Nurota (taiatshunoslik 4-sinf 101 -bet)
Download 23.31 Kb.
|
Nur ota
Nurota (taiatshunoslik 4-sinf 101 –bet) 4-abiatshunoslik darslarida o’quvchilar o’lkamiz tabiati, vatanimiz hududida joylashgan viloyat va shaharlar haqidagi ma’lumotlarga ham ega bo’la boshlaydilar.har bir qarich yeri oltinga teng bo’lgan diyorimizda ham agiotoponimlar ya’ni o’tmishda yashab o’tgan shayx,pir va baxshilarning nomlariga atab qo’yilgan joy nomlarining soni bisyor.Ulardan biri Navoiy viloyatida joylashgan Nurota shahridir. Bundan tashqari Jizzax viloyatining g’arbida joylashgan Nurota yog’ tizmasi haqida ham ma’lumot keltirib o’tilgan. “Nurota — Oʻzbekistonning Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976-yildan). Oqtogʻning etagida, 524 metr balandlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Tinchlikda joylashgan (85 km). Nurota viloyat markazidan (Navoiy shahridan) 85 km. Aholisi 49,2 ming kishi (2022). Nurota Oʻzbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Shahar dastlab X asrda Narshaxiyning Buxoro tarixi asarida Nur shaklida (shu yerdagi mashhur Nur chashmasi nomidan) tilga olingan. Mahalliy rivoyatlarda shaharning paydo boʻlishi Iskandar Maqduniy davriga borib taqaladi. Keyinchalik shahar bu yerda yashab oʻtgan mashhur Shayx Abulhasan Nuriy (XII asr) sharafiga Nurota deb atala boshlagan. Nurota ustidan Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi oʻtgan. U oʻtmishda harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlib, yirik savdo markazi ham hisoblangan. Nur qalʼasi qadimdan Jizzaxdan soʻng Buxoro va Samarqand vohasiga kirish uchun ikkinchi darvoza hisoblangan. Nurota (qadimgi Nur) Buxoroning shimolidagi chekka shahar boʻlib, madaniy oʻtroq aholi va koʻchmanchi xalqlar yashaydigan qudud chegarasida joylashgan”1 ayx Abul Hasan Nuriy Nurota atamasi shaharning nomi, emas balki muqaddas qabrda dan etilgan avliyo ota – Shayx Abul Hasan Nuriyning nomidir. Shaharning nomi Nuratodir. Shayx Abul Hasan Nuriy IX-asrlarda Nurda yashagan va faoliyat ko’rsatgan mashhur diniy arbobdir.U islom takimotini Nurda targ’ib etgan, xalq orasida islomiy fikr yurguzgan, yagona Allohga itoat etmaklik to’g’risida tarbiya bergan dastlabki ruhoniydir. Shayx Abul Hasan har tomonlama mahalliy xalq hurmatini qozonganligidan o’zining oily darajadagi olamni bilish to’g’risidagi islomiy bilimi va nihoyatda xoksor, kamtarligi bilan boshqalarga ibrat bo’lganligdan, Nur xalqi bu aziz insonni o’zi uchun muqaddas bo’lgan joyga – Nur chashmasi sohiliga dan etgan, qabrini obod qilgan va uni ziyorat qilib eslashni savob ish deb hisoblagan. X-asrda yashab ijod etgan Buxoro tarixchisi Narshaxiy axborot beradi: “Nur ziyoratiga bogan kishi haj qilgan kishi fazilatiga ega bo’ladi. Bu Nurni boshqa viloyatlarda “Nuri Buxoro” deb ataydilar. Chunki u yerda ko’plab tobeinlarning qabri bor.” Bizga malumki, tobeinlar-sahobalarni ko’rganlardir. Sahobalar esa Muhammad payg’ambarning sadoshlari va izdoshlari. Shayx Abul Hasan Nuriy haqida Fariddidin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asaridagi ma’lumot nurotalik hoji Ahmadqul Hazratov ko’magida o’rganildi unda shunday deyilgan: Shayx Abul Hasan Nuriy “Amiral – qulub” deya ulug’langan. Ul “Kamar-ul sufiya”ni o’qigan va Siriy Sakatiyning shogirdi bo’lgan, Ahmad Havoriy bilan suhbatlashgan. Donishmand va islom ilmining sohibi bo’lgan. Shayx Abul Hasan Nuriy haqida biz to’plagan dastlabki ma’lumotlar kelajakda to’ldirilib boriladi. Allomaning olimligi, islom dunyosidagi o’rni aniqlanadi albatta. Shunda shahrimizning islomiy nufuzi oshadi. Shavkat Ismoilzoda “Sudur bobo yoxud� Nurato tarixidan sahifalar” NUROTA Navoiy v. tuman, tog‘. Qadimgi turkiy, mo‘g‘ul tillarida nuru - tizma, tog‘ tizmasi, cho'qqi, tog‘ cho'qqisi; ota - balandlik. baland tog‘, yuksak cho'qqi 1 https://uz.wikipedia.org/ Download 23.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling