Nutq kamchiliklarini klinik-psixologik xarakteristikasi mavzu: nutq buzilishlarining ijtimoiy sabablari


Download 18.91 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi18.91 Kb.
#130313

Tayyorladi: Odilov Doston

NUTQ KAMCHILIKLARINI KLINIK-PSIXOLOGIK XARAKTERISTIKASI


MAVZU: NUTQ BUZILISHLARINING IJTIMOIY SABABLARI

Talabalar bilimini tekshirish

  1. Nutq buzilishlarining psixologik sabablari

  2. Nutq buzilishlarining pedagogik sabablari

  3. Nutq buzilishlarining ekologik sabablari

Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari kiradi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko’rib chiqishda evolyusion-dinamik yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini taxlil qilishdan, nuqsonli rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (Abu Ali Ibn Sino, M.Sechenov, L.V.Vo’gotskiy).

Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologik va ijtimoiy jarayonlarning birligi prinsipi nutqiy tizimning rivojlanishiga — nutqiy muxit, muomala, emosional aloqa va boshqa omillarning ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Eshitishi normal bo’lgan bolaning kar- soqov ota-ona qo’lida tarbiyalanuvchi, surunkali kasal bo’lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillik bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bulishi nutqiy muxitning nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishiga misol bo’ladi.



Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:

  1. Ekologik sabablar: ichki va tashqi radiasiya; ishlab chiqarishning, qishloq xo’jaligining avtotransportning; harbiy poligonning zararli ta’sirlari; oziq-ovqat va suv ta’minotining sifatsizligi.

  2. Tibbiy-ijtimoiy sabablar: er-xotin qarindosh bo’lishi; ota-onaning rivojlanishidagi orqada qolishlari; jarohatlar (jismoniy va ruhiy); ota- onalarning surunkali kasalliklari; zararli odatlar (ichkilikbozlik, nashavandlik, toksomoniya, kashandalik); onaning surunkali og’ir anamnezi: oilani noto’g’ri rejalashtirish yo’llari, abortlar, onaning ginekologik kasalliklari, erta va kech tug’uriqlar (birinchi homilaning 16 yoshdan oldin va 40 yoshdan keyin bo’lishi); tug’uruqdan oldingi jarohatlar; bolalarda somatik kasalliklar; bakterial-virusli infeksiyalar; ona va bolaning to’liq oziqlanmasligi; oilaga tibbiy, tashxis va korreksion yordamning o’z vaqtida berilmasligi.

  3. Ruhiy-pedagogik sabablar: ommaviy va majmuali deprivasiyasi; ota-onalar tomonidan diqqat-e’tiborning sustligi; bolalarga nisbatan qattiqqo’llik; oila va aholi intellektual saviyasining pastligi; oilaning to’liqsizligi; fojeali vaziyat (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy); ruhiy- pedagogik tashxis va korreksiyaning sifati, hajmi va hozirgi zamon talablariga javob bermasligi.

Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling