Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy
I. Avvalo, asarlarning tili va uslubidagi farqlar
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
I.
Avvalo, asarlarning tili va uslubidagi farqlar: ―Funun ul-balog‗a‖ turkiy tilda va turkona uslubda yaratilagan. ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖ esa forsiyda bitilgan. Bu borada Taroziy ilk tajribaga qo‗l urgani ma‘lum. Tan olish kerakki, til xususiyatlari haqida gap ketar ekan har ikkala asarning o‗ziga xos ustunliklari mavjud. Badiiy san‘atlar izohi, ularning ta‘riflari ―Badoe‘u-s-sanoe‘‖da mukammalroq va to‗liqroq. Ya‘ni muallif biror san‘at haqida gapirayotganda birgina ta‘rif bilan cheklanib qolmaydi. Shu san‘at to‗g‗risida o‗z bilganlarini bayon qilgandan so‗ng o‗zidan oldin yaratilgan asarlarning bu boradagi ma‘lumotlarini ham izchil ifoda qiladi. Xususan, izohlarda ―Tibyon‖, ―Muxtasar‖ (Allomayi Taftazoniy), Shamsi Qays Roziy, Rashididdin Vatvot ilmiy manbalaridan ko‗lamli foydalanilgan. Ta‘riflardan keyin misollar va oxirida san‘at nomi bo‗lgan so‗zning lug‗atdagi asl ma‘nosi aytiladi. Barcha misollar faqat forsiyda keltiriladi va misol o‗rnida A. Husayniy forsiydagi baytlardangina foydalanadi. ―Funun ul-balog‗a‖da esa bu tartib boshqacharoq. Unda biror san‘at haqida aytilganda avval turkiyda bir bayt beriladi. Bu bayt aksariyat holatda Taroziyning o‗z qalamiga mansub bo‗lib, quyida nomi zikr etilajak san‘at uchun misol sanaladi. Shundan so‗ng muallif izohi keltiriladi. Ta‘riflar deyarli muallifning o‗z tilidan aytiladi. Bir-ikki holatlardagina Taroziy boshqa manbalarga murojaat qiladi. Har bir san‘at izohidan keyin birinchi bo‗lib turkiy misol beriladi. Undan so‗ng o‗rni bilan forsiy va arabiy misollar keltiriladi. Albatta, bu barcha san‘atlar uchun qat‘iy qolip emas. San‘at nomi bo‗lgan so‗zning lug‗aviy ma‘nosi berilishi ham barcha 39 badiiy san‘atlarga taaluqli emas. Biroq misollar borasida Shayx Ahmad risolasi ancha ustunlikka ega. Boisiki, unda misollar uch tilda ifodalangan o‗rinlar talaygina. Ya‘ni turkiy, forsiy va arabiy tillarda. To‗g‗ri, arab tilidagi misollar juda ko‗p emas, biroq buning ham asosli sababi bor. Chunki muallif izohlagan ba‘zi san‘atlar sof turkona va shu ma‘noda arab abyotida ularga misol keltirish mumkin emas. Turkiy va forsiy misollar faqat bayt shaklida bo‗lsa, arab tilidagi misollar aksariyat nasriydadir. ―Va ba‘zi yerda ―Kalomi majid‖tin va Rasul alayhissalom hadisidin naql qilduq‖ 69 . Tarse‘ san‘atiga berilgan misollarni ko‗rish mumkin: ――Kalomi majid‖ va ―Furqoni hamid‖ta kelibtur: ―Innal-abrora lafi na‘im Va innal-fujjora lafi jahim‖. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling