2. Planimetriya qanday bo‘lim?
3. Bir burchagi to‘g‘ri burchak bo‘lgan uchburchakning nomini ayting? 4. Kesma deb qanday shaklga aytiladi?
5. Maqolni davom ettiring: Yetti o‘lchab, ……. 6. Nur deb qanday shaklga aytiladi?
7. 5 km necha mm ga teng? 8. Bitta burchagi o‘tmas bo‘lgan uchburchakning nomini ayting?
9. Qo‘shni burchaklar yig‘indisi necha gradusga teng? 10. Vertikal burchaklar yig‘indisi 1200, o‘zlari necha gradusdan?
11. v) Masalalar yechish 1) Teng tomonli ucburchakning perimetri 24,6 sm bo‘lsa, uning tomonini toping?
A) 4,2 sm B) 12,2 sm C) 1,4 sm 2) Teng yonli ucburchakning asosidagi burchagi 66o bo’lsa qolgan burchaklarini toping?
A) 144o , 66o B) 66o , 66o C) 48o ,66o 3) Teng yonli ucburchakning asosi 32 sm, yon tomoni asosidan 3 sm qisqa .
Shu uchburchakning perimetrini toping? A) 90 sm B) 93 sm C) 102 sm
1) Tomonlar uzunliklarining yig‘indisi; 2) Ikki tomoni teng bo‘lgan uchburchak, ……… uchburchak deyiladi; 3) Uchala tomoni o‘zaro teng bo‘lgan uchburchak ……….. uchburchak deyiladi.
4) 00 dan katta lekin 900 dan kichik bo‘lgan burchak ….. burchak deyiladi 1. g) Tarqatmalar
1-masala. Uchburchakning bir burchagi 400 ga teng, ikkinchi burchagi esa undan 1,5 marta katta. Shu uchburchakning uchinchi burchagini toping.(800) 2-masala. Teng yonli uchburchakning yon tomoni 8,2 dm ga , asosi uzunligi esa 60 sm ga teng. Shu uchburchakning perimetrini toping. (22,4 dm)
3- masala. Uchburchakning bir burchagi 700, ikkinchi burchagi undan 100 ortiq. Shu uchburchakning uchinchi burchagi necha gradusga teng. (300) berilgan.Shu kesmalar yordamida qaysi guruh ko’p uchburchak yasay oladi? 3. Xulosa
VII. Uyga vazifa. 5,7,9-masalalar
Pedagogikada innovatsion muammolarni hal etishda o‘qituvchining ijodiy faoliyati eng dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. (eng zarur pedagogik texnikani egallash, tarkibiy qismlari). Shu boisdan o‘qituvchi mahoratiga ko‘p narsa bog‘liqligi uning pedagogik tizimda tutgan o‘rni haqida batafsil to‘xtalamiz.
O‘qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta’lim-tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma’lum vaqt ichida unga erishish uchun ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to‘g‘risida xulosa qilish mumkin bo‘lsin. O‘qituvchi pedagogik tizimida belgilangan maqsadga to‘g‘ri keladigan o‘quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini o‘quv dasturi bo‘yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda o‘z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos xolda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.
O‘qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni amalga oshirish bilan tanish bo‘lishi kerak: bu-jadallashtirish va tabiatan monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma’lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo‘llashni talab etadi. Ta’lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil - talablarning ma’lum faoliyatini o‘zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchisi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etishga asoslanganki, bunda mumkin qadar talabalarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug‘diradigan va ularning aqliy malakasini rivojlantira oladigan mexanizmi vujudga kelsin! Bu talabni aniqlab beruvchi omillar: talabalarning o‘qishga bo‘lgan xoxishi, o‘quv mehnatiga munosabati. O‘qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishga o‘qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. O‘qitishning tashkiliy shakllari to‘g‘ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma’lum qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog‘liq ekanligini bildiradi. Bu bog‘lanishlardan foydalanish va eng maqbul bo‘lgan tashkiliy shakllar topish ta’limda rasmiyatchilikni yo‘qotishga yo‘l ochadi.
O‘qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo‘lgan talabaning ta’lim mazmuni va tarbiya ta’sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu to‘g‘rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqalar imkoniyatini beradi yoki tizimdagi qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi. Shunday qilib, pedagogikaga xos bo‘lgan texnologik jarayonni amaliyotga tadbiq qilishdan pedagog mahoratining ta’zi qirralari to‘g‘risida to‘xtaldik. Ptning ilmiy xarakterga ega ekanligiga e’tiboran qaratgan holda, uning amaliy yo‘nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo‘llash mumkinligini e’tirof etish kerak.
Pedagogikaning ijodiy salohiyati uning ijodkor shaxsni shakllantirishga intilmoqda, pedagogik odobning namoyon bo‘lishi, empatiya, qobiliyat, tasavvurni rag‘batlantirish, qiziqarli, muammoli savollarni berish va hokazo orqali amalga oshirilishi mumkin. Pedagogik ijodiyotda yangilik tushunchasiga, muhim o‘rin ajratilib, uning vaqt va faoliyat tushunchalari bilan o‘zviy bog‘liqligi quyidagi ikki vaqtlarida namoyon bo‘ladi: 1) o‘tmish bilan bog‘lanmaganligi va hozirgi vaqtda mavjudligi; 2) yangilikning ijtimoiy muhimligi sifatida amaliy ishlashi, lekin hali haqiqatni standartlashtirilish bosqichiga o‘tmaganligi. Avvalo nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik kuchaydi, degan savol tug‘iladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda odatda birinchi navbatda pedagogik texnologiyaga ta’lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma’qullandi va 1972 yilda «Ta’limni rivojlantirish masalalari» bo‘yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi: Bu komissiya zamonaviy texnologiya ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir deb baholadi.
Shunday qilib PTda didaktik masalalarning o‘z yechimlarini topishi milliy dasturni ruyobga chiqarishning muhim bosqichidir. Agar pedagog qo‘lida bilimga chanqoq talabalar, fan maqsadiga mos mazmun-dastur, qo‘llanma, darsliklar mavjud bo‘lsin u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatini tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma ket joriy etish mumkin. Hamkorlikka asoslangan o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan, o‘quvchilarni boshqalarning fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaatlari bilan hisoblashish, ulardan o‘rganish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning “men”ligini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish, fikrini lo‘nda, puxta va aniq bayon qila olishga o‘rgatishga qaratilgan interfaol o‘qitish usullari tez rivojlanib, ijobiy samara bermoqda.
Baxsli, muammoli vaziyat – insonning faoliyati davridagi fikrlash natijasiga bog‘liq bo‘lib, qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Bahsli, muammoli vaziyatlar o‘quvchilarning aqliy kuchini zo‘riqtiradi, u vaziyatni oydinlashtirish uchun yo‘llar qidira boshlaydi, qiyinchiliklar bilan to‘qnashadi. Odam muammo bilan yuzma-yuz (to‘qnash) kelgandagina fikrlay boshlaydi. O‘zida mavjud bilimlar bilan fikrlab amallar bajara boshlab, saviyaga mos darajadagi xulosalarga kela boshlaydi.
O‘quvchilar o‘zlari bajargan topshiriqlarni qanday qilib bajarganliklarini aytib, tushuntirib bera olishlari lozim. Muammo hal qilish jarayonidagi tushunmay qolgan o‘rinlarini o‘z so‘zlari bilan ifodalab bera olishi o‘qituvchi uchun muhimdir. Nemis pedagogi Disterveg bekorga “Noqobil o‘qituvchi haqiqatni aytadi qo‘yadi, yaxshi o‘qituvchi esa uni topishini o‘rgatadi” deb aytgan. Bu o‘rinda o‘qituvchining vazifasi faqat mavzuni tushuntirib berish emas, masalani to‘g‘ri qo‘ya bilishi, o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtira olishi, uning tuyg‘ularini bezovta qila bilishi va muammoni hal etishda hamkor sifatida qatnashishdan iborat.
O’quvchi faoliyati erkin bo‘lsa, hurligiga dahl qilinmasa, unda shaxsga hurmat tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Bahs jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan hamkorligi bolani mutelikdan, ko‘r-ko‘rona itoatdan qutqaradi. Dars bir maqsad sari intilayotgan hamkorlikning yagona faoliyatiga aylanadi.
Pedagogik texnologiya doirasida yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish quyidagi darajalardan iborat: I. Boshlang‘ich daraja – o‘quvchining eshitganlari ularga berilgan namunalar,ko‘rsatmalar algoritm asosida topshiriqlarni bajarish ko‘nikmasini ifodalaydi.
II. Algoritmik daraja – bilim va ko‘nikmalar mazmunini tatbiq qila olish mahorati, berilgan algoritm bo‘yicha topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish ko‘nikmasini ifodalaydi. III. Evristik daraja – berilgan o‘quv vazifalarini yechish uchun o‘zgarishlar kiritish asosida yangi algoritmlar tuzish, o‘quv muammosini hal etish uchun yangi axborotlarni mustaqil tarzda izlab topish malakasini aniqlaydi.
IV. Ijodiy daraja – avval o‘rganilgan algoritmlardan butunlay farq qiluvchi, sifat jihatidan yangi algoritmlar tuza olish malakasi bilan ifodalanadi. Pedagogik texnologiyalar sohasidagi yangi izlanishlar bilan tanishish, o‘qitishning faol usullarini bilish va qo‘llay olish har bir pedagog va muhandis-pedagogning oldiga qo‘yayotgan zamon talablarining asosiylaridandir. Keyingi davrda matbuotda e’lon qilingan axborotlarni tahlil etgan holda quyidagi ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan interfaol usullar haqida tushunchalar beriladi.
Men kurs ishimning xulosa qismida quyidagi fikrlarimni bayon etmoqchiman. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng bir qancha qonunlar qabul qilindi. Ana shunday qonunlardan biri “Ta’lim to’grisida”gi qonundir. Bu qonunng asosiy maqsadi: ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to’la xalos etishdan iboratdir. 1. Rivojlanayotgan davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim to’g’risidagi qonundan kelib chiqib, matematika bilimlarini o’zlashtirishda yuqori darajadagi natijalarga erishish va jahon andozasiga mos usullardan foydalanish. 3. Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz, urfodatlarimiz an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash. Demak,matematika
ta’limida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib uchburchaklar mavzusini o’tishda noan’anaviy darslarni tashkil etish o’quvchilarga matematika fanini yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi. Matematika fanida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish, o’z mohiyatiga ko’ra sub’ektiv xususiyatga ega. Har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqib, kuzatish natijalarini yakunlash darsida har bir guruh o‘z ishi to‘g‘risida hisob beradi va o‘z oldiga qo’yilgan savollarga javob qaytaradi. Ana shu yo‘l bilan mavzu yuzasidan egallangan BKMlari takrorlanadi hamda mustahkamlanadi va ayni vaqtda hamkorlikda ishlab birgalikda harakat qilish amaliyoti shakillanadi Bunda har bir o’quvchi misolning ma’lum bir qismini yechadi Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, malakaviy ishida matematika fanida hamkorlikda ishlash texnologiyasi yordamida noan’anaviy darslarni tashkil etish o’quvchilarni matematika faniga bo’lgan qiziqishini oshiradi.Matematika va geometriya o’qituvchisi o’zi o’qitadigan fanining o’qitilish uslublari va tarixini yaxshi bilishi lozim. O’quvchilarni matematika va geometriya tarixi, bu boradagi kashfiyotlar bilan tanishtirish, matematik tushunchalarni va qonuniyatlarni ro’yobga kelishda ayrim olimlarning, olimlar jamoasining vaxalqlarning roli bilan tanishtirish ularning dunyo qarashini shakllantirishda, geometriyaga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Har bir o’qituvchi geometrik figuralarga oid masalalarni yechishda o’sha figuraning modelini yasab ko’rsatish, kundalik
turmushdagi narsalarga bog’lab o’rgatish qo’yilgan maqsadga tezroq olib keladi va Har qanday sonni tezda 5 ga ko’paytirish uchun uni 2 ga bo’ling, agar butun son hosil bo’lsa, oxiriga bitta 0 qo’shing, agar butun son chiqmasa, shunchaki natijadagi vergulni bir xona oldinga suring (10 ga ko’paytirish). Masalan: |
ma'muriyatiga murojaat qiling