Nusxasi: Axborot texnologiyalari va
Download 272.91 Kb. Pdf ko'rish
|
Ariza
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshkulovga nusxasi: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatovga ARIZA Men Mamatova N.M., qizim Eshmurodova Malikabonu Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida o’qiydi. Biz pensiyada bo’lganimiz, shartnoma pulini to’laganligimiz uchun qizimga moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlashga qiynalyapmiz. Afsuski hozirda Qarshi shahrida qarindoshlarimiz ham yo’q edi. Shu sababli turar joy hamda mablag’ jihatdan qiynalmoqda. Shartnoma pullarini to’lab unga orttirib bera olmayapmiz. Qizim uydan uzoqda o’qiyotganligi sababli, o’zim ham ancha qiynalib qoldim. Uyqumda halovatim yo’q. Qiz farzandimiz bo’lganligi uchun ona sifatida yonimda bo’lishini hohlayman. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich inson qadrini yuksaltirish uchun katta ishlar qilmoqda, jumladan xotin-qizlarni ta’lim olishi, haq-huquqini himoya qilish bo’yicha qilgan ishlarini salmog’i katta. Ayniqsa barcha rahbarlar xalq dardi bilan yashashi ularning xayotiga yengillik olib kelishi kerakligini bot-bot takrorlaydilar. Albatta sizlar ham muhtaram prezidentimiz aytgandek inson qadrini ulug’lab, shu xalq vakilasi - bir ona dardiga malham bo’lish uchun, qizimning o’qishini doimiy turar joy bo’yicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga o’tkazib beringizlar deb so’rab qolaman. Qizim o’z xonadonidan har kuni o’z vaqtida darsga borib kelishiga va dars qoldirmasligiga vada beraman hamda o’zimni nazoratimda bo’ladi. Download 272.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling