Nurota hududiy elektr tarmoqlari


Download 1.79 Mb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1484553
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Nurota hududiy elektr tarmoqlari”


Reja:

  1. Kirish.

  2. “Nurota hududiy elektr tarmoqlari” korxonasining yaratilishi va tarixi.

  3. Elektr taqsimlash tarmoqlarida elektr energiyasi istemolini avtomatik nazorati.

  4. Elektron hisoblagich turlari va ularning ishlash ishlash prinsipi.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



Kirish
Energetika tizimi O‘zbekiston iqtisodiyotining eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Chunki bu tizim yetkazib berayotgan energiya ko‘p jihatdan O‘zbekiston sanoatining bugunini va kelajagini belgilab beruvchi vosita hisoblanadi. Shuning uchun O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan bu sohani rivojlantirishga va yangilashga kirishdi.
Jahon miqyosida energetika tizimining rivojlanishi XVII asrdan amalga oshirila boshlandi. Elektr hodisalarini o‘rganish 1650 yilda birinchi elektr mashinasini yaratilishidan boshlandi. 1785 yilda esa Kulon tomonidan elektr zaryadlarining o‘zaro ta’siri qonuni yaratildi. Kuchlanishning birinchi elektro kimyoviy manbaasini o‘rganish 1799 yilda A.Volta tomonidan yaratilgan davrdan boshlandi. 1802 yili fizik olim professor V.Petrov elektr yoyini hosil qildi. 1832 -yilga kelib rus olimi P.Shilling tomonidan telegraf apparatining yaratilishi jahon tarixidagi olamshumul voqeaga aylandi. 1834 yili X.Lens tomonidan elektromagnit induksiya qoidasiga asos solindi. Doimiy tok elektrodvigatelini ixtiro qilish B.Yakobichga nasib qildi. Bu borada elektr tokini yorug‘lik manbasiga aylantirish sohasidagi kashfiyotlar ham amalga oshirildi. Jumladan, 1873 yili rus olimi A.N.Lodigin tomonidan lampochkaning ixtiro qilinishi mana shunday ixtirolar sirasiga kirar edi. Shu bilan birga P.N.Yablochkov 1876 yili elektr tarmog‘ining muhim apparati hisoblangan transformatorni yaratdi. Buyuk olim Tomas Edison esa 1877 yilga kelib magnit tasmasiga ovoz yozish mumkinligini isbotladi. Bu esa o‘z navbatida ovoz yozish ishlarining boshlanishi edi. XIX asrning oxirlariga kelib 1891 yili rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali o‘zgaruvchan tok hosil qilishni va uning asosiy iste’molchisi bo‘lgan uch fazali asinxron motorlarni kashf qildi. Yuqorida nomlari zikr etilgan olimlar tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab ixtirolar energetika tizimining, xususan, elektr energiya hosil qilish va uni iste’mol qilish borasidagi taraqqiyotga beqiyos darajada hissa qo‘shdi. XX asrga kelib sanoat taraqqiyoti natijasida energetika tizimiga, xususan, elektr energiyasiga bo‘lgan talab dunyo miqyosida kuchayib bordi va bu o‘z navbatida mamlakatlar iqtisodiyotining hal qiluvchi tarmog‘iga aylandi.
O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda ham jahon mamlakatlari qatorida sanoat, transport va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida boshqa energiyalar bilan bir qatorda elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanilishi yo‘lga qo‘yildi va bu o‘z navbatida mamlakat sanoati taraqqiyoti hamga o‘zining hal qiluvchi hissasini qo‘shdi. Iqtisodiy mustaqillikni ta’minlamay turib siyosiy mustaqillikka erishib bo‘lmaydi degan hayotiy tamoyillar hisobga olinsa, mazkur soha taraqqiyoti nechog‘lik katta ahamiyatga ega ekanligi ko‘rinadi. Shu sababdan ham bu soha tarixini o‘rganish, xususan, uning mustaqillik davri tarixini yoritish muhim ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, elektrlashtirish jarayoni sanoatni joylashtirish tadbirlariga o‘zining
g‘oyat katta ta’sirini ko‘rsatadi. Ushbu ta’sir ikki xil yo‘nalishda bo‘lishi mumkin.
Jumladan, odatda elektr energiya katta masofaga uzatiladi. Bu esa mamlakatning
uzoq hududlariga ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga bir xil yordam
beradi. Elektr energetika sanoatini joylashtirish tadbirlari yuqorida aytib o‘tilgan
holatlar va sanoat ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish qonuniyatlariga amal
qiladi.
O‘zbekistonda esa elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan xalq
xo‘jaligining turli xil tarmoqlarida foydalanishning o‘z tarixi mavjud. XX asrning
boshlarida Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi sharoitida Toshkentda dastlab
ikkita elektr stansiya qurildi. 1913 yilga kelib O‘zbekiston hududida umumiy
quvvati 3 kvt. bo‘lgan 6 ta dizel elektr stansiya ishlagan, ularning yillik quvvati 3,3 mln. kvt. ga teng edi. Bu esa o‘z navbatida mazkur sohaning o‘lkadagi dastlabki
qadamlari edi.
Mustamlakachi sovet hukumati milliy boyliklarni oson tashib ketish choralari
hisoblargan metallurgiya sanoatini rivojlantirishga zo‘r berdilar va shu maqsadda
ushbu soha uchun hayotiy zarur bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqarishni
ko‘pytirish choralarini ko‘rdilar. Shu sababdan, O‘zbekiston hududida GESlar
qurish ishlari 1926 yilda Toshkentda Bo‘zsuv GESini qurish bilan boshlandi.
O‘sha davrda Bo‘zsuv GESi O‘rta Osiyoda birinchi va yirik energetika inshooti
edi. Ikkinchi jahon urushigacha Bo‘zsuv daryosida va Bo‘zsuv kanalida Qodiriya,
Bo‘rjoy, Tovoqsoy va boshqa GESlar qurildi.
Bu borada elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib
berish tadbirlari ham olib borildi. Natijada, mamlakat elektr energiya balansida suv
resurslaridan foydalanish ham sezilarli darajada o‘sdi. Qator daryolar hamda
kanallarda, suv omborlarning to‘g‘onlarida yangi GESlar qurildi. Ular orasida
respublikada eng yirik – Chorvoq GESini ko‘rsatish mumkin edi. Respublikamizning qator hududlarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning ko‘payishi va natijada energetika sanoatining rivojlanishi uning xalq xo‘jaligidagi salohiyatini oshirib yubordi. Mustamlakachi sovet hukumati tomonidan amalga oshirilgan bunday tadbirlar ham sof mustamlakachilik xarakterida bo‘lib, respublikamizning energetika tizimi, xususan, elektr energiyasini ishlab chiqarish sohasi qo‘shni respublikalarga tamoman qaram hisoblanar edi. Xususan, Respublika iste’moli uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasining katta qismi qo‘shni respubliklar GES kaskadlariga to‘g‘ri kelar edi. Bu ham o‘z navbatida O‘zbekistonni mustamlaka holatida ushlab turishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qilgan edi.
Shu sababdan ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan ilk
kunlaridan boshlab energetika tizimi, xususan, elektr energiyasini ishlab chiqarish
borasida keng ko‘lamli islohotlarni olib bordi. Respublikamizning Birinchi
Prezidenti Islom Karimov tomonidan mustaqillikningaytilganidek, asosiy vazifa bu kuchli va barqaror davlat qurish edi. Avvalo, kuchli davlat qurish uchun barqaror iqtisodiy o‘sishni taminlash zarur va buning uchun esa o‘z navbatida butun iqtisod tayanchi bo‘lgan o‘zak tarmoqlarni qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish kerak edi. Shu sababdan ham O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining o‘zbek modeli yaratildi. Bu borada milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun eng zarur bo‘lgan resurslarni yetkazib beruvchi tarmoqlar majmui hisoblangan Respublika iqtisodiyotining o‘zak tarmoqlari belgilab olindi. Mazkur tarmoqlarga neft, neft mahsulotlari va boshqa energiya resurslari, tabiiy gaz, ko‘mir ishlab chiqaruvchi va boshqalar kiritildi. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotga xizmat qiladigan va texnik taraqqiyotni taminlaydigan, iqtisodiy xavfsizlikni taminlashning asosiy sharti hisoblangan o‘zak tarmoqlar yirik investitsiyalarni yo‘naltirish orqali davlatning bevosita ko‘magida rivoj topishi maqsad qilib qo‘yildi.
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.Karimov mazkur soha taraqqiyoti
borasida ko‘plab fikrlarni bildirgan edi. Jumladan, Oliy Majlisning XIV
sessiyasida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari - neft, gaz, energetika, oltin qazib
olish va kimyo sanoatini, qora va rangli metallurgiya, qurilish materiallari
sanoatini texnik qayta jihozlash va yanada rivojlantirish hamda ana shu asosda
mamlakatning boy tabiiy va mineral - xom ashyo resurslaridan to‘la va samarali
foydalanishini taminlash tarkibiy o‘zgarishlarning mazmun - mohiyatini
bildirishini aytib o‘tgan edi.
Mustaqillikning muhim iqtisodiy sharti hisoblangan o‘zak tarmoqlarni
rivojlantirish avvalo yirik miqdordagi elektr energiyasini ishlab chiqarishni taqozo
etardi. Bu esa birinchidan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga erishish,
ikkinchidan, dunyo hamjamiyatida iqtisodiy qudrati katta bo‘lgan davlatlar
qatoridan munosib joy olish imkoniyatini yaratar edi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan
ilk kunlardan boshlab jahon mutaxasislari tomonidan O‘zbekiston energetika
sanoatining istiqbollari katta ekanligi e’tirof etila boshlandi. Bu esa o‘z navbatidaelektr energiyasini ishlab chiqarish istiqbollarining yuqori darajada ekanligini ko‘rsatar edi. Bu borada hukumat tomonidan ko‘plab dasturlar qabul qilindi.

Nurota hududiy elektr tarmoqlari” korxonasining yaratilishi va tarixi.



Jamiyat ustav fondida davlat ulushi 47.04%, “O’zbekenergo” DAK ulushi 51.07%, jismoniy shaxslar ulushi 1.89 %ni tashkil etadi
Qisqacha nomi: " Nurota HETK" AJ.
Shungdek, korhona tarkibida 8 ta ekspluatatsiya xizmati va 7 ta bo’lim ishlab turibdi. Korhonada 1050 dan ziyod kishi ishlaydi. Korhona balansida qo’yidagi elektr uskunalari mavjud
0,4-6-10 kV kuchlanishli havo liniyalari 9136.48 km
35 kV kuchlanishli havo liniyalari 977.81 km
110 kV kuchlanishli havo liniyalari 923.6 km
6-10/0,4 kV kuchlanish transformator punktlari 2636 ta
35/110 kV kuchlanishli transformator nimstansiyalari 49 ta
220 kV kuchlanishli transformator nimstansiyalari 1 ta
6-10 kV kuchlanishli transformator punktlarining umumiy quvvati 381.255 ming kVAdan ortiq
35 kV kuchlanishli nimstansiyalarning umumiy quvvati 216.2 mln kVAdan ortiq
110 kV kuchlanishli nimstansiyalarning umumiy quvvati 370.7 mln kVAdan ortiq
220 kV kuchlanishli nimstansiyalarning umumiy quvvati 25 mln kVAdan ortiq
«Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ elektr energiyasi bozorida taqsimlovchi-sotuvchi korhona hisoblanadi, ya’ni u “O’zbekenergo” DAKdan elektr energiyasini sotib olib taqsimlaydi va uni iste’molchilarga sotadi.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling