- Bu gulni yoqtiruvchilar o’ta jiddiy va qattiqqo’l bo’ladilar. Yoqtirgan narsalariga tez erishishni xoxlashadi. Ular tekindan kelgan narsani yoqtirishmaydi. Hamma narsaga o’zlari mehnat qilib erishsam deyishadi. Sevgi bobida yaqin insoniga kamdan kam xolatlarda sevgi izhor qiladilar, garchi chindan sevsalar ham. Ularning kamchiligi ichimdagini top deganlar xilidan. Ichidagi his tuyg’ularini, tashqariga chiqara olishmaydi. Ulardan juda yaxshi do’st chiqadi. Ishxonada juda talabchan bo’lishadi. Oilada esa qattiqqo’llik bilan bir qatorda mehribon ham bo’ladilar…
Do'stlaringiz bilan baham: |