Nurullayev adxam axmadovich


-rasm. Axloqiy-ruhiy holatning tuzilishi


Download 0.82 Mb.
bet9/33
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1630291
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx

1-rasm. Axloqiy-ruhiy holatning tuzilishi.

Harbiy-ijtimoiy muhitda ta’sir ko’rsatish deganda, mudofaani ta’minlash amaliyotida bajarilishi shart bo’lgan milliy manfaatlarni himoyasini amalga oshirishga qaratilgan harakatlarni yakka tartibda yoki jamoaviy (guruhiy) tarzda ta’minlash uchun yo’naltirilgan tashqi ta’sir deb ko’rsatish mumkin.


Tadqiqotchining fikricha, harbiy xizmatchilarni destruktiv ta’sirdan himoya qilishning ahamiyatini to’liq ochib berish lozim. Zero, harbiy xizmat:
davlatning mo’him xizmati sifatida, harbiy xizmatning faoliyat turi sifatida; harbiy xizmatni subyektli faoliyat sifatida; harbiy xizmatchining xizmati sifatida; harakatlarning natijasi sifatida talqin etish mumkin.
Harbiy mehnat o’zining bazaviy arxitektonikasiga ega bo’lib, uni “Mehnat (harbiy xizmat) subyekti – Ehtiyoj (moddiy rag’bat, ma’naviy zavqlanish) – Motiv (ichki yoki tashqi) – Maqsad (o’z iqtidorini namoyon qilish, oldin ifodalanmagan qobiliyatlarni ko’rsatish) – Harakat (harbiy mehnatning tartibi) – Vosita (qurol-aslaha va harbiy texnika) = Natija (mudofaani ta’minlanganligi)” tarzida ko’rsatib o’tgan.
Harbiy faoliyat davomida destruktivlik bilan birga kechmaydigan ekspressiv harakatlarni amalga oshirish, ya’ni katarsis, destruktiv qudratni zaiflashtirishi mumkin. To’satdan paydo bo’ladigan destruktivlik, ya’ni favqulodda holatlarda faollashadigan, yashirin, destruktiv turtkilarning namoyon bo’lishi hamda fe’l-atvor tuzilmasiga bog’liq bo’lgan destruktivlikni ajratib ko’rsatadi. Bu hodisa doimo oshkora va yashirin shaklda (sadizm, nekrofiliya) muayyan harbiy xizmatchining shaxsiga tegishli bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ta’kidlash lozimki, harbiy xizmatchilarni destruktiv ta’sirga tushmasligini ta’minlash, axloqiy-ruhiy ta’minotni amalga oshirishda bir qatorda texnik vositalaridan foydalanish va bu orqali jangovar yoki o’quv vazifalarni o’z vaqtida bajarilishi ta’minlanishiga imkon yaratadi.
Dissertasiyaning ikkinchi bobi “Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarish metodologiyasi” deb nomlanib, harbiy xizmatchilar destruktiv ta’sirlarga tushmaslik uchun chora-tadbirlarni maqsadli belgilab olishi axloqiy-ruhiy ta’minot darajasida ko’rsatib o’tilgan (2-rasm). Jumladan, komandir tomonidan destruktiv ta’sirning maqsadini (2-rasm. Destruktiv ta’sir ko’rsatish o’z iyerarxiyasi. 1- jabha) bilib olishi axloqiy-ruhiy ta’minot doirasida harbiy xizmatchining shaxsiga, faoliyatiga, kasbiy munosabatlariga yo’naltirilganligini belgilab olish imkoniyatini beradi. Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-demografik jabhasi (2-rasm. Destruktiv ta’sir ko’rsatish o’z iyerarxiyasi. 2-jabha) ruhiy ta’sir ko’rsatish nuqtalari belgilab olingan.
Axborot-kommunikasiya tizimlari vositasida salbiy ta’sir ko’rsatish g’oyasi va turini belgilash himoya usulini aniqlash uchun shart sanaladi. G.Pochepsov “Pyat novx napravleniy transformasii informasionnoy voyn: realizovannye podxod” nomli ilmiy ishida urushlarni turi va mazmuni o’zgarib, bevosita insonga ta’sir ko’rsatadigan darajada keskinlashib borayotganligini belgilab bergan. Bu holat o’z navbatida destruktiv ta’sir ko’rsatishning 4-, 5- va 6-jabhalari himoyani ta’minlash uchun mas’ullar, kasbiy harakatlarni amalga oshirish uchun manbalarni tanlash imkonini beradiki, bu komandirlik faoliyatining tarkibiy qismi sanaladi.

2-rasm. Destruktiv ta’sir ko’rsatish iyerarxiyasi.


Bugungi kunda destruktiv ta’sirlar internet tarmog’idan foydalanishning suiste’mol qilinishi oqibatida turli ko’ngilsizliklar, oilasiga xiyonat, fahsh suratlar va kinolarni tomosha qilish, yuzdan hayo pardasining ko’tarilishi kabi noxush holatlar ko’paygani kuzatilmoqda. Harbiy xizmatchilarning yangilikka intiluvchanligi, zamon bilan hamohang holda bo’lishlikka intilishlarini inobatga olsak, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanishga qiziqishi tobora ortib bormoqda.


Ko’rinib turibdiki, harbiy faoliyatda destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarning himoyasini ta’minlashda ketma-ketlik harakatlari asosan harbiy psixolog va komandir orasida kechib, asosiy obyekt destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchi sanaladi (3-rasm).



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling